O'zb  
 
02.04.2019

ONA VA BOLA OLIMI

o‘ta tashvishli voqea, tibbiyot tizimi rahbarlarini oyoqqa turgazadigan fojia

Odam joni ogrisa, najot istab shifoxonaga boradi. Tibbiyotni «fanlar ichida eng olijanobi», deb atagan Gippokrat qasamini qabul qilgan shifokor qoliga oz hayotini ishonib topshiradi. Shifokorlar uning dardiga darmon, boshida parvona boladi. Aholi salomatligi yolida sadoqat bilan fidokorona mehnat qilayotganlar elning duosini oladi, kasbidan baraka topadi.

Biroq songgi vaqtlarda matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlarning loqaydligi va e’tiborsizligi, bemorlarga notogri tashxis qoyilishi yoki notogri muolaja qilinishi oqibatida hatto fojialar yuz berayotgani haqidagi tashvishli xabarlar kozga tashlanmoqda. Parkentlik Zilola Mirzaboyeva ham 24 yoshli qizi Durdonaning vafotiga shifokorlarning masuliyatsizligi sabab bolgan, deb hisoblaydi...

Durdona Azamova homiladorligining yettinchi oyida tobi qochayotganini his qildi. Onasi uni darhol shifokor huzuriga olib boradi. 2018 yilning 4 iyun kuni Parkent tuman tibbiyot birlashmasida ginekolog Umrinisa Mirzaliyeva Durdonaning salomatliligini tekshiruvdan otkazib, uni song ayoldan qon tahlili topshirishga jonatadi.

Agar ginekolog Umrinisa Mirzaliyeva oz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaramasdan, kelinchakni chuqur tibbiy korikdan otkazib, qon tahlilini korib chiqqanida uning gepatit kasalligiga chalinganini oz vaqtida aniqlagan va uni bartaraf qilish choralarini korgan bolardi. Lekin u qon tahlili javobini olmasdan Durdonaga sogligi joyida ekanini aytib, uyiga qaytarib yuboradi.

Oradan uch-tort kun otib, Durdonaning kongli ayniydi, qayt qiladi. Ishtahasi bolmaydi. Bundan xavotirlangan qaynotasi Mirsiddiq Tolipov uni terapevt vrach Mirzohid Polatov korigiga olib boradi.

– Qirq yildan buyon tez yordam bolimida feldsher bolib ishlayman, deydi Mirsiddiq Tolipov. — Kelinim 4 iyun kuni Umrinisa Mirzaliyeva nazoratidan otganligini aytgandi. Vrach unga vahimaga asos yoqligini, homiladorlikda bir oz bezovtalik bolib turishini tushuntirgan ekan. Shu gapni eshitib, konglim tinchlangandi. Oradan uch-tort kun otib, kechki vaqt Durdonaning yana tobi qochib qoldi. Darhol shifoxonaga olib bordim. Vrach Mirzohid Polatov unga glyukozaga askorbinkani aralashtirib, osma ukol qoydi. Undan keyin serukal osma ukolni qoydi. Shundan keyin biz yana uyga qaytib keldik.

Tumanimizdagi tuguruq bolimida hamshira bolib ishlayman, deydi Dilafroz Turopova. Durdona xolamning qizi boladi. U 13 iyun kuni ginekolog Umrinisa Mirzaliyeva qabuliga borgandi. Lekin, osha kuni shifokor yoq ekan. (Ajabo, ginekolog Umrinisa Mirzaliyeva ish paytida qayerda yurgan ekan?) Shuning uchun uni darhol tugruq bolimiga olib bordim. Chunki, ranglari ancha sargayib, holsiz bir ahvolda edi. Osha kungi tekshiruvlarda uni gepatit kasaliga chalinganligi aniqlandi. Keyin Durdonani bosh infeksionist Qoshoq Bekovning oldiga olib bordim. U kishi tahlil javoblariga bir nazar tashlab qoydi-da, homiladorlikda rang ketishi tabiiy hol, dedi.

Men vrachga analiz javoblari Durdonani gepatit orttirganini korsatayotganligini aytdim. U kishi yana takror qon tahlili topshirishni maslahat berdi. Shu kunning ozidayoq biz Durdona bilan tumanimizdagi xususiy klinikaga bordik. U yerda ham analiz javoblari gepatit kasaliga chalinganini korsatdi. Keyin yana Qoshoq Bekov oldiga qaytib keldik. Tahlil javoblarini korganidan song u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi vrachiga qongiroq qilib, bemor yubormoqchiligini aytdi. Xullas, osha kuni Durdona shoshilinch tarzda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Qizim oradan bir-ikki kun otib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan Chirchiq shahridagi tugruqxonaga kochirildi, deydi kuyinib Durdonaning onasi. Judayam ogir ahvolda edi, u yerda koma holatiga tushdi. Shundan keyin jon berdi. Men qizimning vafotiga shifokor Qoshoq Bekov, ginekolog Umrinisa Mirzaliyeva, Mirzohid Polatov, hamshira Dilobar Sarboyevaning masuliyatsizligi sabab boldi, deb bilaman. Bunga asoslarim bor.

