O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.04.2019

MIRISHKOR KENGLIKLARIDAGI QOSHIQ ORZU-HAVASLAR, KURASHLAR VA OBODLIK HAQIDADIR

Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlog‘ida bolganmisiz? Bu qishloq neft, gaz qazib olinayotgan qariyb 500 ming gektarlik ulkan Muborak dashti, undan keyin qoshni Turkmaniston davlati hududiga tutashib ketadi. Mashinamiz kengliklarni kesib otib, qishloqqa kirib borganida, oftob tikkaga kelgan, kuy-qoshiqlar yangrab, oziga xos bayram bolayotgan ekan: qishloqqa Yakkabog tumanidan toza ichimlik suvi kelibdi!

SUV HAQIDA QOSHIQ — ENG SULUV QOSHIQ

Turkman tilidagi ajoyib qoshiqni tinglab, tik turib qoldik. Keyin tushuntirib berishlaricha, yurt va mehnatni uluglash haqida ekan. Turkiy til bolgani bois, kop sozlar bizga tanish edi.

Qishloq keksalari 150-200 yildan oshdi, bu yerda manzil qurganimizga deyishadi. Tumanda 120 mingga yaqin aholi bor: ozbek, arab, turkman, tatar va boshqa millat vakillari inoq va dost bolib yashab kelishmoqda. Udumlari oxshash, quda-anda, dehqonchilik va chorvachilikda katta tajriba toplashgan. Cholning ozlashtirilgan yerlarida galla, paxta va boshqa ekinlarni ekishsa, chek adogini ilgash qiyin yaylovlarda qoy-qozilarni kopaytirishadi.

Pomuq qishlogida 17,5 ming aholi istiqomat qiladi, deydi Gulobod MFY raisi Normurod Jorayev san’atkorlarning qoshigiga monand bosh tebratib. Qarang, qanday ajoyib kunlarga yetdik. Qoshni Turkmanistonga erkin otib, qarindoshlarimizning toy-marakalarida ishtirok eta olamiz. Mana, bugun qishlogimizga toza suv keldi. Dasturxon tuzab, quruvchilar, qishloq ahliga osh tortayapmiz. Bu ham qutlug udumlarimizdan-da. Odamlar yurak-yurakdan sevinishyapti...

Biz ham kopchilikka qoshilib, turkmancha oshdan tanovul qilamiz va odamlarning sevinchiga sherik bolamiz. Bir zum otmishni oylayman. Malumki, otgan asrning yetmishinchi yillarining oxiri, saksoninchi yillarning boshida Qarshi dashtining bir chekkasida Bahoriston, yana bir chekkasida Usmon Yusupov tumanlari tashkil topgandi. Qiyinchiliklar qop edi. Mustaqillik yillarida ular qoshilib, yangi Mirishkor tumani tashkil topdi. Qoshmay-chatmay aytish kerakki, ikki yil oldin tumanga Ravshan Komilov hokim bolib kelgach, ahvol ijobiy tomonga ozgara boshladi. Ota qatiyatli va qattiqqol hokim ozi ham tinmaydi, boshqalardan ham ish, yaxshi tashabbus talab qila boshladi.

Tumanda ichimlik suvi muammosi bor edi. Ayniqsa, Pomuq qishlogi Amuning bir amallab tozalangan suvidan ichib kelardi. Mamlakatimiz rahbari otgan yilning 13-14 dekabr kunlari Qashqadaryoga tashrifi chogida koplab istiqbolli loyihalarni tasdiqladi, ayrim muammolarning yechimini korsatib berdi. Aholining talabi bilan Mirishkor tumanining Pomuq qishlogiga toza ichimlik suvi tortib kelish yuzasidan alohida topshiriq berilgan edi.

Men bu sohada on besh yildan buyon mehnat qilayapman, deydi «Suv oqova» DUK Muborak tuman bolimi boshligi Mamatqul Upasov. 1994 yilda Yakkabog-Muborak 161 kilometrlik katta hajmli suv quvuri tortib kelingandi. Bu asosan Muborak gazni qayta ishlash zavodi va tuman aholisi uchun edi. Ochigi, shuncha yil qoshni Mirishkor tumani, ayniqsa, shunday yonma-yon Pomuq qishlogi aholisi toza ichimlik suvidan bebahra bolib keldi. Davlatimiz rahbari korsatmasi bilan homiylikni zavod boyniga oldi. 29 kilometrlik suv quvuri Muborakdan Pomuq qishlogiga tortib kelindi. Yana bir tadbir Obod qishloq dasturi asosida qishloqda 34 kilometr ichki suv quvuri tortildi. Bundan tashqari, 2 ta 500 kubo metrlik suv saqlash ombori qurildi. Yakkabog tumanidan Muborakka, undan Pomuq qishlogiga keltiriladigan toza ichimlik suvi omborlarga yigilib, aholi xonadonlariga uzatiladi.

