O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
30.08.2018

OLIY TALIM MUASSASALARIDA YANGI OQUV JARAYONI ZAMONAVIY, INNOVATSION TAJRIBALAR ASOSIDA TASHKIL ETILADI

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy talim tizimiga joriy etilgan yangiliklar va sohaga oid bir qator huquqiy-meyoriy hujjatlarga kiritilayotgan ozgartirish va qoshimchalar haqida batafsil malumot berildi.

Anjumanda 2018/2019 oquv yilida respublikamizdagi mavjud 60 ta oliy talim muassasasi va ularning 19 ta filiallariga 620 mingdan ziyod abituriyent ilk marotaba 13 kun davomida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida qabul boyicha test sinovlari topshirgani takidlab otildi.

Natijalarga kora, respublika boyicha ortacha otish korsatkichi davlat granti asosida 123,0 ballni, tolov-kontrakt asosida 101,9 ballni tashkil etdi. Sogliqni saqlash, pedagogika, qishloq xojaligi va veterinariya talim yonalishlari boyicha hududlar kesimida tasdiqlangan maqsadli qabul kvotalari doirasida 2 ming 214 nafar abituriyent oqishga qabul qilindi.

Xorijiy fuqarolarni oliy talim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari, suhbat asosida test sinovlarisiz oqishga qabul qilish tartibiga kora, 1 ming 924 nafar xorijiy fuqaro oqishga qabul qilindi.

Yangi oquv yilidan boshlab oqish muddati uch yil bolgan «Maktabgacha talim» hamda pedagogika sohasi boyicha maxsus sirtqi bolim, tegishli sohalar boyicha oqish muddati besh yil bolgan sirtqi bolim bakalavriat talim yonalishlari oz faoliyatini boshladi.

— 2018/2019 oquv yilida oliy talim muassasalarida oquv jarayoni yangidan takomillashtirilgan meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilayapti, dedi Oliy va orta maxsus talim vazirining birinchi orinbosari Odil Abdurahmonov. Oquv rejalari buyurtmachi tashkilotlari bilan hamkorlikda tayyorlanayapti. Bunda fanlar soni optimallashtirilib, amaliyot darslari kopaytiriladi.Bitiruvchi talabalar topshiradigan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari kamaytirilib, asosan bitiruv malakaviy ishlari yoki mutaxassislik fanlaridan davlat imtihonlariga etibor qaratiladi.

Talabalar ozlashtirishini baholashning shaffof va zamonaviy tizimi joriy etilayapti. Bunda avvalgi 100 ballik tizimdan voz kechiladi va 5 ballik baholash kiritiladi. Pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimga alohida etibor qaratiladi. Professor-oqituvchilar uchun vaqt meyorlarining yangi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.

Sinov tariqasida respublikadagi 5 ta oliy talim muassasasida 2018-2019 oquv yilidan qoshma diplom dasturi asosida bakalavr va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi. Ayni paytda vazirlik xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda qoshma dasturlarni joriy etish asosida kadrlar tayyorlashni yolga qoyish boyicha muzokaralar olib borayapti.

Joriy yilning 1 sentabridan boshlab oliy talim muassasalari professor-oqituvchilarining va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari tegishli ravishda tabaqalashtirilgan holda ortacha 25 foizga oshirildi.

Oliy talim tizimida mamlakatimizdagi mavjud iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi talim ixtisosligi yonalishlari ochiladi hamda bakalavriat, magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy korsatkichlari 2021 yilgacha bosqichma-bosqich 18 foizgacha oshiriladi.



DB query error.
Please try later.