Umrinisa Mirzaliyeva qizimni chuqur tekshiruvdan otkazib, keyin qon tahlillarini imkon qadar tezroq olinishini nazorat qilishi kerak edi. Lekin u oz kasbiy masuliyatiga sovuqqonlik bilan yondashgan, joni ogriyotgan homilador qizimning qanday kasallikka chalinganini aniqlamagan. Hamshira Dilobar Sarboyeva qon tahlili javobini oz vaqtida olgan, lekin beparvoligi sabab, oradan 12 kun otgandan keyin uni shifokorga yetkazgan.

Agar shifokorlar qizimning ahvoliga oz vaqtida jiddiy etibor berishganida, uning hayotini saqlab qolish mumkin edi. Chunki ahvoli dastlab uncha ogir emasdi. Eng ajablanarlisi, qizimning vafotidan bir oz vaqt otib, uning kasallik tarixi varaqasi tuman tibbiyot birlashmasining royxatxonasidan goyib bolganini bilib qoldim. Bu kimga kerak boldi, bekorga yoqolmagan bolsa kerak?

Biz ayolning davolari qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini bilish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida boldik. Hamshira Dilobar Sarboyeva qon tahlili javobini haqiqatdan ham shifokorga oz vaqtida yetkazib bermagan ekan. Ayni javob olinishi kerak bolgan kuni u soat 11:00 da toqqa dam olgani chiqib ketgan ekan. Ajabo, Dilobar Sarboyeva ish kunida, bir insonning hayoti qil ustida turganida qon tahlilini ginekolog Umrinisa Mirzaliyevaga zudlik bilan yetkazish orniga kimdan ruxsat sorab tog sayriga chiqib ketdi ekan?

Vrach Mirzohid Polatov Durdona Azamovaning 7 oylik homilasi bor ekanini bilsa-da, unga ginekolog maslahatisiz, homilasi bolgan ayollarga tavsiya qilinmaydigan glyukoza osma ukolini qiladi. Infeksionist Qoshoq Bekov esa homilador bemorni tugruq bolimiga yuborish orniga viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jonatadi...

Voqealar tahlili shuni korsatmoqdaki, hamma muammo Durdona Azamova ginekolog Umrinisa Mirzaliyeva qabuliga kelganidan keyin boshlangan. Bordi-yu, shifokor Durdonani tekshiruvdan otkazib, uning qon tahlili javobini oz vaqtida olishni hamshira Dilobar Sarboyevadan qatiy talab qilganida, balki voqealar bunday tus olmagan bolarmidi?! Aynan shunday loqaydlik vrach Mirzohid Polatov faoliyatida ham namoyon bolgan.

Parkent tuman tibbiyot birlashmasida bolganimizda shuncha voqealar bolib otganidan keyin xodimlarga nisbatan qanday chora-tadbir korilganligi bilan qiziqdik. Qolimizga 2018 yilning 6 avgust kuni Durdona Azamovaning vafoti munosabati bilan birlashmada otkazilgan yigilish bayonnomasini tutqazishdi.

Hujjatga kora, yigilish tuman tibbiyot birlashmasida otkazilgan ekan. Unda birlashma boshligi G. Sirojiddinov, tuman tugruq bolimi boshligi S.Azamova, onalik va bolalikni muhofaza qilish boyicha muovini J. Kidiraliyeva, bosh infeksionist Q. Bekov, salomatlik markazi shifokori F. Shomirzayeva va yana bir qator akusher-ginekologlar ishtirok etgan. Taklif qilinganlar orasida tuman hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Z.Maqsudova ham bor ekan.

Lekin yigilish bayonnomasida bizning surishtiruvlarimizda aniqlangan holatlar yoq.

Sozga chiqqanlar umumiy gapdan nariga otmagan. Masalan, akusher-ginekolog V. Nosirova marhumaning oilaviy ahvoli, ilgari korichak bolganligini, somatik kasallik boyicha D nazorati bolmaganligini, 2018 yilning 6 fevral kuni mutaxassislar korigidan otganida tibbiy analizlari normada bolib, homiladorlik kuzatuviga olinganligini aytish bilan kifoyalangan.

Tuman tuguruq bolimi boshligi S. Azamova Durdonani muntazam koriklarga kelib turganligini, 4 marta korikdan otganida shikoyati bolmaganini aytgan. Homila 28 haftalik vaqtida, yani 13 iyun kuni Durdonada jiddiy shikoyatlari bolganligini malum qilgan.

Bayonnomada Durdonaning vafotiga sabab bolgan holatlar aniq tahlil qilinmagan. Bu yigilish xuddi nomigagina otkazilganga oxshaydi. Shuningdek, tuman hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Z. Maqsudova bu masalada umuman fikr bildirmagani kishini ajablantiradi. Nima, u rasmiyatchilik uchun qatnashganmi?... Yoki bolgan voqea uni tashvishga solmaganmi?

Bayonnomada nima uchun homilador ayolga ginekolog konsultatsiyasi sutka davomida berilmagan, degan savol ochiq qolgan. Ayolga gepatit kasalligi qayerdan yuqqan, degan orinli savolga: aytishlaricha, erida gepatit bolgan, deb qayd qilingan.

Malum bolishicha, marhumaning turmush ortogi Mirshavkat Azamov besh yoshida gepatat bilan ogrigan ekan. Shifoxonada 6 kun davolanib, sogayib chiqqan. Ayolining vafotidan keyin kasallik turmush ortogidan yuqqan, degan mish-mishlarga chek qoyish maqsadida 2018 yilning 16 iyulida Respublika virusologiya markaziga borib, qon tahlilini tekshirtirgan. Undan hech qanday kasallik chiqmagan...

Eng qizigi, bayonnomaning qaror qismida Parkent tumani ambulator poliklinika xizmatida uchastka patronaj xizmati talab darajasida emasligi qayd qilingan. Homilador ayollar dispanser nazoratiga olingandan song otkaziladigan chuqurlashtirilgan tibbiy koriklar nomigagina, juda sayoz va korikdan song korik xulosalari otkazilmayotgani takidlangan. Nazoratni susaytirgani, ishni togri tashkillashtirmagani uchun kop tarmoqli markaziy poliklinika mudiri Olimjon Tursunqulov, umumiy amaliyot shifokori Venera Nosirova va patronaj hamshiralarini 30 foiz jarimaga tortish belgilangan. Lekin uning ijrosi ham nomalumligicha qolgan...

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyundagi qaroriga muvofiq Tibbiyot tashkilotlari vrachlarining kasbiy faoliyatini organish tartibi togrisidagi nizom tasdiqlangan bolib, unda subektiv sabablarga kora, bemorning sogligiga jiddiy zarar yetkazilgan yoki olim holati yuzaga kelgan bolsa, bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan vrachning kasbiy faoliyati belgilangan tartibda organib chiqiladi. Bayonnomada esa bular haqida gap yoq.

Subektiv sabablarga vrach bilimi saviyasining yetishmasligi oqibatida bemorning holatini togri baholay olmaslik, mavjud imkoniyatlarga qaramasdan davolash-diagnostika standartlariga rioya qilmaslik, vrach tomonidan notogri taktika qollanilganligi, tajribasi yetishmasligi va boshqa shu kabi holatlar kiradi. Yigilish bayonnomasida bularga umuman etibor berilmagan.

Keyingi ikki yilda Prezidentimizning tibbiyot sohasiga oid 50 ta farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Shu bilan birga soha mutaxassislarining oylik maoshi 2018 yil 1 dekabrdan 20 foizga oshirildi, joriy yilning 1 aprelidan yana 15 foizga oshirildi. Bularning barchasi albatta tibbiyot xodimlariga bolgan etibor va gamxorlikning yorqin namunasi. Bunga javoban sidqidildan mehnat qilib, xalqimizni tibbiy xizmatdan rozi qilish orniga oz vazifasiga masuliyatsiz qarayotgan shifokorlar bilan aslo murosa qilib bolmaydi.

Shifokorlik mashaqqatli mehnat, sabr-toqat, matonat va jasorat talab qiladigan, insoniy tuygularga yogrilgan kasbdir. Shunday ekan, tibbiyot tizimidagi shifokoru hamshiralar halol mehnat qilsa, xalq mehrini qozonadi, duo oladi, savobga qoladi. Aks holda, qargish oladi, gunohga botadi, qonun oldida javob berishiga togri keladi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri,

Abdusalim MAHMUDOV,

jurnalist.

TAHRIRIYATDAN: Mamlakatimiz tibbiyoti tizimida amalga oshirilayotgan katta islohotlarni, bilimli, diyonatli, fidoyi shifokorlar oz emasligini inkor etib bolmaydi. Afsuski, oz vazifasiga masuliyatsizlik bilan qarayotgan yoki bilimi talabga javob bermayotganlar ham borligi achchiq haqiqat.

Parkent tuman tibbiyot birlashmasida bolgan voqea kishini qattiq oyga toldirishi, hushyor torttirishi kerak. 24 yoshga tolgan ayolning yetti oylik homilasi bilan nobud bolishi favqulodda holat sifatida qabul qilinmogi, tibbiyot tizimi rahbariyatini oyoqqa turgazmogi zarur, deb hisoblaymiz. Bu voqea oz-ozidan sodir bolmagan albatta, uning sabablari, aybdorlari aniqlanib, tegishli jazosini olmasa, bunday fojialar davom etaveradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: