O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.07.2018

BU YILGI TEST SINOVLARI IKKI BOSQICHDA YANI ERTALAB SOAT 8:00 VA 15:00 DA BOLIB OTADI

Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi va test sinovlarini har tomonlama puxta otkazishga har galgidan qizgin tayyorgarlik korilmoqda. Toshkent temir yol muhandislari institutida ham bu boradagi ishlar namunali tarzda tashkil etilgan.

Institutning bakalavr bosqichiga bu yil 1 ming 275, magistraturaga 105 nafar yigit-qiz qabul qilinadi. Maxsus sirtqi bolimda bakalavr bosqichiga esa 90 orin ajratilgan.

— Davlatimiz rahbarining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga muvofiq bu yildan boshlab institutda Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (kopriklar va tunellar) talim yonalishi va magistraturada Vagonsozlik mutaxassisligi boyicha yangi yonalishlar ochildi, deydi institut rektori Marufjon Rasulov. Abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlab yuborilgan. 1 iyuldan magistratura bosqichi uchun ham hujjatlar qabul qilish boshlandi. Shuningdek, institutning maxsus sirtqi bolimiga ham qabul jarayoni davom etmoqda.

Eslatib otamiz, 2018/2019 oquv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.

Endilikda test sinovlari har yili 1 avgustdan 15 avgustga qadar, kuniga ikki smenada otkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu kunlarda har kuni ertalab soat 8:00 va 15:00 da test sinovlari boshlanadi.

Otgan yili ushbu institutga hujjatlarimni topshirgandim, ammo oqishga kiraolmagandim, deydi Surxondaryo viloyati Denov tumanidan abituriyent Zufarbek Sohibov. Bu yil institutning tashishni tashkil etish va transport logistikasi yonalishiga hujjatlarimni topshirdim. Test sinovlariga yaxshi tayyorgarlik korganman. Xudo xohlasa, talaba bolishdek baxtga sazovor bolib, ota-onamning orzusini amalga oshiraman.

Hozirgina institutning maxsus sirtqi bolimiga hujjat topshirdim, deydi Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati Buxoro mintaqaviy temir yol uzelining Samarqand aloqa va ishorat masofasi korxonasi uchastka boshligi Zafar Rofiyev. 2010 yilda Samarqand temir yollari kasb-hunar kollejini bitirgandim. Oilaviy sharoitimiz togri kelmaganligi bois oliy talim muassasalariga hujjatlarimni topshira olmadim. Oilamga foydam tegsin, deb, ishga kirdim. Keyin ozim oila qurdim. Farzandlar tugildi. Oilani tebratish uchun ishlash kerak edi. Shu zayilda yillar otib ketdi. Oliy malumotli bolish orzuligicha qolaverdi. Prezidentimizning tashabbusi bilan maxsus sirtqi bolimlarning qayta ochilgani zor ish boldi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: