O'zb  
 
25.01.2018

BIRINCHI PREZIDENTIMIZ XOTIRASIGA BAGISHLANDI

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bolib otdi.

Xotira kechasi «Istiqlol me’mori» hujjatli filmi namoyishi bilan boshlandi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 noyabrdagi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abduganiyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash togrisidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Birinchi Prezidentimiz butun siyosiy faoliyati davomida ozi ilgari surgan Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!, Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak, degan olijanob goyalarga amal qilib yashagani takidlandi. Shuning uchun ham kop millatli xalqimiz yuragidan chuqur orin egalladi. Ozining kop qirrali siyosiy faoliyati, yuksak insoniylik fazilatlari bilan mustaqil Vatanimiz tarixida ochmas iz qoldirdi. Jahon miqyosida katta hurmat va obro-etiborga ega bolgan ulug shaxs va arbob sifatida nom qozondi.

Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizning barcha hududlarida bolgani kabi Qoraqalpogiston Respublikasida ham keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Qoraqalpoq xalqi Islom Karimovning Men faqat ozbek xalqining emas, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman! degan sozlarini har doim gurur bilan yodga oladi.

Tadbirda Birinchi Prezidentimizning turmush ortogi T.Karimova buyuk davlat va siyosat arbobining qoraqalpoq xalqi turmush farovonligini yuksaltirish, qadimiy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanatini tiklash va targib etishga qaratgan etibori, bu zaminning mehnatkash va samimiy odamlariga alohida hurmati haqida sozladi.

Sanat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi kechaga ozgacha fayz bagishladi.

Anvar NASIRLAYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.