O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.05.2019

MEN OLIB-TIRILGANMAN

Urush har bir oila, har bir inson uchun juda yaqin masofada edi. Uning dahshati, zulmati, go‘yoki butun olamni qoplab olgandi. Kimdir urushga otlansa, boshqa birovdan «qora xat» kelardi. Urush yillarining jabrdiyda odamlari uchun quvonch, shodlik tuygulari allaqochon unutilgan, gam, qaygu, judolik, yoqotish va ochlik hayot tarziga aylanib bolgandi. Qolida qurol tutishga qurbi yetgan erkak zoti borki, jang maydonlarida jon olib, jon berar, keksalar va ayollar, bolalar barcha ogir ishlarga jalb etilgan edi.

Oqdaryolik Eshmurod Jorayev 1944 yil Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Apostolovsk tumani hududida jang qilayotgan edi... Fevral oyi, qalin qor, havo sovuq.

U xizmat qilayotgan polk fashistlarning qattiq qarshiligiga duch keladi.

Polk komandiri dushman snayperini yoq qilish uchun Eshmurod Jorayev, Pyotr Sidorov, Ivan Mixaylovga topshiriq beradi. Eshmurodning ikkala quroldoshi dushman oqidan halok boladi. Yolgiz ozi dushman snayperi turgan nuqtani topib, ratsiya orqali xabar beradi. Shundan song yaqin masofada portlagan snaryad oqidan ozi ham yaralanadi, hushini yoqotadi...

Eshmurodning uyiga qora xat keladi. Yaqinlari unga aza ochishadi. Uning nomi qahramonlarcha halok bolganlar royxatiga kiritiladi. Ammo keyin ma’lum bolishicha, u gospitalga olib ketilgan boladi.

Eshmurod Jorayev gospitalda uzoq davolanadi. Koksi tola orden-medallar bilan ona yurti Oqdaryoga qaytib keladi. Oqdaryo tumani miqyosida turli rahbarlik lavozimlarida ishlaydi. El-yurt ortasida hurmat-etibor qozonadi. Oila qurib, farzandlar koradi. Ularni xalq xizmatiga safarbar qiladi. Halol ishlab, halol yashab ozidan yaxshi nom qoldiradi. Qahramon jangchi bir gapni kop takrorlar edi: Men olib-tirilganman!..

Har yili 9 may — Xotira va qadrlash kuni Eshmurod Jorayevning avlodlari ota uyda yigilib, aziz insonlarini yod etishadi. Otalari, bobolari bilan haqli ravishda faxrlanishadi.



DB query error.
Please try later.