O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.12.2017

KITOBGA HAMROZ UMR

Atoqli tarjimon, adib va olim, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ibrohim Gafurov tavalludining 80 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Ozbek Milliy akademik drama teatrida shu munosabat bilan tantanali tadbir bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ibrohim Gafurovga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov oqib eshittirdi.

Davlat va jamoat arboblari, olimlar, ijod ahli jam bolgan kechada yuridik fanlari doktori, professor A.Saidov, «Yoshlik» jurnali bosh muharriri N.Jonuzoq va boshqalar ozining keng qamrovli ijodi bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan Ibrohim Gafurov adabiyotimizning haqiqiy jonkuyari sifatida faollik korsatayotgani, ayniqsa, uning tarjimalari xalqimizni, yosh avlodni jahon adabiyotiga oshno etayotganini alohida takidladi.

Ibrohim Gafurov 1937 yil 27 dekabr kuni Toshkent shahrida tugilgan. Uning ijodiy shakllanishida talabalik yillari va mehnat faoliyati muhim omil boldi. Ijodkorning ilk kitobi Gozallikning olmos qirralari deb nomlangan. Keyinchalik uning Ottiz yil izhori, Unutilmagan bog, Joziba, Yurak — alanga, Yonar soz, Yam-yashil daraxt, Lirikaning yuragi, Sheriyat izlanish demak, Til erkinligi singari kitoblari birin-ketin nashr etildi. Adibning Hayo xaloskor, Mangu latofat va boshqa qator mansuralari allaqachon oquvchilarning kongil mulkiga aylanib ulgurgan.

Ibrohim Gafurov tarjima sohasida oziga xos maktab yaratgan ulkan ijodkor, deydi akademik Baxtiyor Nazarov. U jahon adabiyotining ulug namoyandalari asarlarini ona tilimizga tarjima qilib, ozbek kitobxonini chet el adabiyoti bilan tanishtirishga munosib hissa qoshdi. Soz va soz sehrini yurakdan his etgan I.Gafurov Jinoyat va jazo, Telba, Qimorboz, Azizim, Alvido qurol, Chol va dengiz, Qiyomat, Yongin kabi asarlarni tarjimalarida butunlay yangi talqinda, ozbekona ruhiyatda namoyon qila oldi.

Bugungi tadbir oilamiz uchun katta shodiyona va unutilmas xotiralarga boy boldi, deydi ijodkorning farzandi Humoyun Gafurov. Otamizning kamtarona mehnatini muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yuksak qadrlab, tabrik yolladi. Kecha ishtirokchilari qatorida bunday ulug ehtiromni biz farzandlari ham shodlik va hayajon bilan eshitdik. Prezidentimizga, xalqimizga oilamiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Tantanali tadbirda Ozbekkino Milliy agentligi tomonidan yaratilgan Ibrohim Gafurov haqidagi hujjatli film namoyish etildi. Sanatkorlar ijrosida kuy-qoshiqlar, shoirlar tomonidan sherlar oqildi.

Nasiba ZIYODULLAYEVA,

OzA muxbiri



DB query error.
Please try later.