O'zb  
 
11.09.2018

ENDI MAJBURIY MEHNAT YOQ

Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida o‘tkazilgan «Ozbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar» mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Kudbiyev va boshqalar kutilayotgan paxta yigim-terimi bilan bogliq tashkiliy masalalar ustuvor vazifalardan biri ekani va mavsumda fuqarolarni majburan paxta dalalariga olib chiqish holatlarining oldini olish boyicha tegishli chora-tadbirlar korilayotganini takidladi.

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi Ozbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida maxsus ishonch tarmoqlarini ishga tushirmoqda. Endilikda majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatilganda vazirlikning @mehnathuquqbot telegram tarmogiga xabar yollash yoki 200-06-01 telefon raqamiga qongiroq qilish mumkin. Har bir murojaat boyicha tezkor chora-tadbir koriladi. Bundan tashqari, paxta yigim-terimida majburiy mehnatga yol qoymaslik va ixtiyoriy ravishda paxta terimiga chiqish istagida bolgan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taminlash uchun @terimuzbot telegram tarmogi hamda terim.uz sayti faollashtirildi.

— Majburiy mehnatga jalb qilish holati kuzatilganda, fuqarolar yuqoridagi telegram tarmogi orqali ism-sharifini korsatmasdan faqat telefon raqamini kiritib, manzillari va voqea holatini aks ettirgan holda murojaat yollashi mumkin, dedi vazir Sh.Kudbiyev. Shundan song kelib tushgan murojaat tegishli tartibda organiladi va huquqbuzarlik aniqlansa, majburiy mehnatga yol qoygan shaxsga nisbatan chora koriladi. Bundan tashqari, joriy paxta mavsumida mamlakat boyicha 200 nafar profilaktika inspektori majburiy mehnatga qarshi kurashadi.

Matbuot anjumanida majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan shu kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Davron SUNNATOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.