O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.07.2018

YOSH KITOBXON TANLOVIDA 720 MING YOSH ISHTIROK ETADI

Mamlakatimizda ezgu qadriyat va an’analarni kelgusi avlodlarga yetkazish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning manaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida ona Vatanimiz hamda xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadida bir qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Shunday loyihalar orasida yurtimiz yoshlarini birlashtirgan, bilimi va salohiyatini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratgan «Yosh kitobxon» tanlovining orni beqiyos.

Mazkur tanlovning otgan mavsumida 250 ming nafar ogil-qiz ishtirok etib, ular orasidan saralangan yoshlar Prezident sovgasi — yengil avtomashinaga ega boldi.

Bu yil ushbu tanlovda qatnashish uchun 720 ming yosh murojaat etgani uning nechogli ahamiyatli tanlovga aylanganining dalili, yoshlarning kitob oqish, kitobxonlikka bolgan qiziqishining yorqin isbotidir.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 12 maydagi Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng organish va targib qilish maqsadida yoshlar ortasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish togrisidagi qarori bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etishda muhim huquqiy asos bolib xizmat qiladi.

Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkir bobolarimizning yuksak gumanistik goyalarga asoslangan boy manaviy merosi umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy, diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa bolib qoshilganini butun dunyo ahli etirof etib keladi.

Ozbekiston yoshlar ittifoqi bergan malumotga kora, joriy yilgi Yosh kitobxon tanlovining saralash bosqichi barcha tuman va shaharlarda 12-13-14 iyul kunlari 20-30, 15-19, 10-14 yosh kesimlarida bolib otadi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi.

B.MELIQULOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: