O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.05.2019

OLIY TALIM MUASSASALARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENT 100 MING SOMDAN ORTIQ PUL TOLAYDI

Joriy yil maktab, litsey va kollejlarni tugallab, birinchi yil oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar bundan mustasno

Milliy matbuot markazida Davlat test markazi tomonidan «Test topshiriqlarining huquq va majburiyatlari hamda abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimizning 2019 yil 14 maydagi oliy talim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimi sertifikatlarini tatbiq qilish togrisidagi qarori asosida oliy talim muassasalariga otkaziladigan qabul test sinovlari jarayonida abituriyentlar uchun bir qancha imtiyoz va imkoniyatlar yaratilganligi takidlandi.

— 2019/2020 oquv yili qabulidan boshlab abituriyentlar oqishga kirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Ozbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish, joriy oquv yilidan boshlab abituriyentga ozi royxatdan otadigan, aniqrogi, doimiy istiqomat qiladigan joyida yoki oziga qulay boshqa hududda test sinovida ishtirok etish huquqiga ega, deydi Davlat test markazining abituriyentlarning huquqlari, majburiyatlari, vazifalari, test sinovlariga tayyorgarlik ishlari boshqarma boshligi Diyorbek Qochqorov. Bu ortiqcha vaqt, mablag sarflanishining oldini oladi. Shuningdek, abituriyent bir vaqtning ozida oliy talim muassasasiga oqishga kirishda fanlar majmuasi ketma-ketligi bir xil bolgan jami uchta bakalavriat talim yonalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin. Bunda talim yonalishini tanlashda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasining mosligi etiborga olinadi. Shu bilan birga abituriyent test sinovlari otkaziladigan kuni pasporti va DTM ruxsatnomasi bilan belgilangan joyga korsatilgan vaqtdan kechikmay kelishi shart. Agarda u belgilangan vaqtdan kechikib keladigan bolsa, test sinovlariga kirgizilmaydi. Chunki, bu yil ham test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena, yani abituriyentlarni test sinovlariga kirish vaqti soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smena soat 14:30 dan 15:00 gacha etib belgilangan. Boisi, uch soat davom etadigan test sinovlari birinchi smena soat 11:00 da tugaydi, ikkinchisi 18:00 da yakuniga yetadi. Bularning javoblari esa ertasi kuniyoq malum qilinishi lozim. Shu sababdan har bir daqiqa hisobga olingin. Bundan tashqari abituriyent test topshiriqlari kitobi va oziga tegishli javoblar varaqasini tekshirishi, test materiallari nuqsonsizligiga ishonch hosil qilishi, biron kamchilik aniqlangan taqdirda darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi, javoblar varaqasi togri toldirilishini taminlashi kabi qoidalarga sozsiz amal qilishi lozim.

Shuningdek, jurnalistlarning oliy talim muassasalariga abituriyentlar qachondan boshlab hujjat topshirishi mumkinligi hamda bu yil hujjat topshirayotgan abituriyentlar qancha miqdorda pul tolashi kerakligi xususidagi savollariga DTM boshqarma boshligi Diyorbek Qochqorov shunday javob berdi.

Bu yilgi oliy talim muassasalariga abituriyentlardan hujjat qabul qilish otgan yilgidek 15 iyundan 15 iyulgacha davom etadi. Yangilik sifatida shuni aytish kerakki, abituriyentlar oliy talim muassasalariga hujjat topshirganligi uchun 101 ming somdan ortiq pul tolashi lozimligi belgilandi. Bu pul tolash tizimi xalqaro tajribalarda ham mavjud. Yani bir qator rivojlangan davlatlarda oliy talim muassasalariga abituriyentlar pul tolash orqali hujjat topshiradi. Bundan tashqari pullik tizimni joriy etilishi test sinovlariga umuman tayyorgarligi bolmagan, omadini sinab korish uchun, yani tavakkaliga topshirayotgan abituriyentlarda masuliyatni oshiradi. Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, bu yil maktab, litsey va kollejlarni tugallab, birinchi yil oliy talim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlardan hujjat topshirganlik uchun pul olinmaydi.

Shuningdek, tadbirda abituriyentlar huquqlari haqida ham toxtalib otildi.

Takidlanishicha, chet tilini bilish darajasi boyicha tegishli sertifikatga ega abituriyentlar davlat tomonidan qollab-quvvatlanadi.

Bundan tashqari, test sinovlari natijasidan norozi bolgan abituriyentlar belgilangan muddatda Ozbekiston Respublikasi talim muassasalariga oqishga qabul qilish boyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: