O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
14.05.2019

ERONU TURON NAZMUL-JAVOHIRI

«Jahon adabiyoti durdonalari» rukni bilan fors-tojik tilidan Olimjon Bo‘riyev tarjimasida nashr etilgan ana shu nomdagi kitobda (Toshkent. Ozbekiston, 2018 yil, 208 bet.) ulug allomalar — Abu Abdullo Rodakiy, Ibn Sino, Firdavsiy, Umar Xayyom, Shayx Kamol, Badri Chochiydan to hozirgi Tojikiston xalq shoiri Momin Qanoatgacha, jami 95 shoir ijodi namunalari jamlangan.

Kitob muqaddimasida akademik Aziz Qayumovning ulug mutafakkir Abdurahmon Jomiyning Yusuf va Zulayho hamda Layli va Majnun asarlari tarjimasiga yozgan sozboshisi berilgan.

Tarixiy manbalarga kora, Movarounnahrda el tinch, yurt obod, xalqlar totuvligi ta’minlangan davrda ijtimoiy yuksalish kuzatilgan, ilm-fan, adabiyot ravnaq topgan. Shu asosda Oltin davr yoki Islom renessansi (1X-X asr) maydonga kelgan. Gaznaviylar, temuriylar, undan keyingi boburiylar davrida ham oziga xos renessans kuzatilgan.

Alisher Navoiy oz tazkirasi Majolis un-nafoisda barcha forsiynavis adiblar asarini aynan (tarjima qilmasdan) keltirgan. Holbuki, Navoiy uchun ularni ozbek tiliga ogirish qiyin emas edi. Endilikda fors-tojik tilidan ogirilgan narsani (hattoki tarjimon nomini ham tilga olmasdan), masalan, Pahlavon Mahmud ruboiylarini ozbek tilida taqdim etish rasm bolib ketgani kishini hayratga soladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Dushanbega tashrifi chogida Borbad qasridan olam ahliga qarata: Tojikiston istiqboli bu Ozbekiston taqdiri! Ozbekiston istiqboli bu Tojikiston taqdiri! deb ikki xalq otmishda biri-biriga suyanchiq bolib, mushtarak madaniyat yaratganligi, dunyoda bolak ikki tilda sozlashadigan bir xalqni topish qiyin ekaniga urgu bergan edi. Bu ikki xalq bir ildizdan chiqqanligi haqida ming yil avval Firdavsiy oz Shohnomasida korsatgan. Maro xeshist bo o, ba xun, degan edi.

Shohnomadan saboq olgan, ozbeku tojik bitta elat ekaniga inongan Foniy (Hazrat Navoiy) tojiku ozbek ortasidagi yaqinlikni bir-birini himoyalovchi koz bilan kiprikka oxshatgan.

Nigori turku tojikam, kunad sad xona vayrona,

Ba on chashmoni tojikonayu mijgoni turkona...

Bu bayt falsafasi shundaki, Olloh kiprikni koz qorachigini asrash uchun yaratgan. Shundan kelib chiqqan shoir majoziy obraz orqali ozbek-tojikni nazarda tutgan.

Ota-bobolarimiz maktabu madrasalarda bilimni avval Qurondan boshlab, vaqti kelganda Haftiyak, jangnomaxonlik va bedilxonlik qilishgan. Qiyin davrlarda ular birgalashib zulmatdan ziyo izlashgan.

Buxoroda Amir Abdulahadxon davrida tashkil topgan Shuubiya (xalqona) adabiy harakat azolaridan Ayniy, Fitrat, Sadri Ziyodek allomalar Ahmad Donish yoqqan marifatparvarlik chirogi bilan Yosh buxorolik guruh azolari yolini yoritib, jadidlarni maydonga chorlagan. Natijada Behbudiy, Fitrat, Avloniydek allomalar birlashib, Orta Osiyo xalqini zulmatdan ziyoga chiqarishgan.

Beadad shukrki, mustaqillikning birinchi odimlari man etilgan kitoblarni qayta nashr etish, qoldan ketgan qadriyatlarimizni tiklashdan boshlanib, bu yolda kop ishlar bajarildi. Ammo mumtoz adabiyotdan 70 yil foydalanmaganligimiz savodxonlikka yomon tasir qilgani bois, qadimiy adabiyotda, Navoiy asarlarida ishlatilgan yuzlab sozlar biz uchun notanish bolib qoldi. Arxaistik matnlarni oqib, yangi imloga otkazishimiz qiyinlashdi.

Olimjon Boriyev ona tili – ozbekchani, tojik tilini ham mukammal biladi. Shuning uchun tarjimalarida osha davr nafasi, mumtoz sheriyatdagi nafislik, sher mazmuni butunligicha saqlangan.

Misol uchun, Rodakiyning tarixiy Boyi Joyi Moliyon gazalini olib qarasak, u oziga xos ohangdor, qanchalik sodda va ravon tuyulmasin, chuqur falsafaga ega. Soddagina tuyulgani barobarida murakkab manoni ichiga olgan gazalni boshqa tilga ogirish tarjimonga oson kechmasligi tayin. Bu gazal Olimjon Boriyev tarjimasida goyoki osongina ogirilganday tuyuladi.

Boyi joyi Moliyon kelgay hame,

Yodi yori mehribon kelgay hame.

Regi Omusi dagalliklarida,

Zeri po chun parniyon kelgay hame.

Obi Jayhun qancha ulkan bolmasin,

Otimizga to miyon kelgay hame.

Ey Buxoro shod bolgin, kop yasha,

Mir sendan shodmon kelgay hame.

Mir mohdiru Buxoro osmon,

Moh soyi osmon kelgay hame...

(7-bet)

Bu tarjimada vazn buzilmagan, baytlar mazmuni Rodakiy yozgan qolipda. Tarjimada forsiy shaklida qoldirilgan barcha sozlar allaqachon ozbek sheriyatida oz joyini egallagan, deb bilsak, bu tarjima mumtoz ozbek sheriyati meyorida ekaniga ishonch hosil qilamiz.

Maruf OTAXONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: