O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.09.2018

OZBEKISTON ISLOM TAMADDUNI MARKAZI

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 3 sentabr kuni misrlik taniqli olimlar Ahmad Tarabik, Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq va Magda Maxluf muallifligidagi yurtimiz tarixi va boy madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar taqdimoti otkazildi.

Unda misrlik olimlar, shuningdek, OzFA ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, tadqiqotchilar qatnashdi.

Ahmad Tarabik Qohira universitetining Markaziy Osiyo mamlakatlari boyicha yetakchi mutaxassisi sifatida Ozbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan yaxshi xabardor. U mamlakatimizda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosiy islohotlar, iqtisodiy, ijtimoiy yangilanishlarni qollab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy maruzalari bilan malum. Olim ozining Orta asrlarda islom talimoti, madaniyati va ilm-fani rivojiga munosib hissa qoshgan allomalarimiz haqidagi izlanishlari, ommabop maqola va risolalari bilan Sharq jamoatchiligi orasida keng tanilgan.

Ahmad Tarabikning «Ozbekiston: islom tamadduni manbai» kitobida mamlakatimiz tarixi, madaniyati, ilm-fan rivoji haqida hikoya qilinadi.

Mazkur kitob 2017 yili Misrda arab tilida chop etilgan. Ushbu fundamental tadqiqot ikki qismdan iborat. Birinchi qismda mamlakatimiz tarixi, geografik joylashuvi, iqtisodiyoti, aholisi, tili, arab dunyosi bilan tarixiy aloqalari, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Xorazm va Nasaf shaharlari haqida malumotlar keltiriladi. Islom tamadduni rivojiga hissa qoshgan buyuk mutafakkirlar tilga olingan ikkinchi qismdan Imom Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi yurtimizdan yetishib chiqqan koplab allomalar hayotiga oid malumotlar orin olgan.

Misrlik tarixchi, arxeolog olim Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq ham oz hayotini Sharq diyori, xususan, mamlakatimiz nomoddiy madaniy merosini tadqiq qilishga bagishlagan. Uning madaniy, tarixiy mavzularga bagishlangan yigirmaga yaqin kitoblari, koplab ommabop maqolalari bugungi kunda ilmiy izlanishlar uchun manba bolib xizmat qilmoqda.

Tadbirda muallifning 2017 yilda nashrdan chiqqan Yodgorliklar va Buxoro islom madaniyati nomli ikki jildli kitobining taqdimoti bolib otdi. Mazkur kitob on yillik izlanishlarning mahsuli sifatida yaratilgan.

Ushbu zamindan yetishib chiqqan mashhur qomusiy olimlar Sharq uygonish davrining ilmiy-madaniy yuksalishiga munosib hissa qoshgan, deya qayd etadi muallif kitob muqaddimasida.

Ikki bolimdan iborat asarning birinchi qismida Buxoro madaniy yodgorliklari, diniy tamoyil va mazhablar haqida batafsil hikoya qilinsa, madaniy yodgorliklardagi yozuvlar, devoriy tasvirlar va naqshlar boyicha izlanishlar bayoni asosiy bolimdan orin olgan.

Taniqli olima Magda Maxluf turkiy tildan tarjima qilgan Boburnoma 20 yillik mehnat samarasi olaroq, arab tilida chop etildi.

Takidlanganidek, kitob Markaziy Osiyo, Afgoniston, Hindiston xalqlarining XV-XVI asrga oid tarixiy-etnografik, adabiy hayoti haqidagi malumotlarni jamlagan. Buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyati haqida koplab malumot beradi.

Taqdimotda kitoblarning Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy olimlarning dunyo ilm-fani rivojiga qoshgan hissasini ochib berishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulugbek SHONAZAROV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.