O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.05.2019

JASORAT UNUTILMAYDI, DAVOM ETADI

Botirlarimiz qadimda jangga otlanganida bir hovuch Vatan tuprog‘ini ozlari bilan olib ketishgan. Bu tuproq ularga tugilib osgan zaminni, bu tuproq xalqi oldida qilgan qasamyodini yodga solib turgan. Mana shu bir hovuchgina tuproq tafti Vatanga bolgan muhabbatini qalbida alangalatib turgan, kuch bergan. Mana shu bir hovuch tuproq xalqiga, yurtiga sodiq oglon bolishga da’vat qilgan. Bugun botirlarimiz Vatan tuprogini tumor qilib yonida olib yurishmaydi. Ammo yuragida saqlaydi. Sadoqat ularning tomirlarida qon bolib oqadi.

Har safar qasamyodiga sodiq bolib, jonini fido qilganlar haqida oylaganimda, shu gaplar beixtiyor yodimga tushaveradi. Omiljon Muhamedov ayni kuchga tolgan, orzulari osmon bolgan 26 yoshda edi.

Omiljon Toshkent tumanidagi 16-maktabda oqidi. Aytishlaricha, bosiq, vazmin ospirin onasini, aka-singillarini juda yaxshi korgan. Salima aya ogli oqiyotganda maktabdan faqat iliq sozlar eshitgan. Darvoqe, Muhamedovlar oilasida 6 ogil, 4 qiz voyaga yetgan. Omiljon ogil farzandlarning kenjasi bolgan. U maktabni tugatgach, hayot yolini ichki ishlar idoralari bilan bogladi. Omiljon tirishqoqligi, kasbiga fidoyiligi bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi PPXB 2-batalon 1-otryadida hurmatga sazovor boldi. Shu orada Nozima degan qizga uylandi. Farzand korishgach, yaxshi niyatda Oqiljon, deb ism qoyishdi. Oqiljon otasidan ayrilganida endigina ikki yoshda edi.

Oz xizmat vazifasini bajarish chogida mardlarcha halok bolgan Omiljon Muhamedovning turmush ortogi bilan suhbatlashish uchun ketayapmanu meni bir savol qiynardi: on toqqiz yillik yarani tirnash, osha mudhish ayriliq kunlarni eslatish qanday bolarkin?

Nozimaga kelishimdan maqsad-muddaoni tushuntirdim. U sukut saqlab, boshini qimirlatib, eshitib turdi. Birozdan song ogir bolsa-da, savolni berdim.

— Osha kuni nima bolgan ozi?..

Oradagi jimlikdan song u ohista sozladi:

Uch kun oldin ishdan uyga xursand bolib keldilar. Yangi xizmat mashinasi «Neksiya» berishgan ekan. Oyijonim va meni Neksiyaga otqazib, aylantirib keldilar... Hech esimdan chiqmaydi, osha kuni kartoshka palov qilgandim. Konglim nimanidir sezgan ekan. Ishga ketayotganlarida, ozbek ayollari ozgalar oldida bunday qilmaydi, oyijonimning oldilarida Omiljon akamni quchoqladim, hech ketkazgim kelmadi. Kulib aytgan gaplari shu boldi: ertaga kelaman-ku...

Nozimaning kozi yoshga toldi.

Osha kuni negadir oy menga juda katta korindi. Odatdagiday ertalab hovlidagi yumushlarni qildim. Ovsinimnikiga otsam, ogillaridan biri shumxabarni aytib qoldi. Menga bildirmay kechasi akalari fojia joyiga ketishgan ekan...

Omiljon akam xizmat mashinasida ketayotganida shubhali odamlarni korib, mashinani toxtatgan. Sherigi tushib, ozini tanishtirayotganida jinoyatchilar uni otib tashlashgan. Orqadagi Damasda zargarning uyini urib kelayotgan sakkiz nafar bosqinchi Omiljon akamga tashlangan. U kishi juda baquvvat edilar. Shunday bolsa-da, pichoq urib oldirishgan... Bir ozlari sakkiztasi bilan olishgan. 1999 yil 6 avgustda shu voqea bolgan...

Serjant Omiljon Muhamedov ashaddiy jinoyatchilar bilan bolgan olishuvda mardlarcha halok boldi. Qasamyodiga sodiq qoldi. El-yurt tinchligi yolida oz jonidan kechdi. Bu oglonning jasorati unutilmaydi. Uning kasbiga sadoqati yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Omiljon hayotdan juda erta ketdi. U kop narsalarni rejalashtirib qoygandi. Afsus...

Serjantning rafiqasiga bir narsa taskin beradi. Omiljon xizmat vazifasini sharaf bilan bajarib, aziz jonini fido qildi. Yana bir taskin beradigan tomoni, ikki yoshli yakkayu-yagona zurriyodi voyaga yetib, bugun otasining izidan boryapti. Oqiljon otgan yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatdi. Demak, jasorat davom etadi.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.