O'zb  
 
22.02.2018

VATAN HIMOYASI SHARAFLI BURCH

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yigitlarni Qurolli Kuchlar safiga kuzatish ishlari qizgin davom etmoqda.

Kecha Toshkent shahar yigin punktida ham bir guruh yoshlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish marosimi bolib otdi.

Soat 12.00. Mana, ilk bor harbiy kiyimni kiygan yigitlar shahdam qadamlar tashlab, yigin punktidagi maydonga kirib kelib, saf tortishdi. Davlatimiz madhiyasi yangradi. Shayxontohur tuman hokimi orinbosari Komiljon Zohidov hamda ota-onalar nomidan sozga chiqqanlar Vatan himoyasiga otlangan oglonlarimizga ezgu tilaklar bildirishdi.

— Yashnobod tumanida yashayman, deydi kozlarida yosh qalqib turgan askar onasi Hilola Normurodova. Juda hayajondaman, oglim Ravshanbek bolaligidan tartib-intizomli, gayratli bolib osdi. Karate va dzyudo sport togaraklariga qatnadi. U «katta bolsam, albatta askar bolaman, askarlikdan qaytib, harbiy bilim yurtiga oqishga kiraman», derdi. U askarlik orzusiga erishdi. Oglimni harbiy xizmatga kuzatar ekanman, togrisi, qanday gururlanayotganimni soz bilan ifoda qilolmayman. Oglim Vatanimiz himoyasida namunali xizmat qilishiga ishonaman.

Men bugun oglim Sunnatila Ahadovni Qurolli Kuchlarimiz safiga kuzatishga keldim, deydi Olmazor tumanidan askar otasi Abdumurod Tillayev. Bir paytlar ozbek yigitlari sobiq ittifoqning turli burchaklariga ikki yilga, hatto dengiz flotiga uch yilga harbiy xizmatga yuborilardi. Osha paytlardagi salbiy holatlarni yoshi kattalar yaxshi bilishadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, Birinchi Prezidentimiz tomonidan milliy armiyamizni tashkil etishga kirishildi. Qisqa muddatda ixcham, turli tajovuzlarga qarshi javob beradigan Qurolli Kuchlarimiz tashkil etildi. Men bugungi kunda harbiy qismlarda yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni hisobga olib, askarlikka ketayotgan farzandimga hamisha halol, jasur, qat’iyatli va shijoatli bolgin, deyman.

Vatan himoyasiga otlangan askarlarimiz oz burchlarini sharaf bilan otashlariga tilakdoshmiz.

Mirbaxtiyor MIRFAYZIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.