O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.07.2018

HOKIM JURNALISTGA UY SOVGA QILDI

Ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami kuni bu yil quvonchli tadbirlarga, tantanalarga boy bo‘ldi. Ohangaron tumanida Toshkent viloyati ijodkorlari uchun tashkil etilgan tadbirda, Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jorayev «Ohangaron hayoti» gazetasi muharriri Behzod Qobulovga kasb bayrami munosabati bilan shahar markazidan ajratilgan ikki xonali uyning kalitini topshirdi.

Bundan bir yilcha avval Toshkent haqiqati gazetasining mas’ul kotibi vazifasida ishlab yurgan Behzod Qobulov nomzodi muharrirlikka tavsiya etilgan edi. U otgan qisqa fursatda Ohangaron hayoti gazetasiga yangi ruh va mazmun olib kirdi. Kotargan dolzarb mavzulari, hududdagi muammolarni xasposhlamasdan, tahliliy-tanqidiy maqolalarni yoritib borishi, avvalo gazetxonlar, qolaversa, hudud rahbarlarini ham mamnun etdi.

Hozir gazeta ijtimoiy muammolarni kotarib chiqishda tegishli mutasaddi idora va tashkilotlar hamkorligida yechimini topishda mahalliy hokimlikning komakdoshiga aylandi.

Prezidentimiz 2017 yilning 3 avgustida mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan otkazgan tarixiy uchrashuvda adabiyot va sanat, madaniyat sohalari bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish borasida qimmatli fikrlarini bildirgan edi.

Kop otmay, davlatimiz rahbari Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Qarorga imzo chekdi.

Qarorda, jumladan, ommaviy axborot vositalari faoliyatini keng qollab-quvvatlash, jurnalistlarni moddiy va manaviy ragbatlantirish, ehtiyojmand va faol jurnalistlarni uy-joy yoki yer uchastkalari bilan taminlashni tizimli yolga qoyish haqida soz boradi.

Ohangaron shahar hokimining qarori bilan uy-joyga ehtiyojmand jurnalistga uy berilgani goyat ibratli tashabbus, deb oylaymiz.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.