O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
08.04.2019

XALQ SALOMATLIGIGA PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING ALOHIDA ETIBORI ETIROFGA SAZOVOR

JILL FARINGTON, BUTUNJAHON SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTINING YEVROPA HUDUDIY IDORASI YETAKCHI RAHBARI:

«XALQ SALOMATLIGIGA PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING ALOHIDA E’TIBORI ETIROFGA SAZOVOR»

...Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2019 yil 11 yanvar kuni bolib otgan navbatdan tashqari sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan soglom turmush tarzini keng targib qilish, togri ovqatlanish tamoyillarini hayotga tatbiq etish, yuqumli bolmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf-xatarlarni erta aniqlash borasida Samarqand davlat meditsina instituti professor-oqituvchilari zimmasiga bir qator dolzarb vazifalar yuklatilgan edi...

Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar hamda Yuqumli bolmagan kasalliklarning profilaktikasini, soglom turmush tarzini qollab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qaror ijrosini taminlash maqsadida Samarqand davlat meditsina instituti rektori, professor Azamat Shamsiyev tashabbusi bilan Butunjahon sogliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda yuqumli bolmagan kasalliklar profilaktikasi va diagnostikasi, soglom turmush tarzi va togri ovqatlanish mavzulariga bagishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi.

Anjumanni Samarqand viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati azosi Erkinjon Turdimov ochdi va konfrensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Butunjahon sogliqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy idorasi, yuqumli bolmagan kasalliklarning oldini olish, nazorat qilish va qarshi kurashish dasturi yetakchi rahbari Jill Farington, mazkur tashkilotning Ozbekistondagi bosh vakili Liann Kuppens, hamda tashkilotning Ozbekistondagi milliy vakili Yelena Soy, Rossiya koloproktologiya oquv markazi direktori, Rossiya fanlar akademiyasi muxbir azosi Yuriy Sheligin, Moskva davlat meditsina stomatologiya universiteti professori Elvira Zimina, Moskvadagi Vishnevskiy nomidagi xirurgiya markazi katta ilmiy xodimi Madina Qodirova hamda SamMI professor-oqituvchilarining maruzalari tinglandi.

Jill FARINGTON, Butunjahon sogliqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy idorasi yetakchi rahbari:

— Xalq salomatligiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning alohida etibori etirofga sazovor. Ozbekistonda davlat tomonidan davolash profilaktika muassasalarining jahondagi eng rivojlangan mamlakatlarning nufuzli kompaniyalarida ishlab chiqarilayotgan eng songgi rusumdagi yangi zamonaviy, samarali tashxis va davolash uskunalari bilan taminlanayotganligi, bir qator xalqaro ekspertlar tomonidan ham etirof etilmoqda. Mazkur omillar xalqingiz salomatligini mustahkamlash, jamiyatda soglom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bolmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining jismoniy faollik darajasini oshirish, odamlarning barvaqt olim hamda kasallanishini kamaytirish borasida muhim orin tutadi. Ozbekistonda aholi salomatligi yolida songgi yillarda olib borilayotgan keng kolamdagi amaliy ishlar alohida tahsinga sazovor. Yurtingizda meditsina sohasidagi islohotlar natijasida aholining ortacha umr korish korsatkichi yanada oshganligi kuzatilmoqda.

Samarqand davlat meditsina instituti tomonidan tashkil etilgan konferensiya muhim masalalarga bagishlangani bilan alohida ahamiyatga ega. Anjumanni yuqori darajada otkazilishida institut professor-oqituvchilarining xizmatlari katta ekanligini alohida takidlash joiz deb oylayman. Meni hayratlantirgani mazkur institutda oquv jarayoni mustaqil hamdostlik mamlakatlari ichida birinchilardan bolib talimning ilgor usuli kredit-modul tizimi asosida olib borilayotgani boldi.

Biz keyingi faoliyatimizda ham Samarqand davlat meditsina instituti bilan hamkorlikda ish olib boramiz. Bu haqda rektor Azamat Shamsiyev bilan kelishib oldik.

Yuriy SHELIGIN, Rossiya koloproktologiya oquv markazi direktori, Rossiya fanlar akademiyasi muxbir azosi:

Markaziy Osiyoda birinchi bolib tashkil etilgan Samarqand davlat meditsina instituti professor-oqituvchilarining jahon, shu jumladan uning ajralmas bir qismi hisoblangan Ozbekiston tibbiyoti tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berayotganligidan yaxshi xabardormiz va mazkur nufuzli institut bilan tashhis va davolash hamda ilmiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yaqin hamkorlik ornatganmiz. Samarqand davlat meditsina institutining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xalqaro ilmiy amaliy konferensiya sogliqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri yuqumli bolmagan kasalliklar profilaktikasi va diagnostikasi, soglom turmush tarzi va togri ovqatlanish mavzulariga bagishlanganligi bilan ahamiyatlidir.

Yelena SOY, Butunjahon sogliqni saqlash tashkilotining Ozbekistondagi milliy vakili:

Mazkur nufuzli ilmiy-amaliy anjuman Samarqand davlat meditsina institutida otkazilayotgani bejiz emas. Sababi mazkur dargoh professor-oqituvchilarining jamiyatda soglom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish, togri ovqatlanish, yuqumli bolmagan kasalliklar profilaktikasi va diagnostikasi, talim jarayonlarida noananaviy usullardan foydalanish, talim samaradorligini oshirish, dars jarayonlarida yangi samarali innovatsion usullarni qollash, nazariya va amaliyot uygunligini taminlash,yangi zamonaviy tashhis va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, davolash profilaktika muassasalariga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi say-harakatlari muhim ahamiyati kasb etadi.

Madina QODIROVA, Moskvadagi A.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya markazi katta ilmiy xodimi:

Anjuman mavzusining dolzarbligi, shuningdek, koplab xorijlik ekspertlar taklif etilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Bugun mazkur muammolar butun dunyoni oylantirayotgani ayni haqiqatdir. Samarqand davlat meditsina instituti tomonidan Butunjahon sogliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda mazkur ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etilishi kopchilikka ibratdir. Institut professor-oqituvchilarining Samarqand viloyatining uzoq va chekka tumanlarida aholi ortasida soglom turmush tarzini shakllantirish va soglom ovqatlanish borasida olib borayotgan ishlari diqqatga molikdir. Xalq salomatligini mustahkamlashga qaratilayotgan bunday etibor va yondashuv albatta fuqarolarning ortacha umr korish darajasini yanada oshirish imkonini beradi.

Farrux HAMROYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: