O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
26.06.2018

FIKRAT DARGALARI

Dilbar MAHMUDOVA, O‘zbekistonda xizmat korsatgan jurnalist:

— 1985 yil. Fashizm ustidan qozonilgan galabaning qirq yilligini nishonlash arafasida edik. Respublikamizda bunga qizgin tayyorgarlik borardi.

Ogzingizga talqon solib olgandek hammangiz negadir jimsiz... Nahotki, oldinda qutlug galaba sanasi eshik qoqib turganidan bexabar bolsangiz?! Shu buyuk sanani nishonlash, gazeta sahifalarida yoritish masalasida birorta bolim na reja tuzdi va na biror taklif bilan oldimga kirdi. Nima qilyapsiz ozi, jurnalistligingiz, hozirjavobligingiz qayerda qoldi, dedi muharririmiz «letuchka»ga yigilgan ijodiy jamoaga. Urush yillari Toshkent non shahri, degan maqomda mashhur bolgani esingizdan chiqdimi?! Urush olovi ichra yonayotgan shaharu qishloqlardan evakuatsiya qilingan bir millionga yaqin kishini Ozbekiston oz bagriga oldi. Ular orasida ota-onasiz yetimlarning ozi ikki yuz mingdan oshiq edi. Bizning begubor, fe’li keng, mehnatkash xalqimiz bu bolakaylarni yemay yedirgan, ichmay ichirgan... Urush yillarining butun bir avlodini kelajak uchun asrab qolgan, biz kim hazrati ozbeklarmiz, axir! rahbarimiz sozini shu yerda toxtatdi-da, xonani tark etdi...

Bu tanbeh barcha bolimlarga daxldor edi. Ertagayoq bolim papkalari urush, galaba mavzusidagi materiallarga tolib-toshib ketadi. Chunki redaksiyamizda ijodiy kuchlar yetarli. Lekin gaflat bosdimi, loqaydlikmi, tashabbus biz ijodiy xodimlardan emas, muharrirdan chiqqandi. Xodimlarimizning qoli-qoliga tegmasdi. Rahbarimizning yetim bolalar, ularni bagriga olgan ozbek onalari, ozbek otalari, degan sozlari mening ham xayolimdan ketmasdi.

Men ham urushni korganman, desam boladi. Urush orqasidagi hayot urushdan kam bolmagan. Bombalar portlamagani, tanklar bostirib kelmagani bilan ocharchilik, qahatchilik urushdagi ahvoldan qolishmasdi. Urush orqasidagilar ham ozlarini, ham jangchilarni boqishi, qurol-yarog bilan ularni taminlab turishi kerak edi.

Ota-onam bolalar uylari, yetimxonalarda ishlashgan. Ota-onasidan judo bolgan, kozidan yosh, soginch arimagan qrim-tatar, ukrain, rus, belorus dugonalarimni oz kozim bilan korganman, birgalashib yiglaganman...

Xayol uzoq-uzoqlarga olib ketadi. 1958 yil, 10 sentabr Tilab Mahmud bilan nikoh toyimizga Shoahmad ota bilan Bahri aya mehmon bolib kelishgandi. Bu paytda Shomahmudovlar xonadoni ovozasi yetti iqlimga taralgan, Ozbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning Hazrati inson asari dunyo xalqlarining on yetti tiliga tarjima qilingan, Ozbekiston xalq artisti Shuhrat Abbosovning Sen yetim emassan badiiy filmi dunyo ekranlarini zabt etgan damlar edi.

Toyimizga bosh-qosh bolib, oz xonadoniga meni kelin qilib tushirgan Tilab Mahmudning tortinchi akalari, Ozbekiston xalq rassomi, akademik Abdulhaq Abdullayev ham Shomahmudovlar oilasi deb atalgan katta kartina ishlagan, Shoahmad ota bilan yaqin bolib ketgani uchun ukasining toyiga bu oilani ham taklif etgan edi. Shoahmad ota bilan Bahri aya bizga baxt tilashdi, uzoq duo qilishdi. Va qizil rangli kostryulka sovga qilib ketishdi. Bu sovgadan rozgorimizda uzoq vaqt foydalandik...

Insonchilikda, odam ozini, ota-onasidan tortib, boshqa duokashlarini ham eslab turishi tabiiy hol ekan. Bugun ularni eslashning, eslaganda ham tazim bilan eslashning, ular haqida yozishning ayni xonasi kelgandi.

Bu oilaning yozilmagan, oqilmagan qirrasi qolibdimi, deguvchilar ham boldi. Hatto muharririmiz ham taklif bilan kirganimda oylanib qoldi. U ham yozganlardan otkazib nima ham yozarding, deyayotganday tuyuldi.

...Urush tugaganiga qirq yil boldi. Shoahmad ota xonadonidan panoh topgan on tort bolaning taqdiri meni qiziqtiryapti. Ular bugun kimlar, qanday kasb-kor, ishlar bilan mashgul, non-tuz ichgan yurtidan rozimi ular, degan savollarga javob olmoqchiman, dedim muharrirga.

Bu yonalishda bolsa yaxshi... Boring, organing, yozing, dedi rahbarimiz.

Bu paytda Shoahmad ota Shomahmudov olamdan otgan edi.

Qarshimda ona Vatanimiz boshiga ogir, musibatli kunlar tushganda ogzidagi osh-nonini, uy-joyi, huzur-halovatini yetim-esirlar bilan bolishgan oddiy ozbek ayoli otirar edi. Bu xonadon Toshkentga evakuatsiya qilingan yetimlarni buyuk shoirimiz Gafur Gulom aytganidek:

Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat,

Va mehnat nonini koramiz baham, deya issiq bagriga olgan, boshini silagan, voyaga yetkazgan ozbek xonadonlaridan birining tabarruk ostonasi edi.

