O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.07.2018

INTILISH KERAK, HARAKAT KERAK

Kamoljon ALIKOV, Samarqand shahridagi «Registon KAMOLJON» xususiy korxonasi rahbari, Mard o‘glon davlat mukofoti sohibi:

— Xursandchiligimni soz bilan ifodalay olmayman. Mard oglon sozining tagida qancha ma’no bor, qancha mazmun bor. Juda oliy baho bu, kishiga yuksak masuliyat yuklaydi bu mukofot. Men ham endi ana shu etirofga loyiq bolish uchun imkoniyatim darajasida mehnat qilishga harakat qilaman. Mard oglon davlat mukofotiga loyiq korilganimni eshitib, quvondim albatta. Keyin boshimga tushgan qiyinchiliklarni esladim.

Taqdir taqozosi ekan, 12 yoshimda ota-onam vafot etdi. Bemor xolam qaramogida qoldim. Bir burda nonimni halol topishim, ham betob xolamga komaklashishim kerak edi. 8-sinfda oqiyotganimda qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexda un qoruvchi bolib ishladim. Keyin asta-sekin shu sexning ish yuritish tartibini organdim. Maktabni tamomlab, kollejga oqishga kirdim, ammo u yerda ham tolaqonli talim olishga imkonim bolmadi, ishlashga majbur edim. Shu tariqa yillar otdi. Ozbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil topgani va yosh tadbirkorlarga yordam berilayotganini eshitgach, qalbimda bir umid paydo boldi. Toshkentga kelib, shaxsan Qahramon Quronboyevning qabuliga kirdim va sharoitimni tushuntirdim. Bu dunyoda menga qalqon bolguvchi qarindoshim yoqligi, biroq qolimda hunarim borligi, chet elda xor-zor bolib ishlab yurmay, rizqimni shu yerda topishim va oyoqqa turishim uchun yordam berishlarini soradim. Bankdan kredit ololmasligim, bir boshpanasi yoq mendek yigit garovni topib berolmasligini aytdim. Bilasizmi, shu kuni qayta tugilgan kunim boldi. Chunki Yoshlar ittifoqi rahbari koksimdan itarmadi, menga ishondi va hayotimni butkul ozgartirib yuboradigan qarorlarga imzo chekdi. Tadbirkorligimni yolga qoyishim uchun Ittifoq hisobidan mablag ajratiladigan boldi. Men oxirgi pullarimni yigib, Toshkentga kelgan edim. Hatto uyimga qaytib ketishga mablagim yoq edi. Hech yodimdan chiqmaydi, Qahramon Quronboyev oz hisobidan yol xarajatimni toladi. Xayrlashar ekanmiz, qolimni qattiq siqib, yolgizman demang, endi biz bormiz, hali hammasi unut bolib ketadi, dedi. Shunday boldi ham. Shirinliklar ishlab chiqaruvchi Registon KAMOLJON sexini ochdim. Kerakli asbob-uskuna, jihozlar oldim, 7 nafar xodimga ish berdim. Mana, bugun bir korxonaning rahbariman, qol ostimdagilarga maosh beraman, davlatga soliq tolayman, ishlab chiqargan mahsulotim bilan el dasturxonini toldirayapman.

Togri, tadbirkor sifatida oyoqqa turishim oson kechayotgani yoq. Aslida hamma tadbirkorlar ham boshidan otkazishi muqarrar bolgan shunday jarayonlar bor: dastlab hammasi yaxshi boladi, ishingiz rivojlanib, yuqorilab boraverasiz. Lekin kop otmay, shu qadar pastga qulaysizki, bunday bolishini taxmin ham qilmagan bolasiz. Oshanda taslim bolmay, yana oldinga intilishga ozida iroda topa olgan, barchasiga qol siltab, voz kechib ketmagan insongina haqiqiy tadbirkor boladi. Men ham boshida juda qiynaldim, kop qoqildim. Mahsulot ishlab chiqaraman, ammo uni tarqatadigan avtoulovim yoq. Topgan daromadimning aksar qismini yukimni joylarga yetkazish uchun transport vositalarini yollashga sarflayman. Shu sabab korxonam uchun kreditga avtomobil olish niyatidaman. Qolaversa, kredit mablagining yonalish turlarini kengaytirish, yarimtayyor, tezpishar oziq-ovqatlar ishlab chiqarish uchun yonaltirmoqchiman.

Oliy talim muassasasida oqishni juda orzu qildim, biroq sharoit taqozosi bilan faqat mehnat qilishga majbur edim. Mana, oyoqqa turdim, tadbirkor uchun oliy malumotli bolishning ahamiyati katta ekanini tushundim. Ishonamanki, bu orzuim royobiga ham oz qoldi.

Hozir Samarqandda ota-onasi olamdan otgan yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga begaraz yordam qolini chozuvchi tadbirkorlar klubini ochyapman. Klubning xayriya fondi hisobidan ishsiz yoshlarni malakali mutaxassisga, usta-hunarmandlarga biriktirib, kasb-korli qilish va hayotda oz yolini topishida komaklashmoqchiman.

Ota-onasi, puli, hatto uyi yoq insonlar ham menga hech kim yordam bermayapti yoki davlat menga qarashishi kerak, degan fikrni xayolidan chiqarib tashlashi kerak. Inson ozi harakat qilmasa, unga hech kim yordam bermaydi. Ozida intilish bolgan odam esa jamiyatimizda beetibor qolmaydi. Yoshlar ittifoqining komagi bolmaganda kim bilsin, balki men bugun ayrim tengdoshlarimga oxshab xorijda qora ishchi bolib yurgan bolarmidim. Shu bois, chin dildan ushbu tashkilotga va uning jonkuyar xodimlariga minnatdorlik bildiraman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: