O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.05.2019

AMALIY HARAKATGA AYLANAYOTGAN TASHABBUSLAR

Keyingi ikki yarim yildan ziyod vaqt mobaynida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasida olib borilayotgan keng kolamli va shiddatli islohotlar tufayli yangi-yangi tashabbuslar, dastur va rejalar faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda. Xalqimiz konglidagi orzu-intilishlar ifodasi bolgan bunday ezgu harakatlar hayotimizni sifat jihatidan butunlay ozgartirishga xizmat qilmoqda. «Obod qishloq» va Obod mahalla, Yoshlar – kelajagimiz, Har bir oila tadbirkor dasturlari, joylarda aholi bilan muntazam otkazib kelinayotgan jonli muloqotlar, sayyor qabullar, davlat xizmatlari korsatish sohasidagi yangiliklar bularning barchasi tarixan qisqa muddatda islohotlarimizga ulkan hayotbaxsh qudrat bagishlagani, haqiqatan ham, oziga xos fenomen, ya’ni noyob ijtimoiy hodisadir. Eng muhimi, yurtimizda boshlangan bu mislsiz yangilanishlar tobora jadal tus olmoqda. Prezidentimiz tomonidan Sirdaryo viloyatida ilgari surilgan beshta muhim tashabbus fikrimiz isbotidir. Bu tashabbuslar Ozbekistonda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi markazida inson, xalq va davlat manfaatlari ozak va bosh goya, ustuvor maqsad bolib turgani va bizni ulkan amaliy ishlarga undayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqlamoqda.

Tashabbusning qanoti bor, degan hikmatli naql ustida chuqurroq oylab korilsa, bugungi hayotimiz misolida kop haqiqatlarni anglab yetamiz. Chindan ham, butun el-yurtimiz manfaatlarini inobatga olib, ortaga tashlangan bu tashabbuslar bugungi kunda yurtdoshlarimiz qalbida aks-sado bermoqda, ularni yanada katta bunyodkorlik ishlariga chorlamoqda. Qisqa muddatda ana shu beshta tashabbus boyicha muayyan ijobiy tajribalar paydo boldi va ayni vaqtda ularni amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurati tugildi.

Birinchi tashabbus — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, istedodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yonaltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar ortasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Tortinchi tashabbus yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular ortasida kitobxonlikni keng targib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yonaltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taminlash masalalarini nazarda tutadi.

Agar bu tashabbuslarning tub mohiyatiga etibor qaratadigan bolsak, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda har bir inson manfaatlariga yanada aniq va samarali yondashish yetakchi oringa chiqayotganini koramiz. Ayniqsa, yosh avlodni manaviy, jismoniy jihatdan uygun rivojlantirish borasidagi ishlar tobora aniq va amaliy korinishga ega bolib borayotgani, umumiy strategik vazifalardan konkret va natijador ishlarga otilayotgani diqqatga sazovordir.

Ana shunday tashabbuslar tufayli hayotimizga Marifat karvoni, Qadrdon maktabimga kitob sovga qilaman, degan yangi qadriyatlar kirib kelmoqda, kitob pavilonlari, Bibliobuslar, yoshlar kitobxonlik tanlovlari, xotin-qizlar ijtimoiy mehnat bilan band bolishi uchun zamonaviy korxonalar tashkil etish davlat miqyosidagi siyosatga aylanmoqda. Tasavvur qiling, Marifat karvoni loyihasi doirasida badiiy, marifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpogiston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bolmagan miqdorda kitob yetkazib berish vazifasi belgilandi. Madaniyat vazirligi va Xalq talimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shahar madaniyat markazlari hamda umumtalim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qoshimcha 1,5 mingta togarak tashkil etish boyicha topshiriq berildi. Tashabbuskor, istedodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va Yoshlar klublari tashkil etish masalalari kun tartibiga qoyildi.

Barchamiz hayot tajribasidan yaxshi bilamiz, kitob bu bilim manbai, kitob bu tarbiya, kitob bu mafkura, dunyoqarash, kitob bu vatanparvarlik va boshqa ezgu fazilatlar, his-tuygularni kamolga yetkazadigan tasirchan manba, yoshlarni togri yolga boshlashning ishonchli vositasidir. Shuning uchun yuqorida zikr etilgan aksiya va tadbirlarning amalga oshirilishi Ozbekistonning kelgusidagi manaviy poydevorini mustahkamlashga qaratilgandir. Bir million nusxadagi kitob yosh qalblarga qadaladigan bir millionta ezgulik urugi, desak, xato bolmaydi.

Kop yillik mehnat stajiga ega bolgan pedagog sifatida talim tizimida aniq hayotiy misollar asosida otiladigan amaliy-korgazmali mashgulotlarning ahamiyatini biz oz shaxsiy tajribamizdan yaxshi bilamiz. Ayniqsa, gumanitar fanlar, xususan, tarixni oqitishda buning ahamiyati beqiyosdir. Chunki tarix hayotda bolib otgan voqealarning sharhi, tafsiloti, bugungi va ertangi kun uchun muhim xulosalar chiqaradigan fandir. Shu manoda, Prezidentimiz tomonidan bildirilgan fikr muayyan mavzular boyicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor tarzda otkazilishini tashkil etish tashabbusi ilmiy-metodik jihatdan juda muhim taklifdir.

Hozirgi kunda Internet, ayniqsa, uning eng qaynoq nuqtasi bolgan ijtimoiy tarmoqlar orqali bolar-bolmas gaplar tarqatilayotgani, yoshlar ham bilib-bilmasdan ana shu jarayonlarning ishtirokchisi, istemolchisi bolib qolayotgani barchamizni tashvishga soladi. Albatta, bu borada Ijtimoiy tarmoqlar zararli, Internetdan foyda yoq degan gaplar bilan biron natijaga erishib bolmaydi. Eng maqul yol Internetdan qanday togri va nafi tegadigan tarzda foydalanish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat. Faqat shu yol bilan yoshlarda Internet madaniyatini shakllantirish mumkin. Davlatimiz rahbarining 19 mart kuni bolib otgan videoselektor yigilishidagi korsatmalari aynan shu maqsadga qaratilgandir. Majlisda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilgor xalqaro tajribalar asosida barcha shaharlarda va tumanlar markazida Raqamli texnologiyalar oquv markazlarini tashkil etish boyicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul orgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes boyicha innovatsion konikmalar shakllantiriladi, startap loyihalarga yordam korsatiladi. Vazirlikka 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi Internet tarmogi bilan taminlash boyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Haqiqatan ham, yoshlar Internetdan foydalanish konikmasini kocha-koyda emas, balki maktabda, maxsus tayyorgarlikka ega bolgan oqituvchi va mutaxassislar yordamida egallasa, bu jarayon talim maskanlaridagi umumiy oquv-tabiya ishlarining uzviy bir qismi sifatida olib borilsa, albatta buning foydasi ham samarali boladi.

Shuningdek, yigilishda tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda kompyuter oyinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bolishi zarurligi takidlandi.

Prezidentimiz raisligida bolib otgan selektor yigilishida yoshlarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning muhim sharti bolgan jismoniy tarbiya va sportni ular ortasida ommalashtirishga ham alohida etibor qaratildi. Bu borada boshqa kopgina masalalar qatori olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport zallari va suniy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari barpo etish uchun yer va imtiyozli kreditlar ajratish kabi dolzarb vazifalar boyicha aniq korsatmalar berildi.

Prezidentimizning bu tashabbusini hisobga olib, maktabgacha talim muassasalarida hamda orta maktablarda, hatto institut va universitetlarda har kuni olib borilayotgan barcha darslarning orta qismida bir-ikki daqiqalik yengillashtirilgan jismoniy tarbiya pauzasini oquvchilar ortasida amalda qollash maqsadga muvofiqdir. Chunki darslar davomida kopchilik oquvchilar va talabalarning toliqishi yaqqol seziladi. Bunday noananaviy tadbirlarni qollash orqali otilayotgan darslarning samarasini oshirish mumkin. Mutaxassis olimlarning fikricha, dars orasidagi bir-ikki daqiqalik pauza orqali chuqur nafas olish, qollarni va barmoqlarni, bosh qismni harakatga keltirish natijasida yoshlarda darslarni tinglash, yozish, fikrlash qobiliyatlari kuchayadi hamda darsga bolgan ishtiyoqi oshadi. Bundan tashqari, bu usulni professor-oqituvchilar, ishchi-xodimlar ortasida ham olib borish maqsadga muvofiq bolib, ularning ishga bolgan munosabati va ishtiyoqini sezilarli darajada oshishiga aminmiz.

Barchamizga yaxshi ayonki, mamlakatimiz Konstitutsiyasida maktab davlat himoyasida ekani aniq belgilab qoyilgan. Binobarin, yoshlar tarbiyasi, ularning kelajagi va istiqboli ham davlat himoyasidadir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nafaqat yoshlarning, balki butun xalqimiz va mamlakatimiz kelajagi bilan bogliq bunday vazifalarning aynan davlatimiz tomonidan muvofiqlashtirilib, izchil amalga oshirilayotgani ularning natijadorligini taminlash, ana shu tashabbuslar atrofida butun jamiyatni birlashtirish, uning kuch va imkoniyatlarini ana shu ezgu maqsadlar yolida safarbar etishda ulkan ahamiyatga egadir.

Selektor yigilishida xotin-qizlar uchun yangi ish orinlari yaratish, ularning ish bilan bandligini taminlash boyicha ham aniq vazifalar belgilandi. Bu yonalishda xuddi ilgarigidek raqamlar ortidan quvib, nomiga ish orni yaratish emas, balki chuqur oylab, aynan opa-singillarimiz, qizlarimizga har tomonlama mos, munosib mehnat maskanlari ochishga etibor qaratilayotgani muhimdir. Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich-panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etish belgilangan. Aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari kop maskanlarda shunday korxonalar ishga tushirilishi natijasida 24 mingdan ortiq doimiy ish orinlari yaratiladi. Tabiiyki, zamonaviy sharoitda ishlagan xotin-qizlarning fikri ham, dunyoqarashi ham, oilaga, oz farzandlari tarbiyasiga munosabati ham boshqacha boladi. Yani, ishlamaydigan ayollarga qaraganda, ular har tomonlama faol va tashabbuskor boladi.

Ayni bir vaqtda ishlaydigan ayollar uchun alohida shart-sharoitlar yaratish tadbirlarini ham unutmaslik kerak. Buning uchun bolalar bogchasi, oziq-ovqat va yarim tayyor mahsulotlar dokonlari, xizmat korsatish sohasini, xullas, ular uchun infratuzilmani har taraflama tubdan yaxshilash kerak.

Tashabbus degan sozning zamirida yangi fikr va taklif bilan maydonga chiqish, yangilikni joriy etish, degan manolar bilan birga, odamlarni harakatga keltirish, ishlashga, yaratish va bunyod etishga qiziqtirish, degan manolar ham mujassam ekanini yaxshi bilamiz. Shu manoda, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning ahamiyati benihoya kattadir. Ular barchamizga, butun xalqimizga qaratilgan tashabbuslardir. Bu haqiqatni chuqur anglab, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etish barchamizning xalqimiz va kelajagimiz oldidagi muqaddas burchimizdir.

Qalandar ABDURAHMONOV,

Ozbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: