O'zb  
 
30.01.2018

BUTUN OLAMNI JO QILGAN YURAK

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan xalqimizning buyuk farzandi xotirasiga bagishlangan «Butun olamni jo qilgan yurak» deb nomlangan korgazma ish boshladi.

Korgazmaning ochilishiga bagishlangan marosimda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar masul xodimlari, fan, madaniyat, adabiyot va sanat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning rafiqasi T.Karimova, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi rahbari T.Shirinov va boshqalar mustaqil Ozbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov Vatanimizning kop asrlik tarixida ochmas iz qoldirganini takidlab, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqimiz qahramonining yorqin xotirasini abadiylashtirish borasida keng kolamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini takidladi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 27 noyabrdagi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abduganiyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash togrisidagi va 2017 yil 25 yanvardagi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish togrisidagi qarorlari bu borada muhim dasturilamal bolmoqda.

Marosim ishtirokchilari Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bagishlangan badiiy korgazma eksponatlari bilan tanishdi. Korgazma 2 zalga bolingan. Birinchi zalda rassomlarning 57, haykaltaroshlarning 3 asari namoyish etilmoqda. Ikkinchi zaldan fotorassomlarning 80 ijodiy ishi orin olgan.

Qizil lolalar fonida tasvirlangan Islom Karimovning teran nigohi... Birinchi Prezidentimiz dala gullarini, ayniqsa, lola va qizgaldoqlarni yoqtirardi. Bu tabiiy gozallik unga hamisha kuch bagishlagan. Suratlardan birida Islom Karimovning Qashqadaryo viloyatidagi togli Gilon qishlogi oqsoqollari bilan suhbati aks etgan.

Taniqli rassom Bahodir Jalolovning turkum asarlari ham goyat tasirchan. Yolbars jasurlik, kuch va iqtidor, buyuklik va qudrat timsoli. Ikki qudrat falsafasi tasvirlangan badiiy kompozitsiyani Islom Karimov vafotidan sal oldin korgan va qattiq tasirlangan. Muhim ishlar bilan bandligi sabab taassurotlarini ifoda etishni keyinroqqa qoldirgandi...

— Korgazma eksponatlari bilan tanishish asnosida Birinchi Prezidentimizning yangi qirralarini kashf etish mumkin. Bu yerdagi har bir asar tarixga daxldor, deydi sanatshunoslik fanlari doktori, akademik Akbar Hakimov. Shu bois bu korgazma xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinishiga ishonchimiz komil.

Shu kuni Islom Karimov haykali poyi gullarga burkandi. Keng jamoatchilik vakillari Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tantanali tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov sozga chiqdi.

Ulugbek ASROROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: