O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
08.04.2019

Baxshi sozi, ustod, marifatchi degan manoni anglatishi haqida Hodi Zarifov yozgan edi. Alisher Navoiyning Munshaot asarida Bir sabohdin tush vaqtigacha va peshindin oqshomgacha ancha ish qilurlarkim, necha devon, necha navisanda baxshi va necha par

Toshkent Pediatriya instituti litseyida litseyning sobiq medalistlari va kimyo fanining fidoyilari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining taniqli akademiklari Baxtiyor Ibrohimov, Abdulahad Jalilov, Mirziyod Mirsaidov, Hojimurod Kimsanboyev va Bakir Zaripovlar bilan uchrashuv bolib otdi. Unda litseyning professor-oqituvchilari, jahon fan olimpiadalari goliblari va faol oquvchilari ishtirok etishdi.

Litsey direktori Ortiqboy Eshonqulov uchrashuvni kirish sozi bilan ocharkan, bugungi murakkab tahlikali zamonda yoshlarimizda ilm-fanga qiziqishni oshirish, ularni yot goyalardan asrash, vatanparvar, mard va jasur, ma’rifatli avlod etib tarbiyalashda bunday tadbirlar muhim ahamiyatga egaligi haqida toxtaldi.

Oz navbatida esa akademiklar litseyda talim olayotgan oquvchilar kelgusida yetuk olim yoki yetuk mutaxassis bolishi uchun nima qilish kerakligi haqida oz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Uchrashuv oquvchilar bilan ozaro muloqot ruhida otganligi bois ularni qiziqtirgan qator savollariga javob berildi.

— 2008 yildan buyon akademik litseyimizning 49 nafar oquvchisi kimyo fani boyicha Xalqaro va Jahon fan olimpiadalarida 6 oltin, 12 kumush va 31 ta bronza medalni qolga kiritgan, deydi litsey direktori Ortiqboy Eshonqulov. Dastlab akademik litseyda oquvchilar ortasida ichki olimpiada otkazamiz. Mazkur bilimlar bahsida biz oldingi xalqaro va jahon fan olimpiadalarida foydalanilgan masala va misollarni oquvchilarga havola etamiz. Guruh va bosqichlar ortasida bolib otadigan bu bellashuvda har bir oquvchining masala va misollarni qanday yechganiga qarab yosh olimpiadachilar guruhini shakllantiramiz. Mazkur maxsus guruh bilan mashgulotni tajribali oqituvchilarimiz hamda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oquv yurtlarining professor-oqituvchilari olib borishadi. Bundan tashqari, biz Moskva davlat universitetining kimyo fakulteti bilan ham ozaro hamkorlikni yolga qoyganmiz. Kimyo fanining tegishli yonalishlari boyicha ushbu oliy oquv yurtidan tajribali professor-oqituvchilar tashrif buyurib, saralangan guruhda dars otadi. Bunday maqsadli sayi-harakatlar esa amalda ozining kutilgan natijasini berib kelmoqda.

Songgi on yilda kimyo fani boyicha jahon olimpiadalarida respublikamizning barcha litsey va maktablari jami 5 ta medal olgan bolsa, bu litsey oquvchilari 12 ta medal sohibi bolgan, deydi Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Mirziyod Mirsaidov. Bularning 2 tasi oltin, 2 tasi kumush va 8 tasi bronza medallardir. Shuningdek, oxirgi on yilda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida qatnashib, respublikamiz oquvchilari olgan 70 medalning 43 tasini shu litsey oquvchilari qolga kiritgan. Bundan tashqari, otgan yil ushbu litsey uchun omadli keldi, deyish mumkin. Chunki, Singapurda otkazilgan jahon olimpiadasida 1 oltin, 1 kumush va 4 ta bronza medalini, shuningdek, Slovakiya va Chexiyada otkazilgan olimpiadalarda 2 bronza, Minsk shahrida otkazilgan Mendeleyev olimpiadasida 1 kumush hamda 3 bronza medalini qolga kiritishdi. Yaqin kunlarda mazkur akademik litseyning yosh kimyogar oquvchilari navbatdagi xalqaro va jahon fan olimpiadalarida ishtirok etishadi. Ular bu olimpiadalarda ham munosib qatnashishlariga shubha yoq.

Shuningdek, tadbirda akademiklar Fanlar akademiyasi laboratoriyalarida amaliy mashgulotlar otkazish uchun oquvchilarga yollanma topshirish hamda kelajakda akademik litsey oquvchilari uchun zamonaviy kimyo va biologiya laboratoriyalarini jihozlash 2019 yil yol xaritalariga kiritilgani haqida ham malumotlar berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: