O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
21.05.2019

GENDER TENGLIKNI TAMINLASHDA KASABA UYUSHMALARINING ORNI QANDAY?

Samarqandda «Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va gender tenglikni amalga oshirishda kasaba uyushmalarining ishtiroki» mavzuida xalqaro seminar bo‘lib otdi.

Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan otkazilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi mas’ul xodimlari, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, kasaba uyushmalari umumkonfederatsiyasi hamda xorijiy davlatlarning kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Seminar kun tartibidan mehnat sohasida gender tenglikni amalga oshirishda kasaba uyushmalarining ishtiroki boyicha Ozbekiston tajribasi haqida malumot berish, kelgusida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat va bandlik sohasidagi teng huquq va imkoniyatlarini taminlovchi asosiy standartlarni, mos texnik konvensiyalari va tavsiyalarini toliq amalga oshirish maqsadida ijtimoiy muzokaralarni takomillashtirish, shuningdek, bu borada xalqaro tajribani organish kabi masalalar orin olgan edi. Qatnashchilar oz maruzalarida ushbu jihatlarga alohida etibor qaratib, mamlakatimizda toplangan tajriba va ayni paytda olib borilayotgan ishlarni qayd etdi. Shuningdek, bu borada oz taklif va tavsiyalarini bildirdi.

— Keyingi yillarda mamlakatimizda mehnat munosabatlari sohasida xalqaro talablardan kelib chiqib, koplab yangiliklar joriy etildi, deydi Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi orinbosari B.Mahmadaliyev. Mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jumladan, xotin-qizlarning huquqlarini tola kafolatlash borasida yaxshigina tajriba toplandi. Buni xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ham etirof etmoqda. Bugungi seminarda ham bu borada erishgan natijalarimiz bilan birga oldimizda turgan vazifalarni belgilab olish, xorijlik mutaxassislar bilan fikrlashish kozda tutilgan.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati D.Fayziyeva, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi orinbosari M.Nurmatova mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini taminlash sohasidagi qonunchilikning takomillashtirilishi, gender tenglikni taminlashda yurtimiz tajribasi haqida soz yuritdi.

Oz navbatida, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi eksperti Goda Neverauskayte, Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy masalalar boyicha mutaxassisi Jasmina Papa dunyoda va mintaqada gender tenglikni taminlashda xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasining pozitsiyasi, ijtimoiy himoya siyosati gender aspektlari boyicha fikrlarini bildirdi.

Xususan, Jasmina Papaning qayd etishicha, ayni paytda dunyo miqyosida erkaklar va ayollar oylik maoshi ortasidagi farq 20 foizni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi aholining zaif qatlami yetarlicha ijtimoiy himoyaga olinmagani, ayollarning rozgor ishlariga koproq aralashib qolishi, kop vaqtini farzand tarbiyasi, oila yumushlariga ajratishi bilan bogliq. Noformal ishda faoliyat yuritayotganlar ham koproq xotin-qizlardir. Bunday holatlarning oldini olish uchun norasmiy ishga jalb qilinganlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, gender tenglikni taminlash mexanizmlarini takomillashtirish, milliy talablarni etiborga olgan holda oiladagi masuliyatni teng taqsimlash masalalarini ragbatlantirish lozim.

Seminar yakunida bildirilgan fikrlar asosida tavsiyalar qabul qilindi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: