O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
14.05.2019

URUSH QATNASHCHILARIGA EHTIROM KORSATILDI

Poytaxtimizning Olmazor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida River park soy bo’yi saylgohi tashkil etilganidan xabaringiz bor. U yerda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan madaniy-marifiy tadbir otkazildi. Unda Mudofaa vazirligi, Olmazor tuman hokimligi, tuman prokuraturasi xodimlari va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Dastlab general Sobir Rahimov haykali poyiga gul qoyish marosimi bolib otdi. Shundan song saylgohda bayram konsert dasturi, Milliy gvardiya kursantlarining harbiy chiqishlari namoyish etildi. Tumandagi 13 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga ehtirom korsatildi. Ular yigilganlarga urush xotiralaridan sozlab berdi.

Bugungi tadbirga bolalarim bilan keldim, dedi Olmazor tumani «Mustaqillik» mahallasida istiqomat qilayotgan Zebiniso Ibragimova. Oldinlari kanal atrofi nihoyatda qarovsiz holatda edi. Qisqa fursatda shunchalik korkam goshaga aylanadi, deb oylamagandim. Kanal atrofi panjara bilan oralgani ham ayni muddao bolibdi. Endi farzandlarimiz bilan bexavotir sayrga chiqa olamiz.

Bog 2 kilometrdan ortiq masofani qamrab olgan, deydi Olmazor tuman hokimi orinbosari Tolqin Teshayev. Korib turganingizdek, turli davlatlardagi tarixiy yodgorliklarning kichraytirilgan maketlari barpo etilgan. Saylgoh suv boyida tashkil qilingani ham ayni muddao boldi. Yozning jazirama kunlarida tumanimiz aholisi bu yerga kelib, bemalol dam olishi uchun qulay sharoit yaratildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: