O'zb  
 
25.01.2018

UMID VA ISHONCH BEMORNI OYOQQA TURGAZDI

2016 yilning sentabr oyida oilamiz boshiga tushgan tashvishdan shoshib qoldik. Turmush o‘rtogim Ravshan Niyozovning qon bosimi oshib, ogir insult tashxisi bilan reanimatsiya bolimiga tushib qoldi. Shifokorlardan najot soraganimizda, bunday krizis holatidan bemor 21 kun ichida chiqishi mumkin, deyishdi...

Insult va uning asoratlari haqida ilgari yuzaki ma’lumotga ega edim. Boshga kulfat tushganidan keyin internetdan gemorragik insult haqidagi barcha malumotlarni oqidim. Bunday kasallikka duchor bolgan bemorlarning malum qismi tirik qolishini bilganimda, togrisi, juda qorqib ketdim. Shu bilan birga, bolalarimning otasi albatta tuzalib ketadi, degan ichki bir tuygu menga ishonch bagishlardi.

Mohir shifokorlarning oz vaqtida bergan beminnat muolajasi tufayli 25 kun deganda turmush ortogimni reanimatsiya bolimidan palataga olishdi. 35 kun deganda shifoxonadan uyga olib keldik. Bu vaqt ichida u kishining nutqi ancha ravonlashib, ahvoli yaxshilanganiga qaramay, chap qol va chap oyogida harakat yoq edi...

Doim yurgan odamga toshakda yotish juda ogir bolar ekan. Men turmush ortogimga kasallikni yengish mumkinligini tushuntirishga harakat qildim va u ikki oydan keyin mashaqqat bilan bolsa-da, sekin-asta devorni ushlab, keyinchalik hassa yordamida yura boshladi.

Bu jarayonlarda u juda kop qiyinchiliklarni yengib otishiga togri keldi. Natijada sabr-toqatliligi, mustahkam irodasi tufayli batamom tuzalib, oyoqqa turib ketdi. Dastlabki yurishni 5-10 metrdan boshlagan turmush ortogim hozir har kuni 10 kilometrlik masofani bosib otadi. Yaqinda esa Olmaliqdan Piskentgacha bolgan 35 kilometrlik yolni yayov bosib otdi.

Qandaydir tasodif tufayli nogironga aylanib qolgan inson ruhan tushkunlikka tushmay, tinimsiz harakat qilsa, har qanday dardni yengadi. Bunga oz hayotimiz misolida iqror boldim. Eng muhimi, irodali bolish, qismatga qarama-qarshi qadam tashlash kerak ekan. Sogligimizni qadriga sog paytimizda yetaylik. Bemor insonlarga dalda bolib, ularning ruhini kotaraylik, ularda sogayishga umid uygotaylik...

Nasiba ABDUHALILOVA,

Olmaliq shahri.



DB query error.
Please try later.