O'zb  
 
28.05.2019

OTA HAYOT, BOBO HAYOT, MOMO HAYOT

uch norasida qizaloq esa tog‘a tarbiyasiga berilgani haqida

...Avvalo, barbod bolgan bu oila haqida toxtalsak. Xorazm viloyati, Bogot tumani, Dehqonobod qishlogining «Bogiston» mahallasida yashovchi Gulomjon Jabborov 2008 yil 2 aprelda Roza Yusupova bilan turmush quradi. Roza Yusupovaning otasi Razzoq Yusupov shu mahallada tugilib osgan, ammo keyinchalik qishloqning boshqa mahallasiga kochib ketgan. Ikki quda uylari orasidagi masofa tort chaqirimcha keladi.

Yangi qurilgan oilada 2010 yili Charosxon, 2013 yili Dinora va 2016 yilda Xosiyat ismli qizaloqlar dunyoga keladi. 2017 yil 25 avgust kuni er va xotin ortasida nizo chiqadi va Roza qizlarini olib, otasi uyiga ketadi.

Otasi xonadonida yashayotgan Roza 2018 yil 17 martda xastalikdan vafot etadi. Gulomjonning otasi Xudoyshukur buva bu musibatdan song qudasi bilan munosabatlari oldingidek bolmasligini anglaydi. Ammo uch nafar nabira taqdirini oylab, tashvishga tushadi.

Kelinining ma’rakalari otgach, Gulomjonning otasi oz farzandi pushti kamaridan bolgan qizaloqlarni, eskichasiga aytsak, oz suyagini sorab, qudanikiga boradi va...bir yilki, sudma-sud yurilgan majoro shundan boshlanadi.

...Qolimizda fuqarolik ishlari boyicha Bogot tumanlararo sudining hal qiluv qarorlari hamda apellyatsiya instansiyasining ajrimlari borki, ularni korib, ayrim holatlarda uch norasida qizaloq taqdiriga achinib ketasan.

Birinchi sud instansiyasi uch qizaloqni togasi Jayhunbek Yusupov tarbiyasida qoldirish haqida qaror chiqargan. Bu qarorga asos qilib, Roza bilan eri birga yashagan paytda orada yaxshi munosabat bolmagani, va hatto eri Rozani xorlagani, pichoq urib, oldirishga uringani kabi vajlar asos qilib olingan.

Oilada nizo bolgani, er xotinini oldirishga uringani...bu endi jiddiy holat. Shunday holda jabrdiyda tomon huquq organlariga murojaat qilishi kerak ediku! Bunday holat sodir bolgani haqida jabrdiyda tomon biror joyga murojaat qilgani haqida hujjat yoq.

Sud tuman hokimligiga qizaloqlarga J.Yusupovni vasiy qilish boyicha majburiyat yuklagan. Bu vazifa tezkor bajarilgan.

2018 yil 30 avgustdagi tuman hokimi qarori bilan ana shu vasiylik belgilanadi. Keyinchalik bolalarning otasi Gulomjon Jabborov mamuriy sudga mazkur vasiylik haqidagi qarorni bekor qilish haqida davo arizasi kiritadi. Bogot tuman mamuriy sudi 2019 yil 16 yanvardagi hal qiluv qarori bilan G. Jabborov davosini qanoatlantiradi va tuman hokimi qarorini bekor qiladi. Sababi esa...tuman xalq talimi bolimi huzuridagi Vasiylik va homiylik komissiyasining 2018 yil 25 avgustdagi yigilishi bayoniga asosan J. Yusupov qizaloqlarga vasiy qilib belgilangan, shu bayonnomaga suyanilib, besh kundan song tuman hokimi qarori chiqqan, bu yigilishga qizaloqlarning otasi taklif qilinmagan. Komissiya azolaridan faqat ikki kishi imzo chekkan.

Ana, xolos! Komissiya azolaridan faqat ikki masul imzolagan yigilish bayoni hokim qaror chiqarishi uchun asos bolsa!

Qizlarim taqdiri hal bolayotgan yigilishga meni, ota sifatida taklif qilishmasa. Ular meni nega taklif qilishmaganini bilaman, — deydi Gulomjon. Chunki men tuman xalq talimi bolimida otkaziladigan yigilishda qatnashsam...komissiya azolari qani, deb sorardim. Mana, hukumat qarori bilan tuzilgan komissiyalar qanday ishlayapti! Ularning shunchaki, protokol uchun ish yuritish tajribasi tufayli bir yilki, sudlar eshigida sargayaman.

Gulomjon Jabborov xotini vafot etgach, boshqa uylanmagan. Uch qizalogini bagriga olib, tarbiyalashni oylaydi. Vasiylik va homiylik komissiyasidagi masullar esa aynan uning uylanmagani, uyida yolgiz yashayotganini rokach qilishadi. Goyo u ishga ketsa, qizaloqlar yolgiz qolarmish. Gulomjonning otasi va onasi hayotligi, yetarlicha nafaqa olishlari, bundan tashqari, tomorqasida uzumchilik bilan shugullanishlari etibordan chetda qoladi. Gulomjon sud qarori bilan belgilangan aliment pullarini oz vaqtida tolab kelayotgani, har yili tomorqasidagi uzumlaridan 30 million somgacha daromad olishini qayd etilgani hisobga olinmadi.

Qizaloqlar dunyoga kelgan, Bogiston mahallasi masullari esa boshqacha fikrda. Mahalla fuqarolar yigini raisi Onajon Jumaniyozova gaplariga quloq osaylik: ?016 yildan buyon shu mahallada raisman. Har ikki oilani yaxshi bilaman. 2018 yil 18 oktabr kuni Gulomjon Jabborovning iltimosiga binoan viloyat sudida boladigan ochiq sud majlisiga bordim. Sud majlisida bu oila haqida oz fikrlarimni aytmoqchi edim, ammo meni sud zaliga kiritishmadi. Shu ochiq sudda biror besh daqiqada uch qizaloq taqdiri hal qilindi,

Qizaloqlarning bobosi Xudoyshukur Jabborov alam bilan gapiradi: Ozbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 73-moddasida Ota-ona oz bolalarini tarbiyalashda boshqa shaxslarga nisbatan ustunlik huquqiga ega deb korsatilgan. Sudyalar esa kodeksning ana shu moddasiga ozlaricha qoshimcha kiritishdi, yani biz istagan holatda toga barchadan ustun huquqga ega degan. Oila kodeksida xonadonda sanitariya meyorlari maqbul bolishi uchun har bir jonga necha kvadrat metr yashash joyi belgilangan. Qudam Razzoq Yusupovning xonadonida uch oila yashaydi, 12 nafar odam. Ularga uch nabiramni ham qoshishdi... Otgan yili hayitda Razzoqning kelini yog doglayotib, shu yerda oralashib yurgan nabiram qarovsizligidan ustiga qozon agdarilib, necha kun kasalxonada yotdi. Bizlar keyin xabar topdik. Ertaga, indinga nima boladi? Hatto uch qizaloq uch joyda yashayapti. Birisi Razzoqning turmushga chiqqan qizinikida, qoshni qishloqda. Yosh bolalar tarbiyasiga munosabat shumi?!

Yana bir holat: sud qarori bilan avvalida Gulomjon Jabborovga har yakshanba kuni qizlarini uyiga olib ketib, ular yonida bolish belgilanadi. Keyinchalik bu qaror oyda ikki marta J. Yusupov uyiga borib, uning bevosita nazorati ostida korish belgilandi. Ammo...

Yana sozni Gulomjondan eshitsak: Qizlarimni korish uchun bordim, ular janjal chiqarib, uylariga kiritishmadi. MIB ham bu masalani hal qilolmadi. Bir necha marta borsam, shu ahvol. Oz farzandlarimdan meni shu zayl mahrum qilishyapti. Ular yosh bolalar miyasiga Otang undoq, otang bundoq! Sizlarni olib ketsa, uradi, deb qorqitib tashlashgan.

...Birovlar tomonidan ish kabinetlarida hal qilingan qizaloqlar taqdiri nima boladi? Umuman, odamlar taqdiriga bu qadar bepisandlik balosidan qachon qutilamiz?

Har bir masalaga diqqat-etibor bilan qaralsa, vazifamizni aql-idrok, masuliyat bilan bajarsak, odamlarni ovora qilmaymiz.

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: