O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.05.2019

101 YOSHLI LEYTENANT BOBO

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni yillar o‘tgani sayin tobora siyraklashib borayapti. Ana shunday insonlarni e’zozlash, hurmatini joyiga qoyish maqsadida ularga katta etibor qaratilmoqda.

Qiziltepa tumanidagi Toshrabot qishloq fuqarolar yigini hududidan Ikkinchi jahon urushiga 200 nafardan ortiq yigit safarbar qilingan edi. Ularning kopidan qora xat keldi, koplari bedarak ketdi. Urushdan sog-omon qaytgan uch-tort nafar askar safida leytenant pogonini taqqan Shukur Hamidov ham bor edi.

Tinch mehnat yillarida Shukur hamma qatori uylandi. Farzandlari kamolini kordi, toylarini qildi. Uvali-juvali boldi. Tort qizi, uch oglidan 90 ga yaqin nevara, evara, chevaralari bor. Ikki yil oldin unga Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan imtiyozli tarzda yengil mashina ajratilgan edi. Bu yilgi mukofot pulini shaxsan ozi olib kelgan viloyat hokimi mulozimlari bilan uni tabriklab, sovgalar topshirdi. Zum otmay dasturxonlar bezatilib, xonadon toyxonaga aylanib ketdi. Bir tomondan sanatkorlar davraga fayz kiritdi.

Tadbir tugab, davra siyraklashgach, biz Shukur bobodan charchagan-charchamaganini sorab, birgina savolni berdik, yani nega uni «leytenant bobo» deyishlari bilan qiziqdik.

— 1938 yilda, 19 yoshimda meni harbiy xizmatga chaqirishgan, deydi Shukur bobo. Xizmatning ikkinchi yilida Finlyandiya, Fransiya, Sharqiy Prussiyani fashist bosqinchilaridan tozalashda qatnashdim. Harbiy xizmat tugamasdan turib urush boshlandi. Uyga qaytishga ham ulgurmadim. Bizni urush korgan jangchilar safida togridan-togri frontning oldingi safiga tashlashdi. Leningrad, Volgograd shaharlarini mudofaa qilishda qatnashdim. 1942 yilda Kiyev, Minsk, Rostov shaharlarida bolgan janglarda qolimdan qattiq yarador boldim. Gospitalda ikki oy davolandim. Sogayib chiqqanimdan keyin meni kichik harbiy komandirlar tayyorlaydigan kursga yuborishdi. Tort oy oqib, avval kichik leytenant, keyin katta leytenant unvonini oldim. Avval vzvodga, keyin rotaga komandirlik qildim. Galabani Kyonnisberg shahrida kutib oldik. Keyin koplar qatori menga ham uyga javob berishdi.

Eng qizigi, qishloqqa qator-qator orden-medallar taqqan holda, leytenant pogoni bilan kirib borganimda boshlandi. Men harbiy xizmatga ketganimda endigina tugilgan 7-8 yoshli bolalar atrofimni orab olgan, hammalari urushdan leytenant bobo kelayapti, deb ovoza qilishardi. Osha vaqtda ularga bobo bolib koringan bolsam kerak-da! Mahalladagilar uylaridan oyoq yalang yugurib chiqqan, tanigan-tanimagani meni quchoqlab yiglardi, men ham ularga qoshilib yiglardim.

Eng fojiali tomoni, 1942 yilda ogir yarador bolganimda, uyga qoraxat borgan ekan. Uyga oz oyogim bilan sog-salomat kirib kelganimni korib, ota-onam, qoni-qoshnilar osha yerning ozida toy boshlab yuborishdi. Qahatchilik bolishiga qaramasdan, birov bir kosa un, birov yog, birov bir parcha gosht kotarib keldi, hamma xursand boldi. Osha-osha men leytenant boboga aylandim, dedi Shukur bobo. Hatto hozir bazilar ismimni ham bilishmaydi, leytenant bobo deyishsa, Toshrabotda, Oqrabotda hamma taniydi. Hozir 101 yoshga kirdim. Iloyo, urush bolmasin, yer yuzida tinchlik bolsin. Bizlarni ezozlagan Prezidentimiz xalq xizmatini qilib, umridan baraka topsin, deya bobo qolini duoga ochdi.

Shu lahzada mutafakkir shoir Nosir Xusrav Dehlaviyning quyidagi fardi yodimga tushdi:

Keksaga komak ber, suyangan toging,

Uni tushunasan qarigan choging.

Ergash ATOYEV,

jurnalist, Ozbekiston xalq talimi alochisi.



DB query error.
Please try later.