O'zb  
 
02.04.2019

2022 YILDA OZBEKISTON AHOLISINI ROYXATGA OLISH TADBIRI OTKAZILADI

Milliy matbuot markazida Davlat statistika qo‘mitasi «Respublikamizda aholini royxatga olish tartibi va uni otkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar» mavzuida matbuot anjumani otkazdi.

Tadbirda respublikamiz hududida aholini royxatga olish dastlab 1897 yilda otkazilgan bolib, ushbu royxat ma’lumotlari XIX asr oxirida Ozbekistondagi oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugilish, olim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergani takidlandi. Shuningdek, ushbu dastlabki aholini royxatga olish tadbirida respublikamizda 3,5 milliondan ortiq aholi qayd etilgani hamda keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda ham aholini royxatga olish ishlari tashkil etilgani togrisida malumotlar berildi.

— 2022 yilda Ozbekiston aholisini royxatga olish tadbiri otkaziladi, deydi Davlat statistika qomitasi raisi orinbosari Mahmudjon Ziyadullayev. Oxirgi marta aholini royxatga olish tadbiri 1989 yilda otkazilgan bolib, 19,9 million aholi royxatga olingan. Mustaqillik yillarida aholini demografik royxatga olish tadbiri amalga oshirilmagan. Hozirda aholini royxatga olishning huquqiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Royxatga olish ishlari 3 bosqichdan iborat bolib, ayni vaqtda unga tayyorgarlik korilmoqda. Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, aholini royxatga olish jahon standartlari asosida otkaziladi. Shuningdek, royxatga olish tadbirlarida aholining demografik korsatkichlari, millati, yoshi, salomatligi, lavozimi, qaysi transportdan foydalanishi kabi belgilari ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, aholini royxatga olish tadbirini amalga oshirishda ishtirok etganlarga qaysi tashkilot yoki idorada ishlamasin, ularning maoshlariga qoshimcha tolovlar ajratiladi.

Aholini royxatga olishni otkazish tadbiri nimaga kerak degan, savol tugilishi tabiiy, deydi Davlat statistika qomitasining Demografik korsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bolimi boshligi Sherzod Dusnayev. Bunga javoban shuni aytish mumkinki, malum bir sanada aholining aniq soni, yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, barcha aholi punktlari boyicha soni, oilaviy ahvoli, malumot darajasi, uy-joy bilan taminlanganlik ahvoli, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, bandligi (kasb va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi boyicha batafsil malumotlar shakllantiriladi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga makroiqtisodiy korsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat va istemol mahsulotlari hajmi, aholiga korsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xojalik mahsulotlari) ishlatiladi.

Yana shuni aytish mumkinki, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam korsatish boyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi. Aholi migratsiyasi togrisidagi malumotlar ham shakllantiriladi. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish korsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishga xizmat qiladi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi. Qolaversa, urbanizatsiya jarayonlariga aniqlik kiritiladi.

Tadbirda ayni damdagi aholi royxati xato bolib chiqishi ehtimoli borligi, yani Ozbekiston aholisi 33 milliondan kop yoki kam bolishi mumkinligi hamda BMT tavsiyasiga kora, aholini royxatga olish tartibi har 10 yilda otkazilishi lozimligi togrisida ham malumotlar berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.