O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
03.06.2019

YoNIMDAGI DOST

Sen bilan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari topshirish paytida tanishib qoldim. Shundan boshlab hayotimda ozgarishlar sodir boldi, ozimga nisbatan ishonch paydo boldi. Hayotga boshqacha koz bilan qaray boshladim.

Oshanda qattiq ogrib qolgandim. Ammo kop oqish, tayyorgarlik korish kerak. Atrofimdagi barcha abituriyentlar muk tushib kitob oqishmoqda. Oshanda butun hayotingni ozgartiruvchi imtihoning qarshingda turganiga qaramay, men uchun jon kuydirding, dardingga najot izlab yugurding... Yarim kecha, mening jonim ogriyapti, tashqariga chiqish imkoni yoq. Barcha qavatdagi abituritentlar, talabalardan yordam sorading, kerakli dorilarni topib kelding.

Jonim orom olganday boldi. Sen esa tinmasding, garchi ertaga imtihon, oqishing, tayyorgarlik korishing kerak, lekin mening boshimda onamday parvona bolarding. Vaholanki, osha payt endigina dugona kirishgan edik, hech qancha vaqt ham otmagandi. Keyin bilsam, ozing ham kop dardni boshdan kechirgan, joni ogrigan inson holatini oz vujudingda sinab korgan ekansan. Meni qiynoqqa solgan dardni ozingda his qilgan ekansan...

Biz bir-birimizga oxshamas edik. Lekin sen bilan dost boldik. Buning zamirida mehrmi, insoniylikmi, muruvvatmi, yaxshilikmi, hammasi jamuljam edi. Va sen ilk bor sen menga fidoyilik sabogini berding. Yana bir qiz bor edi. Men uni ham yaxshi korardim, u ham meni jon dugonasi kabi korardi. Togri, uchchalamizning dostlik hikoyamiz baravariga boshlanmagan. Lekin men dugona bolishimizni astoydil xohlaganman, shunday ham bolgan.

Biz boshqa dostlardek birga sayohatlarga chiqmaganmiz, sayr ham qilmaganmiz, kinoga bormaganmiz. Doim kitob oqiganmiz, bir-birimizga gamxorlik qilganmiz. Oqishga kirsak, uchchalamiz yotoqxonada birga yashaymiz, deb niyat qilganmiz. Niyat xolis ekan, men oqishga kirdim. Uchinchi dugonam ham. Ammo sen oqishga kirolmading. Menga kop gamxorliklar qilding, gapirmasimdan oldin nima haqda oylayotganimni bilib turarding. Ba’zan koyib ham qoyarding. Mendek arazchi qiz esa sendan xafa bolish orniga sozlaringni jon qulogim bilan tinglardim. Chunki meni tushunishingni bilganman.

Oqishga kirolmaganingni eshitganimda, ozingdan eshitmagunimcha quloqlarimga ishonmagan edim. Hanuzgacha ozimni jazolayman shuning uchun. Nega deysanmi? Chunki senga aytadigan juda kop gaplarim bor, sening ham menga aytadiganlaring gaplaring qaynab-toshib yotganini bilaman.

Sen men uchun doimo qaygurarding. Men sen kabi haqiqiy kuchli dost bolishga intilardim. Hozir yana oliy oquv yurtiga oqishga kirish uchun imtihonlarga tayyorlanyapsan, men "bechora talaba"ning esa senga ajratadigan vaqti yoq goyo!

Ha, oqishga kirish oson emas, biroq oqish ham oson emas-da. Ayniqsa, mendek oz dunyosini yaxshi koradigan qiz uchun... Axir hamma ham sen kabi boshqalarni ozidek kora olarmidi! Axir hamma ham sendek chin dost bola olarmidi?! Mana yana bir imtihon oldidasan, men va mening injiqliklarimsiz. Lekin shu paytda ham mendek dosting borligidan faxrlanishingni aytding.

Boldi! Barcha injiqliklarni, oy-tashvishlarni, imtihonu oqishlarni bir tomonga surib, sening yoningga shoshyapman. Seni soginganimni, seni yaxshi korishimni aytish, qalbing oyinasidagi guborlarni artish, unda ozimni, ozligimni korish uchun shoshyapman, ey dost!!!

Oysanam GULOMJONOVA,

OzJOKU talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: