O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.02.2018

AHOLI SALOMATLIGI YOLIDA

Denov tumanida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda

Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ham aholi salomatligini saqlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

— Markaziy shifoxonamiz otgan asrning 70-yillarida qurilgan bolib, bugungi kun talabiga javob berolmay qolgandi, deydi Denov tuman tibbiyot birlashmasi boshligi Yunus Oroqov. Isitish tizimi, suv uzatish moslamalari hamda oqova suv qurilmalarida kamchiliklar bor edi. Otgan yili uch qavatli bino qayta ta’mirlandi. Natijada kardiologiya, endokrinologiya, asab tizimi, ichki kasalliklar hamda bolalar bolimlaridagi tibbiy xizmatlar yaxshilandi. Ikkita suv nasosi ornatilib, ichimlik suvi taminotidagi kamchiliklar bartaraf qilindi. 34 qishloq vrachlik punktining 30 tasi tugatilib, 16 ta qishloq oilaviy poliklinika hamda 8 tez tibbiy yordam punkti tashkil qilingani aholi salomatligi yolida tashlangan dadil qadam boldi. Shuningdek, otgan yili 4 milliard 92 million somdan ziyod mablag sarflangan tumanlararo perinatal markazning foydalanishga topshirilgani esa nafaqat denovliklar, balki Oltinsoy, Uzun va Sariosiyo tumanlari aholisi uchun ham oziga xos yangilik boldi.

Bundan tashqari, aholi salomatligini saqlash maqsadida markaziy shifoxona va qishloq oilaviy poliklinikalariga 847597,0 somlik dori-darmon keltirildi. Muassasalar «Salomatlik-3» loyihasi doirasida 3 million 760 ming somlik yoki 192 turdagi kompyuter tomografiya, raqamli rentgen, ultratovush tekshiruvi, videogastroskop kabi asbob-uskuna va jihozlar bilan taminlandi.

Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi chogida xususiy tibbiyotni isloh qilish va rivojlantirish borasida zarur topshiriqlar berdi. Shu bilan bir qatorda onga yaqin muassasalarni qayta qurish va rekonstruksiya qilish kozda tutilgan. Bu esa olis qishloqlar aholisiga zamonaviy, yuqori texnologik tashxis qoyish va davolash imkoniyatini yaratadi.

Tibbiyotdagi ozgarishlar aholi salomatligiga xizmat qilishi zarur, deydi shoshilinch tez tibbiy yordam bolimi boshligi Sherali Qurbonov. 2017 yilda 60 oringa moljallangan bolimning yangi binosi ish boshladi. Qurilish va bunyodkorlik ishlariga 4 milliard 103 million somdan ortiq mablag sarflandi. Hukumatimiz tomonidan denovliklar uchun 21 ta yangi tez tibbiy yordam sanitar avtomashinasi berilgani esa yanada xayrli boldi.

Yaqin-yaqingacha aholimiz shifo topish uchun viloyat markazi yoki Toshkent shahriga borishardi, deydi Nurli manzil mahallasida istiqomat qiluvchi Ulugoy Kulonova. Bu talay qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Bugun barcha bogindagi tibbiy sharoitlar kongildagidek. Songgi rusumdagi uskunalar, namunali xizmat, shifokorlarning shirin muomalasidan keksayu yosh minnatdor. Shuningdek, otgan yili tuman tibbiyot birlashmasi jamoasining tashabbusi bilan 11- hamda 15-qishloq oilaviy poliklinikalarida sayyor jarrohlik amaliyoti tashkil qilinganini ham alohida takidlash lozim.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.