O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.07.2018

GROSSMEYSTERLAR SHOHMOT TAXTASIDA IJODKORLAR DONA SURISHDI

«O‘zbekiston ovozi» gazetasining ilk soni chiqqaniga 100 yil tolishi munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va osmirlar shohmot maktabida jurnalist va yozuvchilar, adabiyotshunoslar ortasida turnir otkazildi. Yetti turdan iborat bahslarda ishtirokchilar grossmeysterlar oynaydigan shohmot taxtasida belgilangan xalqaro me’yorlarga boysunib dona surdi. Xalqaro toifadagi hakam Mamatqul Haylayev bahslarni nazorat qilib bordi.

Mushtum jurnali bosh muharriri Nosirjon Toshmatov 6 ochko jamgarib turnir golibi boldi. U Qishloq qurilish bank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tashkil etilgan sovga — 4 million 800 ming somlik planshet bilan taqdirlandi. Ozbekiston ovozida uzoq yillar ishlagan mehnat faxriysi Shohaydar Mirhabibov ikkinchi orinni egalladi. Unga Artel televizori topshirildi. Uchinchi orin sohibi Pravda vostoka gazetasi fotomuxbiri Rashid Galiyev qimmatbaho sovga bilan mukofotlandi. Shuningdek, turli nominatsiyalar boyicha ham ishtirokchilarga sovgalar topshirildi.

Nosirjon TOShMATOV, Mushtum jurnali bosh muharriri, musobaqa golibi:

Golib bolganimdan juda xursandman. Bunday tadbirlar ijodkorlarni, jurnalistlarni jipslashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, jurnalistlarimiz koproq shohmot oynab tursa, bu ularning ijodiy ishlariga ham foydali boladi. Chunki, shohmot insonni erkin va izchil fikrlashga orgatadi, tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi, strategik mulohaza qilishga odatlantiradi, xotirani mustahkamlaydi. Oyin vaqtida shohmot taxtasi ustida sodir boladigan voqealarning hech biri tasodif emas. Galaba tavakkal dona surganga emas, balki aniq maqsad bilan togri yol topib yurish qilgan kishiga nasib etadi.

Shohaydar MIRHABIBOV, mehnat faxriysi, ikkinchi orin sohibi:

Barcha davrlarda ham istedodli odamlarning aksariyati shohmot oynagan. Shohmotni juda katta tarbiyachi, deb hisoblayman. Shohmot, birinchi navbatda, insondagi kurashchanlik va galabaga ishonch ruhini tarbiyalaydi. Undan keyin shohmotda xato kechirilmaydi. Galabaga yetdim, deb turganingda ham ozgina ehtiyotsizlik maglubiyatga olib keladi. Bugun shohmotni yaxshi korgan kasbdoshlarim davrasiga kirganimda butun tashvishlarimni unutdim...

Turnir songgida shohmot boyicha maktab oquvchilari ortasida jahon chempioni Islombek Sindorov jurnalistlar bilan seans otkazdi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Tahririyatdan: Turnirni otkazishda bizni qollab-quvvatlagan Qishloq qurilish bank aksiyadorlik tijorat banki rahbariyatiga katta minnatdorlik bildiramiz.



DB query error.
Please try later.