O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.07.2018

ESHITDINGIZMI, FALONCHI...

Xohlaymizmi, yo‘qmi, kundalik hayotimiz davomida jamoat transportlariga kop ishimiz tushadi, uzogimiz yaqin boladi. Bundan mamnunmiz, albatta. Ammo jamoat transportida kopchilik asabiga tegayotgan holatlar ham bolyaptiki, ularga befarq qaramaslik kerak, deb oylayman. Masalan, avtobus, mikroavtobusda ketayotgan yolovchilar, yoshlarmi, kattalarmi, mobil telefondan foydalanish odobiga e’tibor bermayotganga oxshaydi.

Erta tongda yaxshi kayfiyat bilan ishga ketayapsiz, bugungi ish rejalari haqida oylab borayapsiz. Shu payt xayolingizni mobil telefonda gaplashayotgan yigitning ovozi tozgitib yuboradi... Yoki kech ishdan charchab qaytayotganingizda ham shu kabi holatni korish mumkin. Mobil telefonida qandaydir tanishi bilan baland ovozda gaplashayotgan kishi yon-atrofdagi odamlarga etibor ham bermaydi. Goyo avtobusda undan boshqa hech kim yoqdek. Mobil telefondan foydalanish albatta yaxshi, biroq undan foydalanish tartib-qoidalari, odobi bor.

Bir kun erta tongda ishga otlandim. Soat chamasi 6 edi. Avtobusga chiqsam, orta yoshlardagi egnida qimmatbaho kiyim kiygan bir ayol kim bilandir gaplashardi. Aniqrogi, qoshnisining qizi eri bilan chiqisholmay ajrashib, ota uyiga qaytganini ipidan ignasigacha hikoya qilar edi. Gap orasida aytishga noqulay sozlarni ham ovozini baland qilib gapirayotganidan, atrofdagilar xijolat tortdi. Men manzilimga yetib kelib, jamoat transportidan tushayotgan vaqtimda ham u gapida davom etayotgan edi... Kopchilikka sir bolmasa kerak, bazan tushlik qilish uchun kafega kirganimizda ham ana shunday holatlarga duch kelamiz. Nomaqul xatti-harakatlar, gap-sozlar kishining konglini gash qiladi, asabiga tegadi, nahotki ularda oddiy aql-farosat, madaniyat yetishmasa, deb oylab qolasan kishi. Oilada muomala madaniyati, jamoat joyida ozini qanday tutish madaniyati orgatilmagan, ota-ona ibratini olmagan boladan nimani kutish mumkin? Yoshlarning qolidan telefon tushmaydi, yo uzoq gaplashadi, yo oyin oynab, telefondan boshini kotarmaydi. Maktab oquvchilarining ham qolidan telefon tushmaydi. Dars paytida oqituvchi gapiga quloq solish orniga telefondan kimgadir «xat» yozib otiradi, har xil oyinlar oynab otiradi. Mobil telefonning xizmatlari kop. Ammo u bilan bogliq muammolar ham oz emas. Telefondan foydalanish yoki telefondan gaplashishning odobini orgatadigan kurs yoq, maktab yoq. Ota-ona farzandiga, oqituvchi oquvchiga tushuntirishi, odamlar bir-birini tergab turishi lozim, deb oylaymiz.

Shahlo HAKIMOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: