O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
14.05.2019

XOTIN QIZLARNING IXTIRO VA INNOVATSION GOYALARI

taraqqiyotga xizmat qiladi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qomitasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizda «INNOWOMENWEEK» innovatsiya haftaligi boshlandi. Mazkur tadbirdan kozlangan maqsad mamlakatimiz xotin-qizlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion goyalar, loyiha va ishlanmalarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik va ixtirochilik yonalishiga keng jalb etish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar faoliyatiga yangicha yondashuvni joriy qilishdir.

Haftalik doirasida Toshkent davlat agrar universitetida xotin-qizlar tomonidan agrar sohada amalga oshirilayotgan loyihalar boyicha olingan natijalar tahlil qilinadi, qishloq xojalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rivojlantirish, ularni eksportga yonaltirish hamda sohaga investitsiyalar jalb qilish masalalari muhokama qilinadi, Inha universitetida esa muhandis hamda dasturchi xotin-qizlar salmogi va ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni sanoat va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga keng jalb etish masalalari muhokama qilinadi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida xotin-qizlarning tibbiyot va farmatsevtika sohalarida erishayotgan yutuqlari tahlil etiladi, ularning sohadagi yangiliklar, innovatsion texnika va texnologiyalardan xabardorligini oshirish boyicha mahorat saboqlari tashkil etiladi. Shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi yutuqlar, ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar va texnika-texnologiyalar korgazmasi ham tashkil qilinadi. Forum doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning yangi mahsulotlari va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining taqdimotlari ham otkaziladi.

Haftalik natijalariga kora, iqtidorli xotin-qizlar xorijiy mamlakatlarning oliy oquv yurtlari, innovatsiya markazlari va sanoat korxonalariga malaka oshirishga yuboriladi. Ularning xalqaro anjumanlar, seminarlar, yarmarkalar va korgazmalarda ishtirok etishi boyicha maqsadli ishlar amalga oshiriladi. Innovatsion mahsulotlar, texnika, texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish va ishlab chiqarish korxonalari ochish boyicha maslahat va tavsiyalar beriladi. Shu bilan birga, yil davomida malaka oshirish kurslari, kasb-hunarga yonaltirilgan kurslar va mahorat darslari tashkil etib boriladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: