O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.04.2019

IBROYIM YUSUPOV IJOD MAKTABI ISTEDODLAR MAKONI

Nukus shahrining temir yo‘l vokzali tomonidan kelayotib, ajoyib bir binoga kozing tushadi. Bu — Ibroyim Yusupov nomidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosidir.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 21-yanvar kuni ozining Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrifi chogida Nukus shahrida Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etishni belgilab bergan edi. Qisqa vaqt ichida uch qavatli zamonaviy maktab barpo etildi. Uning hovlisida Ibroyim Yusupovning salovatli haykali ornatildi.

Bugungi kunda bu dargohda 276 nafar oquvchi tahsil olmoqda. 100 oringa moljallangan yotoqxona, 50 orinli oshxona va 100 oringa moljallangan faollar zali, kutubxona oquvchilarga xizmat korsatmoqda. Maktab-internati qoshida tarjima markazi, kichik bosmaxona va sport zali, ingliz tilini organish xonalar, fizika, kimyo laboratoriyasi, tasviriy san’at, informatika, texnologiya xonalari va 10 ta oquv xonasi mavjud.

Oquvchilarimizning barchasi iqtidorli. Ular oqib, organishlari, ijod qilishlari uchun zarur sharoit yaratilgan, deydi maktab-internat direktori Farxad Palmov. Maktab-internatda «Oq yol, yosh qalamkash», Yosh adabiyotshunoslar, Yosh ijodkor, Yosh tarjimonlar, Publitsistik asar sirlari, Notiqlik sanati, Biz-Ayoziy izdoshlari (Ayoziy - I.Yusupovning taxallusi) kabi togaraklar faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, oquvchilar turli tanlovlarda qatnashib sovrinli orinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, 11-sinf oquvchisi Ayjamal Kalbayeva 2018-yil fevral oyida Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bagishlangan insholar tanlovida qatnashib, Islom Karimov nomidagi xayriya fondining Oltin medali va tashakkurnomasi bilan mukofotlandi. Shuningdek, 2018-yil 26-aprelda respublika Rus milliy madaniy markazi tomonidan otkazilgan Znayesh li t istoriyu Rossii? insholar tanlovida goliblikni qolga kiritib, Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahriga sayohatga yollanma bilan taqdirlandi.

10-sinf oquvchisi Gulparshn Joldasbayeva 2018-yil iyul oyida Yaponiya davlatining Tokio va Nagoya shaharlarida bolib otgan Sakura Sience Exchange program in Japan nomli konferensiyada qatnashib, sertifikat bilan taqdirlandi. Abdirashid Smaylov esa otgan yili bahorda Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogiston Respublikasi Kengashi tomonidan otkazilgan Ayoziy izdoshlari tanlovining Respublika bosqichida fahrli birinchi orinni egalladi.

9-sinf oquvchisi Biybijamal Reymbayevaning Bagmdag qus nomli va 6-sinf oquvchisi Muxaddas Kobeysinovaning Men bahorni sogindim nomli kitoblari nashrdan chiqdi.

Qoraqalpogiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tashkilotchiligida shoirning saylanma asarlarining uch jildi Bilim nashriyotida chop etilgan.

Ibroyim Yusupovning sherlari shunchalik xalqchilki, hatto ulardan maqollar keltirib gapirishga organganmiz. Shoirning 1962 yilda yozilgan Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting sheri qoshiq qilinib, konsert dasturlarida ijro etilib kelinmoqda. Bu sherni Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, shoir Rustam Musurmon ozbek tiliga ogirgan.

ToshDU desam darhol tushadi esga,

Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting…

Togri samolyotdan tushdim-da keshda

Yotoqxonangizning eshigin qoqdim.

Nukusdaligingda sen meni kunda,

Hatto soat sayin soginar eding.

Ushbu damda meni korib Toshkentda,

Zorga miyiq tortib: Senmisan? deding.

Gulshanda ochilgan bir atirgulday

Chiroyinga chiroy qoshgan ekansen.

Quvonchimni qanday aytishim bilmay,

Yutinib, termulib qarayverdim men

Qoltiqlashib ketdik katta yol boylab,

Jim borayotirmiz. Kulib qoyasan.

Jonim, ayt, xayolga tolding ne oylab?

Ertang uchrashamiz qayerda, qachon?

Erta qolim tegmas Imtihonim bor

Deding menga ayyor suzib kozingni.

Navoiy teatri xalq bilan qaynar,

Odamlar ichiga urding ozingni.

Zar koylak nur sochib yonar ustingda,

Nogahon: Kechirgin, tobim yoq deding.

Song marmar zinadan tezda tushding-da,

Ketding Men sen uchun begona edim.

Songi Kazbekimni olib tutatib,

Uzoq tentiradim Anhor boyinda.

Majnuntol shoxlari suvlarga botib,

Sening sochlaringni solar oyimga.

ToshDU desam, mudom tushadi esga,

Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting.

Senga endi qaytib xalal bermasga

Bel boglab, jonimni otlarga yoqdim.

Maktab-internatimizga respublikaning barcha tumanlaridan, chekka qishloq maktablaridan ijodkor osmir yoshlar tanlov asosida oqishga qabul qilinadi. Ularga oliy va birinchi toifali oqituvchilar jamoasi yangi pedtexnologiya va innovatsion uslublarida talim-tarbiya berib kelmoqda, deydi maktab-internatning manaviy-marifiy ishlari boyicha direktor orinbosari Mambetmurod Reymov. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 15-16-dekabr kunlari Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrifi chogida maktab-internatimizda boldi, oquvchilar bilan suhbatlashdi. Ibroyim Yusupovning ijodiga bagishlab, tashkil etilgan eksponatlar bilan tanishdi. Ibroyim Yusupovning qoraqalpoq va ozbek adabiyotida tutgan orni, turkiy adabiyotga qoshgan ulkan hissasi haqida toxtalib otdi. Davlatimiz rahbari oz sozida mamlakatimizda ilm, fan va talim sohasida olib borilayotgan islohotlar, kelajagimiz bolgan yoshlarga yaratilib berilayotgan sharoitlar togrisida sozlarkan, kitobxonlikka juda katta etibor qaratish zarurligini qayta-qayta uqtirdi. Prezidentimiz maktab-internatga IZUSU markali avtobus sovga qildi.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz ijod maktabi oquvchilarining har 10 nafarini hududdagi taniqli shoir va yozuvchilarga biriktirish taklifini berdi. Bu taklif hozirgi vaqtda Qoraqalpogiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Uyushma va maktab-internet hamkorligida tez-tez ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar va yangi kitoblar taqdimotlari otkazib kelinmoqda.

Jayhun boylarida osgan boyterak,

Ildizi bir, shoxi ming bolur demak,

Sen shunday soyali, quyoshli elsan,

Tinchlik va iqbol sendagi tilak.

Ibroyim Yusupovning ushbu satrlarini oqiganda xayolga bir fikr keladi: shoirning ozi qoraqalpoq adabiyotining boyteragi edi. Bugun qoliga qalam olib, Ibroyim oganing yolidan borishni niyat etgan istedodli yoshlar uning minglab shoxlariga oxshaydi...

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: