O'zb  
 
01.02.2018

MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARI

chinakam tarbiya maskani, farzandlarimiz kelajagi uchun har tomonlama maqbul va ishonchli dargohga aylanadi

Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 9 sentabrda imzolangan Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisidagi qarorga kora, maktabgacha talim muassasalarida katta ozgarishlar boshlandi.

Bunga asosiy sabab — bugungi kunda maktabgacha talim muassasalarida koplab muammolarning mavjudligi va umuman ushbu tizimning eskirganligidir. Bu borada faoliyat yuritib kelgan mutasaddi vazirliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha talim sohasiga yondashuvi qoniqarsiz ahvoldaligidir. Maktabgacha talim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha talim bilan toliq qamrab olishni taminlashga imkon bermayapti.

Mamlakatimizda maktabgacha talim muassasalari tizimi bosqichma-bosqich ham mazmunan, ham shaklan yangilanishni taqozo qiladi.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarda maktabgacha talim muassasalari tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaror hamda unda belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Maktabgacha talim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish togrisidagi qaror bu jarayonni tezlashtirishga turtki boldi.

2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorda maktabgacha talim muassasalari tarmogini kengaytirish, xususan, sheriklik asosida hammabop va hamyonbop maktabgacha talim muassasalarini tashkil etish, MTMlar faoliyatini yaxshilash, ularga metodik komak berish kabi keng kolamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Davlat maktabgacha talim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning taminoti davlat byudjetlari mablaglari, nodavlat talim muassasalarida esa sarf-xarajatlar muassis hisobidan amalga oshiriladi. Davlat va nodavlat talim muassasalari bolalarga talim-tarbiya berishda bir xil maqsad va vazifalarni bajaradi.

Maktabgacha talim tizimiga sifatli xizmat korsatish, bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishini togri tashkil etish, bolalarni maktab talimiga tayyorlash talablarini shart-sharoiti bolmagan, moslashgan binolarda joylashgan muassasalarda, ayniqsa, qishloq bogchalarida bajarish mushkul. Endilikda bu kamchiliklar bartaraf etilib, yangi qiyofaga kirayotgan maktabgacha talim muassasalari zamonaviy mebel va oquv jihozlari, oyinchoqlar, bolalar uchun adabiyotlar bilan taminlanmoqda.

Qarorga binoan, davlat, nodavlat maktabgacha talim muassasasi, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarining soglom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi togrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Shuningdek, davlat maktabgacha talim muassasalarida nutqi, eshitishi va korishida yengil nuqsonlari bolgan bolalarga xizmat korsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etildi. Psixik rivojlanishida nuqsonlari bolgan ogil-qizlarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha talim muassasalaridan tashqari boshqa davlat va nodavlat maktabgacha talim muassasalariga qabul qilishga yol qoyilmasligi belgilandi.

Qarorda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha talim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoshimcha tolov saqlab qolinganligi korsatilgan. Talim-tarbiya jarayoni va muassasaning ish tartibi, maktabgacha talim muassasalari pedagog xodimlarining davlat byudjeti hisobidan malaka oshirishlarining tashkil etilishi, bolalarni qabul qilish tartibi, chin yetim va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni qabul qilishda beriladigan imtiyozlar, guruhlardagi bolalar sonining minimal va maksimal meyorlari, muassasalarni moliyalashtirish manbalarining aniqlashtirilishi, kop tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasalarini tashkil etish, maktabgacha talim muassasalariga qabul qilish yoshining ozgartirilishi, tarbiyalanuvchilarning soglom ovqatlanishini tashkil etishning yangi mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilganligi etiborga sazovordir.

Maktabgacha talim berishning sifatini oshirish va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini joriy etish orqali talim-tarbiya jarayoni yanada takomillashtiriladi. Qisqa muddatli guruhlar sonini kopaytirish natijasida har yili 5-6 yoshdagi 3950 nafar bolani maktab talimiga tayyorlash uchun sharoit yaratiladi. Qishloq joylarda maktabgacha talim muassasalarida bolalarning muassasada bolish vaqtini qisqartirish evaziga ota-onalarning badal tolovlari 30 foizgacha kamaytiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qabul qilish yoshining 2 yoshdan 3 yoshga ozgartirilishi bilan bolalarni maktabgacha talimga qamrovi 1,5 barobarga oshiriladi. Bu esa har tomonlama soglom va barkamol bolani ulgaytirish maqsadiga erishishga zamin yaratadi

Maktabgacha talim vazirligi tomonidan muassasalarga tayyor va yarim tayyor oziq-ovqatlarni yetkazish tizimi qayta korib chiqilmoqda. Bu jarayonda uzluksizlikni, belgilangan standart va sifatni taminlashga katta etibor qaratiladi. Shu bois sohaga tadbirkorlar ham jalb qilinadi. Mutaxassislar oziq-ovqatlarning foydali elementlarga boyligini, shifokorlar esa bolalarning osish suratlarini kuzatib boradi.

Qaror asosida sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari ilk bor joriy etilib, bunda xususiy sektorlar soliq, boj tolovlarida, uzoq muddatli va maqbul shartlarda kreditlar olish kabi qator imtiyozlarga ega boladi. Bunday say-harakatlar tufayli maktabgacha talim muassasalarida hammabop narxlar taminlanadi.

Nodavlat maktabgacha talim muassasalari faoliyatining belgilangan talablarga tola javob berishi viloyat maktabgacha talim boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi, tegishli meyorlar buzilgan holatlarda qonuniy choralar koriladi. Qolaversa, xususiy bolalar bogchalaridagi alohida qulayliklar, namunali jihatlar ozlashtirilib, ozaro tajriba almashiladi.

Bolalar bogchalarida ota-onalarning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olib, 3-4 soatlik kichik guruhlar tashkil etiladi. Muassasalarda davlat tili bilan bir qatorda rus tili va ingliz tillarini orgatish samaradorligi oshiriladi. Bundan tashqari, tarbiyachi va bolalar uchun yangi oquv-metodik hamda didaktik adabiyotlar nashr etiladi. Maktabgacha talim muassasalariga malakali shifokorlar, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, sanitariya-gigiyena vositalari ajratiladi. Talim muassasalari bosqichma-bosqich zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zarur texnika vositalari bilan taminlanadi. Shuningdek, ota-onalarning muassasa faoliyatidan qay darajada qoniqayotgani, ularning talab va istaklarini aniqlashtirish uchun anonimik tarzda sorovnomalar olinadi.

Muxtasar aytganda, maktabgacha talim muassasasi chinakam tarbiya maskani, farzandlarimiz kelajagi uchun har tomonlama maqbul va ishonchli dargohga aylanadi. Bunday zamonaviy tizim bolalarni toliq qamrab olish, ularni intellektual va jismoniy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish imkonini beradi.

Shoista SODIQOVA,

Nizomiy nomidagi TDPU

maktabgacha talim metodikasi kafedrasi dotsenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: