O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.05.2019

AGAR 2005 YILDAN KEYIN ISH FAOLIYATINI BOSHLAGAN BOLSANGIZ...

pensiya yoshiga yetganingizda sizdan hech qanday hujjat talab qilinmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlarini korsatishda yaratilgan hamda joriy qilingan interaktiv xizmatlarga bagishlab matbuot anjumani otkazildi.

Unda tizimda joriy etilgan hamda rejalashtirilgan interaktiv xizmatlar xususida ma’lumot berildi. Xususan, 2011 yildan buyon foydalanilayotgan hamda takomillashib borayotgan xizmatlardan biri — «Pensiya» elektron dasturiy majmuasi 3,5 milliondan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar togrisidagi malumotlarni oz ichiga oluvchi yagona baza hisoblanadi. Dasturda pensiya va nafaqalar tayinlashdan tortib, tolangunga qadar jarayonlar elektron tarzda olib boriladi. Bu barcha turdagi hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirish imkonini beradi.

Zamonaviy texnologiyalarni sohaga joriy qilinishi, tizimda inson omilini minimallashtirish, shaffoflikni taminlash, ortiqcha vaqt sarfi hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklarini kamaytiradi, deydi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijrochi direktori orinbosari Shuhratjon Davronov. Xususan, Xalq banki bilan pensiya va nafaqa oluvchilarning tolov qaydnomalarini yuborish, tolangan va tolanmagan pensiya yoki nafaqalar togrisida malumot almashish faqat elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Buning natijasida tolov qaydnomalari soxtalashtirilishining oldi olinib, pensiya va nafaqa tolovlari ustidan kunlik nazorat yuritilmoqda. Shu bilan birga barcha tijorat banklari bilan bank plastik kartalari orqali pensiya va nafaqa oluvchilar mablaglarini ularning hisobraqamiga yuklash boyicha elektron axborot almashinuvi yolga qoyildi. Bu orqali qogoz shaklida tolov qaydnomalaridan toliq voz kechilib, naqd pulsiz pensiya va nafaqa oluvchilarga mablaglar oyning 2-5 sanasiga qadar tolanmoqda.

Bundan tashqari, amaliyotga joriy qilingan SMS-pensiya xizmati orqali fuqarolarga ularning pensiya miqdorlari, Xalq banki orqali tolov amalga oshirilgani yoki bank kartalariga pensiyalar yuklangani togrisida SMS xabarlarni olish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda jami pensiya va nafaqa oluvchi 54 foiz fuqaro mazkur xizmatdan foydalanmoqda. Shuningdek, avvallari pensiya tolovi amalga oshirishlari uchun fuqarolar korxonalarga yoki Pensiya jamgarmasi bolimlariga kelib, qogoz shaklida talabnoma va hisobotlarni taqdim etishi kerak edi. Bugungi kunda esa hisobotlar qisqartirilgan. Endi birgina talabnoma taqdim etish yetarli. Elektron shaklda masofadan turib hujjat taqdim etish imkoniyati ham bor. Korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida esa ushbu talabnomani korxonalarning davlat soliq qomitasidagi Shaxsiy kabineti orqali yuborish imkoniyati yolga qoyilgan. Buning natijasida har oyda 27 mingdan ortiq korxona tomonidan 150 mingdan ortiq ishlovchi fuqaroga pensiya va nafaqa tolovi uchun talabnomalarni elektron shaklda taqdim etilishiga erishildi.

Fuqarolarning arxiv idoralaridan hujjatni olishdagi muammolarini bartaraf etish, tabiiy ofat, yongin yoki boshqa holatlar natijasida hujjatlar yoqotilishi holatlarining oldini olish maqsadida Pensiya jamgarmasi Davlat soliq qomitasi bilan hamkorlikda fuqarolarning ish haqlarini individual hisobini yuritish borasida elektron tizimi joriy qilindi, deydi Pensiya jamgarmasining pensiyani hisoblash uslubiyotini muvofiqlashtirish va fuqarolarning murojaatlarini korib chiqish bolimi boshligi Shuhrat Utaganov. Bu tajriba 2015 yilda sinovdan otkazilib, 2016 yildan boshlab butun respublika boyicha amaliyotda qollanilmoqda. Shuningdek, ish haqi togrisida arxiv malumotlari mavjud bolmaganda, ish haqi miqdorini 2005 yildan keyingi davr uchun jamgarib boriladigan pensiya tizimi (INPS)ga tolangan badallar asosida olish imkoniyati yaratildi. Yanada aniqroq aytadigan bolsak, 2005 yildan keyingi ish faoliyatini boshlagan fuqarolar pensiya yoshiga yetganlarida ulardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Yana shuni aytish mumkinki, amaldagi tartibga asosan pensionerni ishga qabul qilganda korxona rahbari 5 kun ichida Pensiya jamgarmasiga buyruq nusxasini taqdim etishi va ish joyidan pensiya tolovini amalga oshirishi lozim edi. 2019 yil sentabr oyidan boshlab, pensionerni ishga qabul qilganligi togrisidagi buyruqni jamgarmaga faqat elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali, qogoz shaklida malumot almashinuvidan butkul voz kechiladi.

Tadbir songida har bir pensiya va nafaqa oluvchi fuqaroga ID-card berilishi rejalashtirilayotgani, bu karta pensiya guvohnomasi ornida ham otishi hamda pensiyalarini olish vaqtida pasport orniga shaxsini tasdiqlovchi xujjat hisoblanishi mumkinligi takidlandi. Shuningdek, bugungi kunda metropoliten, avia va temir yollari chiptalarini sotib olishda ham undan bemalol foydalanish mumkinligi malum qilindi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: