O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
29.05.2019

SENING KIMLIGINGNI...?

Erta tong, yaxshi kayfiyat bilan avtobus bekati tomon ketayapti. yoqimli shabboda esmoqda, ajib bir mayinlik va sokinlikdan ruhlanib, avtobusga chiqdim, yo‘lovchilar sukut saqlab ketishmoqda. Bugun songgi imtihon, birinchi kursni tugatamiz. Unversitet bekati uzoq emas, 15 daqiqali yol.navbatdagi bekatdan avtobusga chiqqan uch-tort nafar osmirning shovqin- suroni hammaning e’tiborini tortdi. Biri – biriga gap bermay, bidirlashardi, turtkilashib kulishardi. Yoqimsiz holat, yoqimsiz tovushlar edi.Kopchilikning kayfiyati buzildi, ayrimlar bosh chayqab qoydi...

Shu orinda, tunov kuni kursdoshlarimiz bilan teatr tomoshasiga borganimiz va u yerdagi noqulay vaziyat yodimga tushdi. Osmirlar esa avtobusda yoshi ulug kishilar borligiga ham etibor berishmasdi. Spektakl paytida bizdan orqaroqdagi ikki yigitning ozaro mingirlab gaplashib otirishi bir sanatsevarning: “ Hozirgi yoshlar ozini qayerda qanday tutish kerakligini bilishmaydi”, - deya achchiq gapni aytishiga sabab boldi. Togrisi, bu holat atrofdagilarning kayfiyatini buzdi. Teatrdek madaniyat maskaniga kelganlar ozlarini nomunosib tutishlari nimadan dalolat? Madaniyatsizlikmi, ahloqsizlikmi, teatr muqaddas dargohligini bilmaslikmi?..

Suqrotning oldiga bir kishini olib kelib, u haqida fikr bildirishini sorashibti. Donishmand unga qarab turibdida song, Biror nima desang-chi, shundagina men seni kora olaman da , - degan gapni aytibdi. Mutaxassislar fikriga, insonning tovushi uning kimligini belgilaydi. Kimdir samimiy yumshoq ovozda, kimdir gazab bilan gapiradi. Ozini bilgan odam jamoat joyida ovozini balandlatmaydi. Bilmagan baqirib gapiradi. Masalaga ilmiy yondoshsak, tovush kuchi, uning ixtirochisi Aleksandr Bell sharafiga ditsibell olchov birligida olchanadi. Bunda yaproqlarning shitirlashi 30 ditsibell, orkestr 80 ditsibell, reaktiv divigatel 120-140 ditsibell, insonning eng baland ovozi 120-130 ditsibell, baqirib gapirishi esa 70 ditsibell bolib, bunday tovush quloqni ogritadi. Jamoat joyidagi keraksiz shovqin insonni ham jismonan, ham ruhan charchatadi. Jamoat transportida baland ovozda gapirayotgan yoki ozaro suhbatlashib, qah-qah urib kulayotganlar atrofdagilarning asabiga tegishayotganlarini bilishmaydi, bu haqda oylab ham korishmaydi. Chunki madaniyat masalasida muammo bor.

Teatrdagi mingir mingirlar, jamoat joylaridagi baqir chaqirlar, yengil mashinalarning bolar-bolmasga signal chalishlari... bular eng yoqimsiz tovushlar, odamlarning asabini egovlaydigan tovushlar.

Men oz bekatimga yaqinlashayotganimda ertalabki kayfiyatimdan asar ham qolmagandi. Konglim gash, hayolimda turli savollar... Bu osmirlarga nima yetishmayapti? Tarbiyami, madaniyatmi, marifatmi yoki ota-ona ogitimi?

Ana shunday ogir savollar bilan avtobusdan tushib ketdim...

OzJOKU talabasi

Oysanam GULOMJONOVA Talaba kundaligidan


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: