O'zb  
 
27.02.2018

POYTAXTDA OBODONLASHTIRISH OYLIGI BOSHLANDI

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik korish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, begaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni tarannum etish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Toshkent shahar hokimi 23 fevral kuni 2018 yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish va tozalik oyligini otkazish togrisidagi farmoyishga imzo chekdi.

Toshkent shahar hokimligida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinganidek, farmoyish bilan 24-25 fevral, 3-4, 10-11 mart kunlari «Ozodalik kunlari» deb ham elon qilindi. Oylikni otkazish boyicha shahar va tumanlar miqyosida ishchi guruhlar tuzilib, Navroz bayrami arafasida poytaxtimizda obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish boyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Farmoyishga muvofiq ishchi guruhlar shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Toshkent shahar kengashi, hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish oyligi doirasida mahallalar, aholi yashash joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ariqlar, kocha va yolaklar hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish ishlarida faol qatnashadi. Shuningdek, gul kochatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekiladi, bosh hududlarda boglar barpo etiladi, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish ishlari bajariladi.

Oylik doirasida yordamga muhtoj keksalar, pensioner va nogironlar, yolgiz qariyalarni ijtimoiy himoyalash, boquvchisini yoqotgan kam taminlangan oilalarning yashash sharoitini yaxshilash ishlariga ham alohida etibor qaratiladi.

Maxsustrans DUK hamda tuman hokimliklari obodonlashtirish ishlari jarayonida toplangan chiqindilar belgilangan joylarga olib borilishini taminlaydi.

Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mahalla va mavzelarda, talim muassasalari, jamoat transporti, bozorlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, suv tarmoqlarida sanitariya qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koradi.

Inobat AHATOVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.