Shu oddiy ozbek ayolida qancha jasorat, qancha fidoyilik, qanchalab mehr-muruvvat mujassam ekanidan hayratlanaman. Uning yetimlar boshini silagan, kir-chirini yuvgan, ovqat pishirib, ogziga tutgan oltin qollarini opgim keladi. Uning mehr sutiga limmo-lim bagrini quchgim keladi...

Onaizorning farzandlaridan kongli toq ekanini sezaman. Er-xotin ularga qanot berishibdi, uchirma qilishibdi. Bosh farzandlari Rafiq on tort bola orasidan birinchi bolib nafaqaga chiqibdi. Muazzam bilan Hamidulla bir-birlarini sevib, oila qurishibdi. Shurik otasini, Raya bilan Adik onalarini topishibdi. Olga fabrikada tikuvchi ekan. Ergash bilan xotini Zoya shahar maishiy xizmat kombinatida ishlashar ekan. Zina, Habiba, Raisa, Volodya... hammalarining kasb-korlari bor, ozlaridan tinishgan. Ona uchun bundan ortiq yana nima kerak! Bahri ayamiz ulardan, ular onalaridan mingdan-ming rozi. Fyodor Kulchikovskiyga kelsak, u respublika kon-geologiya kompleksi ekspeditsiyasida yigirma yildan buyon texnika nazorati va xavfsizligi injeneri bolib ishlarkan. Rahbariyat u haqda biri olib, biri qoyib maqtab ketishdi. Texnika xavfsizligini saqlash borasidagi namunali ishlaridan hikoya qilib berishdi... U bilan xayrlashayotganimda bir armoni borligi, shu masalada yordam berishimni iltimos qildi. U qayerdan evakuatsiya qilib olib kelingani, yoshi nechada, millati kim, shu paytgacha bu haqda hech qanday malumotga ega emasligini, lekin bilishni juda-juda istayotganini aytdi. Koziga yosh olib, iltijo qildi. Bu uchrashuv taassurotlarini gazetamizning 1985 yil 26 aprel sonida elon qilingan Urush bolalari maqolamda izhor etdim. Fyodor Kulchikovskiy armonlarini ham gazetxonlarga yetkazdim.

Oradan hech vaqt otmay, Gijduvon shahar iztoparlar klubi azolari va ularning rahbari Erkin Latipov nomidan quyidagi mazmunda xat keldi: Klubimizga Dnepropetrovskiy oblast, Vasilkovskiy rayonidagi rayon gazetasining shtatsiz muxbiri K.Salnichenko maktub yollab, Pismennoye qishlogida yashovchi bir yuz ikki yoshli Darya Alekseyevna Kulchikovskaya Ulug Vatan urushi yillarida nevarasi Fyodor Kulchikovskiyni yoqotib qoygani, uni topishda yordam berishimizni iltimos qilgan. Fyodorni 1983 yildan buyon qidiramiz. Balki, Urush bolalari ocherkidagi Fyodor qariyaning nevarasidir, bizga yordam bering.

Kozlarimga ishonmayman. Nahotki, Fyodor osha momoning nevarasi, nahotki, u oz jigarlarini topdi... Maktubni qayta-qayta oqiyman... Fyodorning koz yoshlari, opkasi tolib qarindosh-uruglarini qidirgani, arxivlarni titkilab tashlagani, axiri hafsalasi pir bolib, bu ishni taqdir hukmiga tashlab qoygani haqidagi mungli hasratlarini eslayman...

Beixtiyor Fyodorni izlayman. Na uyidan va na ishxonasidan topaman... U safarda ekan, qaytibdiyu redaksiyaga chopibdi. U osha kuniyoq Ukrainaning eng uzoq goshalaridan biri Pismennoye qishlogiga uchib ketdi...

Ish telefonimning uzoq va boshqacharoq jiringlab turishidan bildimki, bu xalqaro aloqa, bu Fyodor...

Opa, opajon, buvijonim bilan uchrashdik, uyogini sorasangiz xolam va jiyanlarim ham bor ekan... Xudoga shukr, Sizga, redaksiyaga rahmat... Telefon uzilib qoladi, yana ulanadi, yana shu gap... Ikkovimiz ikki tomonda suyunganimizdan koz yoshlarimizni tokardik.

Fyodor Toshkentga qaytdi. Afsuski, ota-onasi urush yillaridayoq hayotdan koz yumishgan, Fyodor buvisi qaramogida qolgan ekan... U qanday qilib Toshkentga kelib qolgan, Bahri ayanikidan panoh topgan, haqiqatan ham Darya momoning nabirasimi, bu haqdagi hikoyalarning ozi tuganmas bir ertak. U paytlarda DNK tashxisi otliqqa ham yoq edi. Lekin har qanday tashxislardan ham ishonchliroq, balandroq hayot haqiqatlari, hayot belgilari mavjud ekan. Fyodor chindan ham Kulchikovskayaning nabirasi edi... Buvijon va nabira uchrashuvi haqidagi bu garoyib va ibratli hikoyalarni eshitar ekanman, mavzuga qaytmasam bolmas, orzu-armonlari ushalgan ikki inson sevinchidan gazetxonlarni bahramand etmasam bolmas, degan fikrga keldim. Shunday qilib, Diydor sarlavhali maqolam gazetamizning 1986 yil 25 fevral sonida elon qilindi...

Bu surat 1973 yil fevral oyida olingan. Toshkent toqimachilik kombinatining mashhur toquvchisi Lidiya Kazanseva tahririyat mehmoni. (Ongdan ikkinchi Maqsud Qoriyev).

(Boshlanishi 21-iyunda. Davomi keyingi sonda).


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: