O'zb  
 
22.02.2018

ELIMIZGA NUR KELADI

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili Hazrati imom majmuasida diniy ulamolar, jamoat birlashmalari vakillari bilan uchrashuvi chogida Qur’oni karimni togri va gozal oqish boyicha kop bosqichli musobaqa otkazish fikrini ilgari surgan edi.

Ayni paytda mamlakatimizning barcha tuman, shahar va viloyatlarida uch bosqichli Quron musobaqasining hududiy bosqichlari otkazilmoqda. Buning uchun qiroat bilimdonlariga markaziy masjidlar hamda muhtasham koshonalar ajratildi.

Toshkent shahridagi «Mumtoz» koshonasida otkazilgan Quron musobaqasining Shayxontohur tuman bosqichiga yigilganlar, qiroatlardan bahramand bolishni istagan tomoshabinlar bilan gavjum boldi. Koshona ichida va tashqarisidagi ulkan sahnalarga monitorlar ornatilib, har bir qori va qoriyalarning musobaqada ishtiroki namoyish etib turildi.

— Quronni eshitish, eshita olish yuksak manaviyat, marifat. Quron hech qachon yomonlikka davat qilmaydi. Agar Quroni karimni eshita olsak, eshittira olsak, bu muvaffaqqiyat boladi. Elimizga nur keladi, degan edi Prezidentimiz, deydi Ozbekiston musulmonlari idorasi Quron musobaqasi hayati raisi Abdulhakim Matqulov. Chindan ham bu fayzli davralar Quron kalomlaridan yorishayapti, kongillarga nur yogilayapti. Muqaddas oyatlarga tashna xalqimiz musobaqa otayotgan joylarga oqib kelyapti. Mojizaviy kalomga quloq tutish istagida uzoq-yaqindan kelgan odamlarning oxiri korinmaydi.

Quroni karim qiroati boyicha iqtidori bolgan 18-40 yoshdagi erkak va ayollar hifz va tilovat yonalishlarida ishtirok etishdi. Hifz yonalishida Quroni karimni tola yod olgan qori va qoriyalar, tilovat yonalishida esa Quronni gozal tarzda tilovat qila oladigan fuqarolar qatnashishdi.

Hakamlar hayati ishtirokchilarning qobiliyati va hifz Quronni puxta va xatosiz yod olganligi, tajvid qoidalariga tola amal qilgan holda oqishi, ovoz imkoniyatlari va tarannum-ohangdorlik mahorati bilan oqishiga kora baho berib bordilar.

Kokcha jome masjidida otkazilgan musobaqada hakamlar hayati xulosasiga kora, 18-25 yoshli qorilar ortasida tilovat yonalishi boyicha Bahromov Bahrom Baxtiyor ogli, hifz yonalishi boyicha Abdullayev Abdulbosit Akbarjon ogli birinchi orinni egalladilar.

Mumtoz koshonasida tilovat yonalishida 18-40 yoshli ayollar ortasida otkazilgan musobaqada birinchi orin Muslimaxon Qudratova hamda Nargizaxon Teshaboyevaga nasib etdi.

Quron Allohning eng buyuk mojizasi, uni suygan bandalar hamisha uning hifzi-himoyasida boladi, deydi Ozbekiston musulmonlari idorasi masjid bolimi rahbari Rahimberdi Rahmonov. Yurtimiz goshalarida davom etayotgan bunday tadbirlar insonning Vataniga, el-yurtiga ixlosini, mehr-muhabbatini oshiradi, Quron oyatlari zikr etilgan joylarda farishtalar duoga qol ochadi, bandalarga rahmat onlari nasib etadi.

Hozir Quron musobaqalarining tuman, shahar, viloyat bosqichlarida golib chiqqan qori va qoriyalar aprel oyida Respublika bosqichida ishtirok etadilar, dedi Shayxontohur tumani bosh otinoyisi Feruza Sulaymonova. Bu halqimiz uchun oziga xos Quron bayrami boldi. Buni qalban his qilish kerak. Ilgari diniy etiqodi uchun qancha-qancha ulamolarimiz, oddiy insonlar qatagon qilingan edi. Xudoga ming qatla shukur, mana shunday dorilomon kunlarga yetib keldik. Bunday muborak ishlar bardavom bolsin, hammamizni Alloh taolo doimo panohida asrasin!

Mazkur musobaqalar onlayn tarzda minglab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari etiboriga havola etib borilmoqda.

Dildor ISOQOVA



DB query error.
Please try later.