O'zb  
 
02.04.2019

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI AHOLI XIZMATIDA

Odamlarning mushkulini oson qilish, hayot sifatini yaxshilash, turli ovoragarchiliklarning oldini olishdek ezgu maqsadlarni ko‘zlab yolga qoyilgan yangi tizim oz samaralarini bermoqda. Buni Qashqadaryo viloyati misolida ham korish mumkin.

Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi. Ana shu mezon asosida aholiga va yuridik shaxslarga xizmat korsatilib, odamlarning mushkuli oson qilinmoqda. Qarshi tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning shu davrigacha 11 ming 138 ta davlat xizmati korsatildi. Jumladan, 1 ming 426 nafar fuqaro jamgarib boriladigan pensiya ta’minoti tizimida hisobga olindi. 500 dan ortiq tadbirkorlik subekti davlat royxatidan otkazildi. 200 nafar fuqaroga farzandini maktabgacha talim muassasasiga joylashtirish uchun yollanma berildi. Xatlov jarayonida aniqlangan muammolar joyida hal etilayotir.

Tumanning Kerayit mahallasida istiqomat qiluvchi Rajab momo Rahmatova 91 bahorni qarshi olgan. Ammo shu paytgacha uning tugilganlik haqidagi guvohnomasi va fuqarolik pasporti bolmagan. Xojalik daftari asosida rasmiy nikohdan otgan, nikoh qogozi bilan farzandlariga guvohnoma olgan va pensiyaga chiqqan. Yaqinda momoga tuman Davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bolimi tomonidan guvohnoma hamda fuqarolik pasporti topshirildi.

– Bugun xursandchiligimning oxiri yoq, deydi Rajab momo. Shu yurtda yashasam-da, ozimni keraksizdek his qilardim. Umidimni ham uzgandim. Haqiqat bor ekan, nihoyat 91 yoshimda guvohnoma va pasportimni qolga oldim. Biz keksalar holidan xabar olib, mushkulimizni oson qilayotganlarni duo qilaman. Doim yollari yorug bolsin.

Rajab Rahmatovaga hujjatlar topshirilishi katta bayramga aylandi. Mahalla faollari, farzandlar, nevarayu chevaralar jam bolib, qayta tugilgan onaxonni qutladi.

Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda shahar va tumanlar markazlari tomonidan 80 dan ortiq turdagi xizmatlar korsatilmoqda. Bundan tashqari, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tez-tez targibot tadbirlari otkazilmoqda. Xususan, yaqinda boshqarma xodimlari Qamashi tumanidagi Mehribonlik uyida bolib, katta hayot ostonasida turgan tarbiyalanuvchilarga mamlakatimizda boquvchisini yoqotganlarning ijtimoiy himoyasini taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularga taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida keng tushuncha berdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga Davlat xizmatlari agentligi tomonidan korsatiladigan xizmatlar turi haqida hikoya qiluvchi bukletlar tarqatildi. Mehribonlik uyi kutubxonasiga va tarbiyalanuvchilarga kitoblar sovga qilindi.

Davlat xizmatlari agentligi markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan xayriya va saxovat tadbirlari qanchadan-qancha kongli oksik kishilarning hayotiga mazmun olib kirmoqda. Xususan, Guzor tumanidagi "Boston" mahalla fuqarolar yigini Yangi hayot qishlogida istiqomat qiluvchi Hurmat Muhammadiyevaga zamonaviy tikuv mashinasi sovga qilindi.

— Bu etibordan konglim togdek kotarildi, deydi Hurmat Muhammadiyeva. Qolimdan tikuvchilik keladi, lekin imkoniyatim yoq edi. Tumanimizda zavod-fabrikalar kop. Endi buyurtma asosida zavod ishchilariga maxsus kiyimlar tikib beraman. Bundan oila azolarim ham juda xursand.

Hurmat aya bilan birga yashaydigan 6 yoshli nabirasi Sanjarbekka kiyim-kechaklar sovga qilindi va shu kunning ozida u tumandagi 8-maktabgacha talim muassasasiga joylashtirildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yolga qoyilgan ushbu yangi tizim ijobiy samaralari bilan odamlarni mamnun qilmoqda.

O.BAROTOV,

OzA muxbiri



DB query error.
Please try later.