Tuman hokimi qisqacha gapirib, toza suv keltirilgani bilan qishloq ahlini qutladi. Shundan song yangi qurilgan nasos stansiyasidan aholi xonadonlariga suv uzatila boshlandi.

Sevinchimizni soz bilan ifoda qilolmaymiz, deydi tadbirkor Ziyodullo Haynazarov. Uch farzand ostiryapmiz, endi xonadonimiz toza suvdan bahramand boladi.

Tadbirda homiy tashkilot Muborakgaz zavodi MChJ boshligi Qahramon Qurbonov ham qatnashdi...

OBODLIKKA NE YETSIN!

Tantanalarda ishtirok etgan Mirishkor tumani hokimining qurilish ishlari boyicha orinbosari Tolqinjon Orinov shunday deydi:

Obodonchilik ishlariga bir necha yildan buyon katta etibor berilayapti. Otgan yili 4 ta, bu yil 3 ta qishloq obodonchilik rejasiga kiritilgan. Birgina shu Pomuq qishlogini olaylik. Otgan yili 5.5 milliard som mablag evaziga markaziy kasalxona binosi tamirlanib, zamonaviy tibbiy uskunalar va jihozlar bilan taminlandi.

Yoshlar ittifoqi Mirishkor tuman bolimi raisi Qobiljon Hasanovning Matiz mashinasida tumanni aylanamiz. Aylanamiz sozini bu joyda oddiy tarzda aytib bolmaydi. Qariyb 300 ming gektar joyni egallagan, qishloqlari marjondek sochilib ketgan ulkan hududni koz ongingizga keltiring... Erinmay yol bosib, Chandir, yangi Mirishkor, Jeynov qishloqlarida katta ozgarishlarni kordik. Jeynov qishlogida 4 ta MFY tashkil topibdi.

Qishlogimizda 21 ming aholi yashaydi, hech bir millat vakillarini bir-biridan ajratmaysiz, deydi Yangi Jeynov QFY raisi Shonazar Hamroyev. Hov anavi kochada Ozbekiston Qahramoni, rahmatli Murodulla aka Saidov yashardilar, hozir farzandlari nevara-chevaralari istiqomat qilayapti. U kishi qurdirgan sut-pishloq kichik korxonasi, sanat saroyi ishlab turibdi. Otgan yili markaziy bozorimiz butunlay qaytadan qurildi. Baxtiyor Roziyev degan tadbirkorimiz eski hammomni tamirlab choyxona qurdi. Hozir qishloqda onlab novvoyxona, mashinalarni tamirlash ustaxonasi, 3 ta kichik futbol maydonchasi ishlab turibdi. Yana bir yangilikni aytay: yollarimizga yolchiroq ornatildi. Endi Jeynov qishloq emas, kichikkina shaharcha, ha!..

TADBIRKORGA MADADKOR!

Tuman hokimligining eski qoshqavatli binosini tanimaysiz, tamirlangan, xuddi yangi deysiz. Hokim qayoqqadir shoshilayotgan ekan, ammo oldiga tortinib yaqinlashayotgan kishini korib, toxtadi va uni tinglay boshladi.

E, xususiy bogcha quraman, deysizmi, suyunib ketdi hokim. Marhamat, yer kerakmi, kredit kerakmi komak bizdan, hech ikkilanmay ishni boshlayvering. Keyin yonidagi tadbirkor Saidali Xoliqovga yuzlandi.

Bizga bir gektar zamonaviy issiqxona qurib bering, kredit olishingizga hokimiyat kafil, kam bolmaysiz. Yuring, joyini korsataman.

Bizni maktabgacha talim muassasalari ishi qiziqtirib qoldi. Otgan yili Jeynov qishlogida eski idora tamirlanib, 100 orinli xususiy bogchaga aylantirilgan edi. Yaqinda yana bir yangi bogcha kichkintoylarni qabul qila boshlabdi. Laziz Berdiyev Mirishkor qishlogida qurgan birgina yangi bogcha bilan tanishdik. Bogcha mudirasi Ahmedova Maqsuda va boshqa tarbiyachilar bilan suhbatlashdik. Yotoqxona, mashgulot otadigan xonalar havas qiladigan darajada.

Men ham bu ishga otganimga on kuncha boldi. Avvalo ishni farzandlarimizga taomlar toliq berilishini nazorat qilishdan boshladik, deydi kulimsirab tuman maktabgacha tarbiya bolimi mudiri Baxtiyor Karimov. Chunki bola nima yeb-ichganini aytolmaydi. Bunga yetarli etibor berilmas ekan, kichkintoylarning soglom osishiga yomon tasir korsatishi mumkin. Umuman, kichkintoylarning taomiga koz tikkan kishilar bogchalarda ishlashi mumkin emas. Xosh, bizda 18 ta davlat tasarrufidagi va 8 ta xususiy bogcha bor. Hozir tumanda 9111 bola bogcha yoshida. Otgan yili ularning 26 foizi, bu yil 38 foizi bogchalarga qamrab olindi. Yil oxirigacha bu korsatkich 60 foizdan oshadi. Pomuq qishlogida yangi bogcha qurilmoqda. Yana 10 xususiy bogcha qurilishi harakati boshlanib ketgan.

Tumanda yirik loyihalarni yuzaga chiqarishga etibor berilayotganiga yana bir misol. Hokimiyat qollab-quvvatlashi bilan tadbirkor Akbar Sariqov Mirishkor parranda invest MChJga asos solibdi. 50 ming boshga moljallangan parrandaxona qurib, sanoat asosida tuxum va gosht ola boshlabdi.

QULOCHINGNI YOZ

Bizni mashinasida olib yurib, tumanning u boshidan bu boshiga kezib chiqqan yaxshi tashkilotchi, Yoshlar ittifoqi Mirishkor tuman bolimi yetakchisi Qobiljon Hasanov shunday deydi:

Tumanimiz hududi ulkan, uni bir kunda aylanib chiqib bolmaydi. Kordingiz, qayerga bormaylik, yangilik, ozgarish, tadbirkorlik kozga tashlandi. Bu borada yoshlarimiz ham harakatda. Ayni paytda ittifoqimiz 2 ming nafardan ortiq yoshni birlashtirgan. Shu kungacha 1 milliard 140 million som kredit asosida 7 ta istiqbolli loyiha amalga oshdi.

Masalan, yoshlarimizdan Farrux Kenjayev qandolat mahsulotlari ishlab chiqarayapti. Malika Pardayeva 15 ta tikuv mashinasi sotib olib, chevarlarni birlashtirdi. Bundan tashqari, kichik-kichik loyihalarga qol urayotgan yoshlarimiz ham kop.

Tumanda 2000 ta kichik issiqxona barpo etilishi haqida eshitgandik. Shu togrimi?

Rost, javob berib suhbatga koshiladi Tomorqa MChJ rahbari Jamshid Fayzullayev. Xonadonlarga 1 sotix joyda kichik issiqxona qurish uchun 8 foiz ustama bilan garovsiz kreditlar ajratilmoqda. Hozir xorijdan kuniga 3 litrdan sut beradigan zotli echkilar keltirilayapti. Chet eldan keltirilgan tuyaqushlarni boqayotgan tadbirkorlarimiz ham bor. Xullas, qishloqlar qozgaldi.

Yurib-yurib, Mirishkor qishlogidagi 70 yoshli dehqon Toraqul Nusratovning xonadoniga keldik. Barvasta boboning qaddi hamon tik. 8 nafar farzandni tarbiyalabdi. Zoti yaxshilangan 74 bosh qora moli bor ekan. Sut-qatiq sotib, otgan yili 20 million somdan koproq daromad qilishibdi. Yana 3 sotix joydagi issiqxonadan yaqinda 1800 kilogramm limonni 8 million somga sotishibdi. Tomorqasi gulday kartoshka, sarimsoqpiyoz barq urib osayapti, mevali daraxtlar yashnab turibdi.

Momongiz Bahoroy 100 bosh tovuq boqadi, tuxum, gosht ozimizdan chiqadi. Ha, mehnatning noni qattiq, biroq shirin, deydi Toraqul bobo kulimsirab...

Mirishkor tumani taraqqiyot yoliga tushib olmoqda. Shu xayol bilan uyga qaytayotib, Pomuq qishlogiga suv kelganida joshib kuylagan turkman qizi, Sarvinoz havaskorlik dastasi yetakchisi Tozagul Andayevning sozlarini esladik.

Hali bundan ham yaxshi kunlarga yetgaymiz!...

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: