O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.07.2018

ABDUMALIK MARD OGLON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Abdumalik Abdusalimov «Mard oglon» Davlat mukofoti bilan taqdirlangani togrisidagi xushxabar Qashqadaryo vohasi boylab bir zumda yoyildi va Yakkabog tumanidagi Oqtosh mahallasiga yetib keldi.

— Maktabimizning 9-sinf oquvchisi Abdumalikjonning muvaffaqiyatlari barchamizni gururlantiradi, deydi Yakkabog shahridagi 75-maktab direktori Feruza Sattorova. Abdumalikjon darslarni yaxshi ozlashtirib, shohmot borasida ham jahonshumul yutuqlarga erishyapti. Bunday iste’dodli oquvchi onlab tengdoshlarini oz izidan ergashtiradi.

Oqtosh mahallasiga borganimizda, korkam darvozali uyni korsatishdi. Oila boshligi Bahodir Shavriqov iliq kutib oldi va hovliga boshlab kirdi.

Ozim iqtisodchiman, ancha yil hokimiyatda va boshqa tashkilotlarda mehnat qildim. 2011 yil 10 gektar yer olib, fermer xojaligi tuzdik, bari sara meva, daraxtlar hosilga kirgan. Ikki ogil, bir qizimiz bor. Farzandlarim avvalo mehnatning qadriga yetsin, deyman.

Oila bekasi Zeboxon Shavriqova va shohmot boyicha osmirlar ortasida jahon chempionati qatnashchisi, Osiyo chempioni Abdumalik Abdusalimov bilan ancha suhbatlashdik. Ochigi, Abdumalik seroy, tafakkuri yuksak, kamgap osmir ekan. Qator-qator medallar va mukofotlarni bizga onasi korsatdi.

Oglim Abdumalikjon yoshligidan shohmotga mehr qoydi, deydi onasi Zeboxon. Birinchi ustozi otasi bolgan. Bolalarimizga oqishlari va oz qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berishga harakat qilayapmiz. Opasi Baxtinur kollejni bu yil tugatdi va kelajakda xorijiy tillar boyicha oqituvchi bolmoqchi. Ukasi Nursulton 7-sinfda oqiydi va sportning dzyudo turi bilan shugullanadi. Ustozlaridan biri Abdurahmon Nodirjonov.

U kishi shohmot sirlarini orgatish barobarida, chet ellarda musobaqalarda qatnashib, Vatan shanini kotarish xaqida kop gapiradilar, deydi Abdumalik. Keyin Toshkentdagi shohmot akademiyasida tahsil oldim. Akademiyadagi murabbiyim Bobur Sattorov. Bu yerda murakkab shohmot masalalarini yechishni va galabaga intilishni organdim. Ustozlarimdan minnatdorman...

Boshda Abdumalikjonning serfikr va kamgapligini sezgandim. U muvaffaqiyatlari xaqida iymanib gapirardi. Aslida 16 yoshigacha yaxshi yutuqlarni qolga kiritdi. Besh karra Ozbekiston chempioni boldi. 2015 yilda Gretsiya davlatida otgan bolalar ortasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashib, dunyoning 20 eng umidli yosh shohmotchilari safidan orin oldi. Ayniqsa, bu yil aprel oyida Tailandda osmirlar ortasida otgan Osiyo chempionati uning hayotida ochmas iz qoldirdi.

Chempionatda kuchli yosh shohmotchilar qatnashdi, deya ohista hikoya qiladi Abdumalikjon. Eng kuchli raqibim hindistonlik tengdoshim – Kovstav Chatterfel boldi. Ammo ustozlarim bergan saboq, oqib-organganlarim bejiz ketmadi, galaba qozondim.

Meni Mard oglon Davlat mukofotiga loyiq korgani uchun Prezidentimizdan cheksiz minnatdorman. Kelajakda yurtimizni dunyoga tanitishga hissa qoshib, oz shohmot maktabimni yaratishni orzu qilaman. Togrisi, orzularim bir dunyo...

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Suratda: Mard oglon Davlat mukofoti sohibi, shohmot boyicha osmirlar ortasida Osiyo chempioni, qator xalqaro turnirlar golibi Abdumalik Abdusalimov onasi Zeboxon Shavriqova bilan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: