O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.05.2019

BAGRI KENG VA XUSHCHAQCHAQ INSON

Bir kuni izlanuvchan shoir ukam Abdunabi Boyqo‘ziyev qongiroq qilib, hol-ahvol soragach: «Qozoqboy aka yetmishga kiryaptiykan. Shunga bir kitob qilinyapti. Maqola yozib bersangiz», — deb qoldi. Xob, dedim-u, oylanib qoldim: odatda, kop uchrashib, korishib, suhbatlashib, ulfatchilik, hazil-mutoyiba qilib yurgan odaming haqida ancha-muncha bilgandek bolaverasan-u, ammo biron narsa yozish kerak bolganida hiyla qiynalib qolasan.

Uning nimasi, tabiatidagi qaysi fazilatini yozaman? Olim sifatidagi bilimdonligi, sermahsulliginimi, odam sifatidagi xushchaqchaqligi, bagri kengliginimi yoki ulfatchilikda chempionlikni hech qachon boshqaga bermasliginimi? Bularni hamma biladi-ku!

Avvalo, Qozoqboy yetmishga kiryapti, degan gapga ishonmadim: Yog-e, shu bola-ya? dedim (men axir, undan toqqiz yosh katta bolaturib, ozimni yosh hisoblayman-u)! Aftini, taftini, gavdasini, ishtahasini, savlatini korib ishonmaysiz-da! U bilan tanishganimga yigirma yillar boldi-yov. Aslida uning togrisida ancha oldin hamkasb dostim, taniqli adabiyotshunos Umrzoq Oljaboyevdan eshitganman. U bilan qachon uchrashsak, Qozoqboyning falon maqolasini oqidingizmi? Qalay? Zor masalani kotargan-a? Juda bilimdon yigit, deya quvonib-quvonib gapirar, uni biz oqitganmiz-da! deb maqtanib qoyardi. Chindan ham, otgan asrning 80-yillari ortalarida adabiyotshunoslikka kirib kelgan bir guruh sinchkov, jasoratli munaqqidlar orasida Qozoqboy oziga xos ovozi va uslubi bilan ajralib turardi.

Qozoqboy Yoldosh 48 yillik ilmiy faoliyatining yarmidan kopini adabiyottanuvni yaxshilash, yangilash va rivojlantirish sohasiga bagishladi. Zamonaviy ozbek adabiyoti boyicha talay muammoli masalalarni kotarib chiqqan, adabiy jamoatchilikning e’tiboriga tushgan Qozoqboy nega dabdurustdan pedagogika sohasiga, adabiyot oqitish metodikasi ilmiga otib ketdi? Sezishimcha, olim milliy ozbek adabiyotining ilmiy-nazariy asoslarini umumtalim maktablarining oquvchi hamda oqituvchilari ongiga singdirmay turib, malum natijaga erishib bolmasligini tushundi, shekilli. Ayniqsa, mustaqillik yillarida yosh avlodni yangicha tafakkur, rostmana yuksak manaviyatli komil inson qilib tarbiyalash uchun shoro davrida majburan kiritilgan zamonasozlik ruhidagi hamda xalqimizning milliy mentalitetiga mos kelmaydigan asarlarni quvib chiqarish, ularning orniga milliy qadriyatlarimizni, tariximizni uluglaydigan asarlarni kiritish zarur edi. Chindan ham bu oz vaqtida korsatilgan ilmiy-manaviy jasorat edi. Bunday jasoratni amalga oshirish uchun inson, avvalo, oziga ishonishi, ozbek adabiyotining eng qadimgi yodgorliklaridan to shu kungacha bolgan uzoq yillik tarixini, unda yaratilgan barcha asarlarni bilishi shart. Qozoqboy ozida ana shunday jasorat, ishonch, bilim yetarli ekanini amalda isbotlay oldi.

Men Qozoqboy Yoldosh togrisida maqola yozish munosabati bilan uning Yoniq soz, Badiiy tahlil asoslari, Kiyiksoqmoqdagi yolovchi (keyingi ikkitasida hammualliflar bor) nomli kitoblarini, onlab toplamlar hamda matbuotda elon qilingan maqolalarini yana bir bor kozdan kechirdim. Amin boldimki, u munosabat bildirmagan ilmiy masala, u fikr aytmagan yozuvchi qolmabdi hisob. Ayniqsa, sozboshi yozishda Qozoqboy eng peshqadam olim desam, hamkasblarim meni bajonidil qollasa kerak. Bu borada dostimiz ijodkorning kimligiga emas, qandayligiga qarab yozaveradi: u taniqlimi-yoqmi, adabiy jamoatchilik tan olganmi-yoqmi? Bular uning uchun muhim emas, muhimi u fikr bildirayotgan adib adabiyotga nima olib kirdi? Qanday tasvirladi? Nechoglik natijaga erishdi? Bazan shunday boladiki, sozboshida olim aytgan eng yangi, eng dolzarb nazariy mulohazalarni osha asardan topolmay hayron ham qolasiz. Hatto mualliflarning ozlari ham zorligini Qozoqboy Yoldosh tarifidan song bilib olib, kokrak kerib yuraveradilar va eng muhimi, kopchiligi shu maqomga intilib yashaydilar. Buyam bir tomondan durust shekilli, negaki, ancha-muncha yozguvchilar biz kabi injiq munaqqidlarni emas, Qozoqboydek bagri keng sinchini qidirib yurishadi. Bundan bazan rashkimiz kelishini yashirmasam ham bolaveradi.

Darvoqe, hamkasbimiz Qozoqboy Yoldosh faqat sozboshi, taqriz yozish-u, darsliklar yaratish, dunyo adabiyotidan kirib kelayotgan yangi adabiy oqimlar-u, yonalishlar togrisidagi ilmiy maqolalari bilangina emas, balki adabiyotshunoslikka oid koplab atamalarni ozbekchalashtirish borasida dadil tashabbus korsatib kelayotgani bilan ham oziga xos mutaxassis. Olim istemolga olib kirayotgan yangi atamalarning kopini qollab-quvvatlagan holda ayrimlarini qabul qilish biroz qiyin kechayotganini, ham bilamiz.

Keling, bu masalalarni boshqa safarga qoldiraylik. Chunki Qozoqboy hali ancha yosh, oldinda Xudo xohlasa, 80, 90, 100 yilliklar kutib turibdi. Ungacha yanayam aqli tolib, bilimi tagin ham oshib, oylab korar. Oshanda biz ham omon bolsak, yana bir bor qolini qisib, yashang, Qozoqboy! Yaxshilik, ezgulik, soglik Sizga har doim Yoldosh bolsin! deylik.

Yoldosh SOLIJONOV,

filologiya fanlari doktori, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: