O'zb  
 
02.04.2019

ISHBILARMONLIK MAKTABDAN BOSHLANADI

Bolalar nimalarni orzu qilishmaydi, deysiz?! Yaxshi niyat esa albatta ezgulikka yetaklaydi. Ilk niyatlar, ilk qadamlar, barcha orzu-havaslar maktabdan boshlanadi. Buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishning poydevori ham shu yerda shakllanadi.

— Yaqin kelajakda yurtimiz «Ishbilarmon Ozbekiston» nomini olgudek bolsa, uning zamirida ham yoshlarimizning orzu-havaslari royobi mujassam boladi, deydi Toshkentdagi 201-maktab direktori Saodat Mirzakarimova. Biz ta’lim muassasalarida ilgari umuman qollanilmagan loyiha ustida ish boshladik va uni Ishbilarmonlik maktabdan boshlanadi deb atadik. Goyamiz Chilonzor tumani xalq talimi bolimi tomonidan maqullandi. Har bir sinfda otkazilgan tadbir kuchlilarni saralab olishimizga imkon berdi. Ota-onalar, mahalla faollari taklif qilindi. Tanlov tort yonalish, yani Ozim chizdim, Ozim yasadim, Ozim yozdim va Dasturxon tuzash sanati boyicha tashkil etildi.

Azimjon Ahmedov, 6-sinf oquvchisi:

Korik-tanlovda men yasagan bezakli qutichalar yuqori baholanib, golib boldim. Yogochsozlik hunariga qiziqaman. Kelajakda sharq miniatyuralari bilan bezatilgan milliy mebellar korxonasi ochishni orzu qilaman.

Munira Ziyovuddinova, 8-sinf oquvchisi:

Suv-boyoqda men chizgan Yurtimda bahor manzarasi kopchilikda yaxshi taassurot qoldirdi. Atoqli rassom Orol Tansiqboyevning asarlari menga juda yoqadi. Unga oxshab mashhur rassom bolmoqchiman.

Mohira Gofurova, 8-sinf oquvchisi:

Assalom Navroz inshosini tarix va milliy qadriyatlarga boglab yozgandim, birinchi oringa loyiq korilganidan xursandman. Orzuim kelajakda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olish.

Bolalar dasturxon tuzashni ham orniga qoyishdi. Kattalarga xos mehmonnavozlik korsatishdi. Ular ozlari tayyorlagan pishiriqlar, qandolat mahsulotlari, Navroz nematlaridan kok somsayu chuchvara, qatlama, varaqi va sumalaklarni dasturxonga tortishdi. Tadbirda oquvchilar tomonidan tayyorlangan ijod mahsullari sotuvga qoyildi. Qariyb tort yuz ming somlik yigilgan mablag hisobiga maktab kutubxonasi yangi kitoblar bilan boyitildi. Eng muhimi, hammada yaxshi taassurot qoldirgan bunday tadbir yana davom etadigan boldi.

Shahlo HAKIMOVA



DB query error.
Please try later.