O'zb  
 
02.04.2019

ELCHIXONA MAHALLADA NAVROZ OTKAZDI

Navro‘z Turkiyada qoshnilar bilan ziyofat tarzida nishonlanadi. Turk urf-odatlariga kora, Navroz bayrami arafasida odamlarni yaxshi niyat va baxt, salomatlik va uzoq umr, ish boshlashda barokat timsoli bolgan narsalar orab turishi kerak. Turklar uchun qadimdan bunday xosiyatli narsalar: ostirilgan arpa doni yoki pita-nonlar va tangalar hisoblangan.

Turkiyada Navroz bayrami kunlari folklor kollektivlar chiqishlari tashkillashtiriladi. Shu kuni hamma bir-birinikiga mehmonga borib, bayramni qoshnilar va dostlar bilan birgalikda qarshi oladilar. Kun yarmida «haq yuleshtirir» urf-odati amalga oshiriladi. Marosim vaqtida ayollar barchaga yongoq ulashadilar va tadbir davomida duo oqiydilar. Kechga yaqin qoshnilar va qarindoshlar toplanishib, birgalikda ovqatlanadilar. Bu tonggacha davom etadi. Bayram kuni hamma yuzda tabassum bilan yuradi va barcha dilxiraliklar kechiriladi.

TIKA (Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi)ning Toshkentdagi vakolotxonasi joylashgan Yunus Rajabiy mahallasida ham Navroz bayrami otkazildi. Unda Turkiya jumhuriyatining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayya Er va rafiqasi Pinar Er xonim hamda elchixonaning boshqa xodimlari, turkiyalik tadbirkorlar, TIKA rahbari Ali Ehsan Chaglar, Ozbekiston tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi departamenti xodimlari, mahalla oqsoqollari ishtirok etdi.

TIKA tashkiloti Yunus Rajabiy mahalla fuqarolar yigini bilan birgalikda bayram dasturxonini yozishdi, sumalak, kok somsa pishirildi, osh damlandi. San’atkorlarimiz bilan birgalikda Turkiyaning boshlangich maktab oquvchilarining musiqa va raqs tomoshalari bolib otdi.



DB query error.
Please try later.