O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
20.02.2018

AKADEMIK AZIZXON QAYUMOV

O‘zbekiston ilm-fani ogir judolikka uchradi. Atoqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik Azizxon Polatovich Qayumov 92 yoshida vafot etdi.

A.Qayumov 1926 yili Fargona viloyati Qoqon shahrida ziyoli oilasida tugildi. 1949 yilda Orta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Ozbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tamomladi.

Bolgusi olim oz mehnat faoliyatini 1949 yili Ozbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida boshladi. 1954 yilda nomzodlik, 1962 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1995 yilda Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

A.Qayumov uzoq yillar Ozbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori, Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti bolim mudiri, Madaniyat vaziri, Davlat kinematografiya komiteti raisi, Toshkent davlat madaniyat instituti rektori, Ozbekiston Fanlar akademiyasi Qolyozmalar instituti direktori kabi masuliyatli lavozimlarda samarali xizmat qildi. 1995-2000 yillarda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida faoliyat olib bordi.

1998 yildan hayotining oxirgi kunlarigacha Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining yetakchi ilmiy xodimi vazifasida sidqidildan mehnat qildi.

XX asr ozbek adabiyotshunosligining ulug namoyandasi Azizxon Qayumov yuksak intellektual salohiyat sohibi, atoqli olim, zahmatkash va tolmas tadqiqotchi sifatida Alisher Navoiy va mumtoz adabiyotimizning boshqa vakillari asarlarini puxta organib, bu ulkan adabiy merosni xalqimizga yetkazishda haqiqiy fidoyilik va manaviy jasorat korsatdi.

Ustoz adabiyotshunosning ozbek adabiyoti tarixini organish boyicha olib borgan ilmiy tadqiqotlari, on jildlik «Tanlangan asarlar» toplami, shuningdek, Navoiyga tazim, Alisher Navoiy, Dilkusho takrorlar – ruhafzo ashorlar, Ahmad Fargoniy kabi koplab sermazmun asarlari kitobxonlarning manaviy mulkiga aylandi.

Yorqin istedod va tafakkur egasi bolgan akademik olim oz faoliyati mobaynida koplab yoshlarga ustozlik qildi. Uning bevosita rahbarligida onlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.

Azizxon Qayumov umrining oxiriga qadar yurtimiz ijtimoiy-manaviy hayotida faol ishtirok etdi. U ozining teran aql-zakovati, betakror istedodi, mehnatsevarligi, bagrikenglik va mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlari bilan adabiyot va sanat muxlislari, yoshlar orasida, butun xalqimiz ortasida katta hurmat-etibor qozongan edi.

Akademik A.Qayumovning mamlakatimiz ilm-fani, adabiyot va sanatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi faxriy unvoni, El-yurt hurmati, Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Azizxon Qayumovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.Mirziyoyev, N.Yoldoshev, N.Ismoilov,

A.Aripov, B.Yoldoshev, M.Ahmedov, B.Nazarov



DB query error.
Please try later.