O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.05.2019

INSONNING BOSH VA BOYIN SOHASIDA MURAKKAB AZONI TIKLASH AMALIYOTI

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida muvaffaqiyatli bajarildi

Hiqildoqni uzuksimon usti qismidan olib tashlash va uzuksimon tog‘ayni til osti suyagiga fiksatsiya qilish texnik murakkab jarrohlik amaliyot turi ilk bor mazkur markazda professor Mirzagolib Tillashayxov rahbarligida, tibbiyot fanlari doktori Otabek Abdurahmonov tomonidan amalga oshirildi.

Otabek Abdurahmonov 1984 yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tugilgan. 2008 yilda Samarqand davlat meditsina institutini tugatib, Respublika Onkologiya ilmiy markazida klinik ordinatura otagan. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Otorinolaringologiya kafedrasida katta ilmiy xodim, izlanuvchi sifatida oqishni davom ettirgan va 2016 yilda doktorlik ilmiy ishini himoya qilgan.

2016 yildan 2017 yilgacha Moskvadagi akademik N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi bosh va boyin osma kasalliklari hamda 2018 yanvar oyidan dekabr oyigacha Koreya Respublikasi Seul milliy universiteti gospitali otorinolaringologiya bolimida zamonaviy ilmiy-amaliy tashxislash va davolash yonalishi boyicha malaka oshirgan.

Hozirgi kunda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti osma kasalliklari kafedrasida assistent hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh va boyin osmalari bolimida bolim ilmiy rahbari vazifasida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

E’tibor bering, olis bir qishloqdan chiqqan oddiy ozbek yigiti bilimini mustahkamlash, tajriba va mahoratini oshirish maqsadida uzoq yillar izlanishlar olib bordi, xorijning nufuzli shifoxonalarida, ilmiy tekshirish institutlarida tajriba orttirdi, nazariyani amaliyot bilan mustahkamladi.

Aslida hiqildoqni uzuksimon usti qismidan olib tashlash va uzuksimon togayni til osti suyagiga fiksatsiya qilish jarrohlik amaliyoti birinchi bor 1959 yil Mayer, keyinchalik 1974 yilda Piket tomonidan amaliyotda qollanilgan. Lekin operatsiya va undan keyingi davrda bemorlarda juda koplab ogir asoratlar kuzatilgan va kutilgan natijani bermagan. Shu sababli amaliyotda keng qollanilmagan.

Keyinchalik Amerika, Italiya, Germaniya hamda Janubiy koreyalik olimlar tomonidan ushbu amaliyot turi qayta korib chiqildi va takomillashtirildi. Hozirgi kunda ushbu davlatlarda mazkur jarrohlik amaliyoti yolga qoyilgan.

— Bu jarrohlik amaliyoti bizda birinchi bor qollanilayotgani tufayli, juda hayajonlandim, zimmamda juda katta masuliyat borligini tushunardim, deydi Otabek Abdurahmonov. Lekin tajribali ustozlar daldasi bilan, tibbiyot fanlari doktori Bahrom Yusupov, bolim shifokorlari Zohir Shukurov, Ahmad Madaminov, Murod Xudoyorov, Sanat Rahimovlar ishtiroki va komagida jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Men ularga minnatdorlik bildiraman. Bu – bir mening emas, hammamizning yutugimiz.

Hozir yana 2 nafar bemor xuddi shunday amaliyot turiga tayyorlanmoqda. Shu orinda aytib otishim kerak, bunday murakkab operatsiyalarni bajarishda doimiy komak bergan ustozlarim professor Kvang Xyun Kim va professor Ali Mudunovlarning tavsiyalari va ulardan organgan tajribam katta yordam berdi.

Hiqildoqni uzuksimon usti qismidan olib tashlash va uzuksimon togayni til osti suyagiga fiksatsiya qilish jarrohlik amaliyotini bajarishdan asosiy maqsad hiqildoqning vazifalarini, yani yutinishda himoya, ovoz hosil qilish hamda nafas olish xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. Umuman olganda, ushbu amaliyotga korsatma bolib osmaning ilk bosqichlari va tanlangan korsatma asosida osmaning mahalliy tarqalgan bosqichlarida ham qollaniladi. (1-2-bosqichdagi osma holati). Hiqildoq boglam qismi saratoni, shuningdek, keyingi (3-bosqichdagi osma holati) darajadagi hiqildoq boglam usti qismi saratoni hisoblanadi.

Ushbu amaliyot shu kungacha keng qollanilib kelingan hiqildoqni toliq olib tashlash (laringektomiya) amaliyotiga muqobil jarrohlik turi bolib, bunda laringektomiyadan farqli olaroq, operatsiyadan keyin doimiy traxeostomik havo naycha qolmaydi va amaliyotdan keyin malum muddat otganidan song hiqildoqning barcha vazifalari tiklanadi.

Hiqildoq saratoni erkaklarda ayollarga nisbatan kop uchraydigan oshqozon, opka va qizilongach saratonidan keyin tortinchi orinni egallaydi, deydi tibbiyot fanlari doktori professor Mirzagolib Tillashayxov. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining oxirgi besh yillik statistik malumotlari boyicha hiqildoq saratoni bilan ogrigan bemorlar soni 2014 yilda 239 tani, 2018 yilda esa 249 tani tashkil qilgan. Bundan tashqari, 75 foiz hollarda bemorlar malakali tibbiy yordamga kasallikning kechki III va IV bosqichlarida murojaat qiladi.

Xavfli osmalar sababli olim korsatkichi yurak va qon-tomir kasalliklari oqibatida kelib chiquvchi olim korsatkichidan song ikkinchi orinda turadi. Buning asosiy sabablari notogri ovqatlanish, tamaki chekish va spirtli ichimliklarni istemol qilish hisoblanadi. Statistik malumotlarga qaraganda, sigaret tutuni tarkibida 100 ga yaqin togridan-togri saraton chaqiruvchi kimyoviy birikmalar mavjudligi isbotlangan.

Hiqildoq saratonining rivojlanishiga atrof-muhit havosini ifloslantiradigan tutun, ishlab chiqarish changi (anilin boyoqlar, xrom va radiy-faol moddalar), neftni qayta ishlash mahsulotlari, toshkomir changi nitrozaminlar, insektitsidlar, tamaki tutunidagi is gazi va boshqa kanserogen moddalar sabab boladi. Kimyoviy moddalarning organizmga uzoq vaqt tasir etishi, chekish, nutq bilan bogliq kasb egalarida ovozning zoriqishi kasallikning rivojiga sabab boladi.

Bunday kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun 2017-2021 yillarda aholiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga byudjet mablaglaridan 32,5 milliard som hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablaglari va grantlari hisobidan 144,1 million AQSh dollarini yonaltirish nazarda tutilgan.

Hozirgi kunda dunyoning aksar mamlakatlarida AQSh, Yevropa, Koreya Respublikasi shifokorlari tomonidan ishlab chiqilgan tashxis va davolash standartlari hamda tavsiyalari keng qollaniladi, chunki ularda keltirilgan malumotlar juda ishonchli bolib, uzoq vaqt keng miqyosda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar xulosalariga asoslangan. Oylaymanki, mamlakatimizda ana shu xulosalar asosida ilk bor muvaffaqiyatli otkazilgan bunday jarrohlik amaliyoti yaqin kelajakda keng qollaniladi va aholi salomatligini tiklashga xizmat qiladi.

Shuhrat ISLOMOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: