O'zb  
 
28.05.2019

QALBI DARYO INSON EDI

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida atoqli adib va jurnalist Sa’dulla Karamatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan xotira kechasi uyushtirildi. Unda taniqli yozuvchining shogirdlari, birga ishlagan jurnalistlar, muharrirlar, yoshlar va oila azolari ishtirok etishdi.

Esimda, dastlab «Ozbekiston ovozi» gazetasida ish boshlaganimda, menga bu inson masul kotib Sadulla Karamatov boladilar, barcha ijod mahsuli shu kishining qolidan otadi, deb tanishtirishgan. Bolim mudiri Vosi Mahkamovning tavsiyasi bilan u kishining suhbatidan otganimda: Yaxshi ijodkor bolish har bir odamning oziga bogliq. Buning uchun izlanish, voqelikni ilgay bilish, yangilikka intilish, ustozlarga ergashish bilan jamoa va gazetxon nazariga tushiladi. Oylaymanki, ish jarayonida muloqotlarimiz davom etadi, degani hamon yodimda.

Osha davrda chamasi qirq yoshlarda bolgan Sadulla Karamatov ozining aqlan va jismonan yetukligi, serharakatligi, qolaversa, sermahsulligi bilan ajralib turardi.

— Sadulla Karamatov oziga xos ijod yolini bosib otdi, samarali mehnat qilib, el nazariga tushdi, dedi Ozbekiston Respublikasi sanat arbobi Ibrohim Gofurov. Osha yillarda Gafur Gulomdan tortib Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat, Shukrullo, Ibrohim Rahim, Maqsud Shayxzoda, Odil Yoqubov, Mirmuhsin, Hamid Gulom, Said Ahmad kabi onlab adiblarning ijodlari ayni gurillagan, bu yoqda Maqsud Qoriyev, Ahmad Ismoilov, Ismoil Sulaymonov, Rasul Rahmon, Oktam Usmonov, Rustam Shogulomov singari mohir muharrirlar safi kengayib borayotgan zamonda yashab, ular bilan hamnafas bolish nasib etgandi.

Sadulla Karamatov rahbarlik qilgan Toshkent oqshomi gazetasida ishlash menga ham nasib etgan, dedi Ozbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Ozbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. Oziga ham, boshqalarga ham talabchanligi tufayli gazetani yuqori saviyada nashr etish, el nazariga tushish bilan birgalikda mehnatimiz samaralari nafaqat Toshkent, qolaversa butun respublikaga tarqalishiga sabab bolgan. U kishi jamoada ijodiy muhit yaratishga intilardi. Otkir Hoshimov, Tolqin Rasulov, Hamid Ikromov, Solih Yoqubov, Abdulla Polatov kabi qator ijodkorlar qalami osha davrda charxlangan.

Sadulla Karamatovni bosh muharrirlarning yetakchilaridan, deb aytishga asoslar bisyor, dedi Ozbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sadulla Hakim. Avallo, u kishinig imzosi bilan chiqqan har gazetani boshdan oxirigacha oqib zerikmasdik. Bugungi tadbir bahona bir fikrni ortaga tashlagim keladi. Nima uchun bosh muharrirlar tajriba maktabi xaqida kitob chiqarib bolmaydi? Shunga vaqt yetganga oxshaydi.

Yigilishda serqirra ijodkor jurnalist, yozuvchi, publitsist, tarjimon va jamoat arbobinig asarlari birma-bir tilga olindi. Uning Amuning zar kokillari, Kumush kamar, Gozallik ramzi ocherklar toplamlari, Toglar tabassumi, Tog gozali, Hijron, Etiqod qissalari, Oltin qum, Songgi barxan romanlari, shuningdek, fransuz adibi Jyul Vernning Suv ostida 80000 kilometr, Vadim Kojevnikovning Peshin chogi kungay tomonda, Qilich Quliyevning Qora karvon romanlari tarjimasi haqida fikr yuritildi. Adib xotirasiga bagishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Mirzo ANVAR,

faxriy jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: