O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.07.2018

EHTIYOJMAND OILALARGA YANGI UYLAR KALITI TOPSHIRILDI

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj 10 oilaga yangi uylarning kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda ehtiyojmand fuqarolar va kam taminlangan oilalar hamisha davlatimiz etiborida ekani, ularning har biri jamiyatning tolaqonli azosi sifatida yetarli sharoitga ega bolishiga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

Mirzaobod tumanidagi «Bogiston» mahalla fuqarolar yigini hududida yangilangan loyiha asosida qurilgan 10 ta zamonaviy uy Javohir Farhod hamkor servis xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi. Uylarda individual isitish tizimi, issiq va sovuq suv, tabiiy gaz va elektr taminoti barcha texnik talablarga kora jihozlangan.

— Yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan ushbu uy-joyning umumiy loyiha qiymati 1 milliard 130 million somdan iborat, deydi Javohir Farhod hamkor servis xususiy korxonasi rahbari Azim Ismoilov. Xonadonlarda barcha qulayliklar yaratildi. 2 sotix yer maydoni, 2 yashash xonasi, yuvinish xonasi, ichki va tashqi oshxona zamon talablariga tola javob beradi. Ayniqsa, tandir-ochoq ham borligi uy bekalarini goyat xursand qildi.

II guruh nogironi Muhayyo Husanova yangi uy sohibalaridan biridir.

Biz eru xotin 4 farzandimiz bilan ijarada yashar edik, deydi Muhayyo Husanova. Bugun hayotimdagi eng quvonchli kunlardan biri. Boisi, ham uyli, ham ishli boldim. Ishli boldim deyishimning sababi, tikuv mashinasi ham berishdi-da.

Sirdaryo viloyatida joriy yilda 112 ta, 2019 yilda esa 200 ta ehtiyojmand oilaga uy berilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari, Xotin-qizlar qomitasi raisi T.Norboyeva, Sirdaryo viloyati hokimi G.Mirzayev sozga chiqdi.

A.QAYUMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: