O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
12.07.2018

OZBEKISTON IXTIROCHI AYOLLARI XALQARO KORGAZMADA YUQORI ORINLARGA MUNOSIB KORILDI

Koreya ixtirochi ayollari assotsiatsiyasi, Koreya intellektual mulk ofisi va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti tomonidan joriy yilning 28 iyun — 3 iyul kunlari Janubiy Koreyada Xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi – KIWIE 2018 otkazildi.

Unda 30 dan ziyod davlatdan 518 nafar ixtirochi xotin-qiz texnika, texnologiya, meditsina, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yonalishlari boyicha oz ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashishdi.

Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi tomonidan ilk marotaba mamlakatimizning olima ayollari ushbu xalqaro korgazmada ishtirok etish uchun yuborildi. Uch nafar olima ayollarimizning ixtirolari xalqaro ekspertlar tomonidan organilib, yuqori baholandi.

Jumladan, professor Karima Norqulovaning «Bolgachali tegirmon» nomli foydali modeli oziq-ovqat sanoati yonalishi boyicha Grand Prize, Quritish qurilmasi ixtirosi oltin, Tugunaklarni quritish usuli ixtirosi esa kumush medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, doktor (PhD) Malohat Ilhomovaning Bolalar poyabzali uchun profilaktik ich patak nomli foydali modeli, Elektr otkazuvchan poyabzal ixtirosiga kumush hamda Qiz bolalar uchun tufli sanoat namunasi uchun bronza medali taqdim etildi. Professor Paraxat Matyaqubova esa Sochiluvchan moddalarning issiqlik-nam olchagichi ixtirosi uchun kumush medalni qolga kiritdi.

Korgazma doirasida Xalqaro forum, Intellektual mulk sohasidagi lider ayollarning Akademiyasida oquv kurslar ham tashkil qilindi. Delegatsiyamiz a’zolari ularda ishtirok etib, ixtirolarni amaliyotga joriy qilish va tijoratini yolga qoyish boyicha oz malakalarini oshirib, sertifikatlar olishdi.

Shuhrat ISLOMOV



DB query error.
Please try later.