O'zb  
 
02.04.2019

ZIYORAT TURIZMI NATIJASIDA PUL AYLANMASI 2026 YILGA KELIB, 300 MILLIARD AQSH DOLLARINI TASHKIL ETADI

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida yurtimizda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi, shuningdek, mazkur sohaning yana bir yonalishi bolgan ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

— Xalqaro tadqiqotlarga muvofiq, dunyoda ziyorat-turizmi yonalishi boyicha sayohat qiluvchi turistlar soni yil sayin oshib bormoqda, deydi Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasining ziyorat va arxeologik turizmni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi Saidkomil Xolxojayev. Jumladan, 2017 yilda dunyo boylab sayohat qilgan musulmon turistlar soni 131 million kishini tashkil etgan. Ulardan tushgan daromad esa 142 milliard AQSh dollariga teng bolgan. Bu esa oz navbatida turizmning ushbu turi jahon sayyohlik sanoatidagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri sanaladi. 2020 yilga kelib dunyodagi musulmon-turistlar soni 160 million kishiga yetishi kutilmoqda. Mazkur turizm turining pul aylanmasi esa 2026 yilga kelib 300 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning kopgina mamlakatlari, yani ananaviy musulmon bolmagan davlatlar Ispaniyadan tortib Yaponiyagacha mavjud istiqbollarni hisobga olgan holda mazkur yonalishga faol tarzda sarmoya kiritmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi musulmon qadamjolariga ziyoratni amalga oshirish uchun sayyohlarni faol ragbatlantirish maqsadida 2018 yil fevraldan boshlab Indoneziya, Malayziya va Turkiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Shuningdek, joriy yilning 5 yanvaridan Ozbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-manaviy merosi hamda ananalarini organish maqsadida tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga 2 oygacha bolgan muddat bilan beriluvchi ziyorat vizasi («Pilgrim visa») joriy etildi. 2019 yil 20 martdan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun ham Ozbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun muddat bilan vizasiz rejim joriy qilindi. Hukumat tomonidan Eron, JAR va Gonkong fuqarolarining Ozbekistonga tashrifi uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirishga ruxsat etildi.

Bundan tashqari, 2018 yildan boshlab mamlakatning umumiy ovqatlanish shoxobchalari va restoranlarida halol standartini amaliyotga joriy etish boyicha ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, otgan yil fevral oyidan boshlab ISO 22000 va Halol oziq-ovqat mahsulotlari boyicha umumiy qollanma Oz DSt 3286:2018 davlat standarti rasman joriy etildi. Xalqaro aeroport va temiryol vokzallari, shuningdek, mamlakatdagi mehmonxonalarda tahorat va ibodatlarni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Bundan tashqari, otgan yilda qomita tegishli davlat idoralari Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari boyicha qomita, Islom sivilizatsiyasi markazi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda Ozbekistonning ziyorat-turizmi boyicha salohiyatini targib qilishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, bunday chora-tadbirlar Malayziya, Indoneziya, Singapur, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, BAA va boshqa davlatlarda otkazildi.

Ziyorat-turizmini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, turistik infratuzilmani rivojlantirishda togridan-togri investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat sayyohlik imkoniyatlari va salohiyatini targib etish, shuningdek, Ozbekistonni islom dunyosida ziyorat-turizmi boyicha yirik markazlardan biri sifatida xalqaro etirof etish maqsadida joriy yil 21-23 fevral kunlari Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Ziyorat turizmi boyicha birinchi Xalqaro forumi bolib otdi.

Forum Islom hamkorligi tashkiloti (OIC) qoshidagi Talim, fan va madaniyat masalalari boyicha islom tashkiloti (ISESCO) va BMT qoshidagi Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) tashabbusi ostida otkazildi.

Forumda 34 davlatdan 120 dan ortiq xorijlik mehmonlar ishtirok etishdi, ular orasida islom dunyosidagi nufuzli xalqaro tashkilotllar, idoralar, din ulamolari, oliy oquv yurtlari, sayyohlik mamuriyatlari, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi boyicha turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar hamda turoperatorlar ishtirok etdi.

Forumda Perlis shtati (Malayziya) muftiysi Moxd Asri bin Zaynul Abiddinga Malayziyada Ozbekiston ziyorat-turizmini targib qilish boyicha Elchi diplomini topshirish marosimi otkazildi. Otkazilgan tadbirning natijalariga kora, ishtirokchilar Ozbekistonni ziyorat-turizmining markazlaridan biri sifatida etirof etish togrisidagi Buxoro deklaratsiyasini bir ovozdan qollab-quvvatlab qabul qilishdi.

Shuningdek, matbuot anjumanida qomita tomonidan jurnalistlarga Ziyorat turizmi gidlar klubini tashkil etish, ziyorat turizmining rivoji yolida Singapurning Srescent Rating kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar borasida ham malumotlar berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.