O'zb  
 
14.05.2019

GERMANIYA TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQICHLARINI AKS ETTIRGAN KITOB

Inson huquq va erkinligini ta’minlash, demokratik tamoyillarni qaror toptirish har bir davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi, maqsad-muddaosidir. Shu bois, dunyo xaritasidan joy olgan mamlakat borki, oz xalqi huquq va erkinliklari kafolati, tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur omillarga yol ochuvchi qonuniy asoslarni yaratishga intiladi.

Konstitutsiya davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi, fuqarolar huquqlari kafolatlari, davlat va jamiyat munosabatlarini belgilovchi ana shunday Bosh qomusdir.

Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonuni davlatchilik tarixining zamonaviy shakllarini ozida mujassam etgan ana shunday huquqiy asoslardan biridir. Bu yil ushbu mamlakat Asosiy qonuni qabul qilinganining 70 yilligi keng nishonlanmoqda. Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetida bolib otgan tadbir ham ushbu sanaga bagishlandi.

Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etgan tadbirda Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy qonunining ozbek tilida chop etilgan nusxasi taqdimoti otkazildi.

Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov va boshqalar Germaniya Konstitutsiyasi ushbu mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining huquqiy asosi bolib xizmat qilayotganini takidladi. Uning ozbek tiliga tarjima qilingan ilk nusxasi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniyaga tashrifi chogida Bundestag raisi Volfgang Shoyblega taqdim etilgan edi.

Kitob «Akademnashr» nashriyotida ozbek va nemis tillarida chop etilgan. Uning sozboshisida nashr uchun masul muharrir A.Saidovning Germaniya qonunchiligi majmuining batafsil izohi keltiriladi.

Fridrix Ebert nomidagi jamgarma (Germaniya) komagida chop etilgan kitob huquq va siyosatshunoslik yonalishlarida talim olayotgan talabalar, davlat huquqi va konstitutsiyaviy huquq sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar, keng kitobxonlarga moljallangan. Ushbu kitob Ozbekiston — Germaniya hamkorligi ilmiy noshirlik sohasida ham izchil rivojlanib borayotganidan dalolatdir.

Tadbir doirasida Akmal Saidov ozi tahsil olgan Ozbekiston Milliy universitetiga huquq sohasiga oid, xususan, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish yolida amalga oshirilgan ishlar, bu boradagi ilgor xorijiy tajriba haqida malumot beruvchi 300 ta kitobdan iborat turkum asarlarni sovga qildi.

Gayrat XONNAZAROV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.